Zamona xotini/Uchinchi parda

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zamona xotini  (1928) 
by Abdulhamid Choʻlpon

UCHINCHI PARDA

(2 ko’rinishda)

Aralashuvchilar:

  1. SHAROFAT.
  2. KIZLAR: Qumri, Zuhro, Xadicha, Patti va boshqalar.
  3. RAHIMAXON.
  4. MUALLIM.
  5. RUSTAM AKA.
  6. JO’RA.
  7. RUSTAM AKA.
  8. AZIMJON QIMORBOZ.
  9. ABDILAHAD.
  10. ZOKIRJON.
  11. JO’RA.
  12. SODIQOV. Saylov komissiyasining boshlig’i.
  13. G’ANI SOBIR o’g’li. Faol komsomol.
  14. BO’TA.
  15. Ikkinchi parda ikkinchi ko’rinishdagi qishloq yigitlarining hammasi (Sodiq, Yunus, O’ktam, Rahmat, Turdiali va boshqalar).
  16. Birinchi parda ikkinchi ko’rinishdagi «Qo’shchi»ning a’zolari: Hasanboy, Egamberdi, Xushnazar.
  17. QIZLARDAN: Kumri, SHarofat, Patti.
  18. RAHIMA XOLA.
  19. Saylov komissiyasining boshqa a’zolari. Dehqonlar, batraklar, komsomollar, xotin-qizlar.

ZUHRO. SHuni aytamanda, Bo’lmasa u muvollim afandidan boshqag’a o’lsam ham tegmayman der edi.

SHAROFAT. Hali ham o’shandan boshqaga tegmayman.

ZUHRO. Qo’ying, o’rtoq, siz ham esipaslik qilmang… O’sha muvollimning nimasiga qiziqasiz? CHoch o’stirib, popiris chekib, o’risg’a o’xshab yurishidan boshqa nimasi bor? (Narigilarga ma’noliq qilib). Otam aytadi, u yigit, deydi, to’g’ri do’zaxga ketadi, deydi.

SHAROFAT. (achchig’lanib). Otangiz aytaberadi. O’zi behishtga tushar ekanmi? Sugxo’rlik qilib pul topadi-yu…

ZUHRO. Sutxo’rlik qilib pul topqanini siz qaerdan bilasiz? Mayli-da, ishqilib pul topib, ro’zg’orini boqibdir, bo’libdir-da (yig’lamsirab). Hali ham bechora bir burda nong’a zor bo’lib qoldi. Inqilobdan burun edi u pul topishlar. Endi 6u zamonda pulni sizning otangizg’a o’xshag’on amaldorlar, kuyovingizg’a o’xshag’on muvollimlar topadi…

SHAROFAT. Alam qildimi? Alammi? Otam amaldor bo’lib, pul topsa, alammi? Muvollim ham kuyov bo’lg’oni yo’q, ta’na qilmay qo’yaqoling.

QUMRI. (SHarofatga). Qo’ying, xafa bo’lmang, bu avlod o’zi shunaqa… Hammasi sassiq taka…

ZUHRO. (yig’lab yuboradi). Oppoq bo’lib sizlar yuraberinglar… Mayli… biz sassiq bo’lsak… O’zingizning otangiz ham bo’qog’u… Ajab bo’lsin! Ajab bo’lsin! (Yig’lab chiqa boshlaydi).

QUMRI. Bo’libdir! Bo’libdir! Xudo qilg’on! Xudo qilg’on!.. (Patti turib Zuhrani qaytarmoqchi bo’ladi, ikkovi tortishadilar) –.

SHAROFAT. Zuhraxon! Esingiz yo’q ekan-a… SHunchalik gapni ko’tarolmasdan yig’lab chiqib ketayotibsiz. SHunchalik gap har kimdan ham o’tadi-da. Kap-katta, erga tegaturg’on qiz ham shunaqa bo’ladimi? O’tiring, aylanay, birga o’yin qilishayliq (Xadicha kiradi). Ana Hadicha ham keldi!

QIZLAR. Ana, dutor ham keldi! (Zuhra ko’z yoshli, sekin qaytadi va chekkaroq bir joyg’a indamasdan borib o’tiradi).

Majlis: 3

Burungilar, Xadicha

QUMRI. Xadcha! Muncha uzoq yo’qolib ketding? SHunaqa yurasanmi?

HADICHA. Qahhorjon bog’ida ekan, “o’zi bo’lmasa, bermayman” deb onasi sira unamadi, undan keyin bog’dan aytib chiqdim.

PATTI (sekin). Olib berayotib nima dedi?

HADICHA (uyalib). Aytolmayman.

QUMRI. Aytaber, aytaber, bu yerda erkak kishi yo’q…

HADICHA (uyalibroq). Kimga deb so’radi, “SHarofat opamg’a” dedim. “Ha… y! U kishiga bo’lsa, o’nta dutor ham qurbon!”, dedi.

SHAROFAT. Voy o’la qolay! Qisiq qo’z!

HADICHA. CHiqib kelayotganimda orqamdan “uf” tortib, “Oh! Biz ham mualim bo’lmog’on ekanmiz-da!”, deb qoldi.

SHAROFAT. Go’rlarga kirsin! U muvollim bo’lg’onda ham men tegar ekanmanmi? Yerlar yutsin, ilohim!

QUMRI. Qahhorjonni yer yutsa, dunyoda erkak qoladimi, aylanay? O’sha o’lgurlar bo’lmasa ham zerikib o’lamiz biz… Qo’yingki, bizning baxtimizga o’lmay yursin o’shalar! (Hammaga) Qani, endi o’yin boshlaylik. Hali ham gapni juda ko’p gapirdim. (Dutorni olib chaladi. Avval Patti, so’ngra Hadichani o’ynatidilar. SHarofatni qistaylar. U qancha qiyin-qistoqdan so’ng yaxshi bir o’yin qilib beradi. So’ngra dutorni Patti chaladi. Qumrini o’ynatalar, u ham yaxshi o’ynaydi. O’yin yarim bo’lg’onda tashqaridan “Uh! Voy!” tovushlari bo’linib-bo’linib kelib bularning o’yinlarini ba’zan bo’lib, ba’zan sustlatsada, bular parvo qilmasdan o’ynay beralar. Nihoyat eshikda Rahima xola ko’rinadi, uning voyvoylashi hammani joy-joyida to’xtatib qo’ydi. SHarofat o’rta-da o’tirib qoladi).

Majlis: 4

Burungi qizlar, Rahima

(Rahima xola avaylab kelib, eshikka suyalib qoladi: uning ba’zi joylari bog’lang’an, rangi o’chgan, uning shu xilda ko’rinishi qizlarni biroz shoshtirib qimirlatmay qo’yadi).


RAHIMA (zo’rg’a so’zlaydi). Aylanay, qizlarim, sizlarning o’yin-kulgilaringizni to’xtatib qo’ydim men. O’ynay beringlar, bemalol o’ynay beringlar. SHarofatxon qizim, narigi uyga bitta ko’rpa tashlab bersa bo’lardi. (Bu choqda qizlar hammasi sekin-sekin turib, Rahima xolag’a yaqinlashg’on bo’ladi. SHarofat borib onasini suyaydi). Sizlar o’ynay beringlar. Agar sog’ bo’lsam qo’yarmidim, o’zim bosh bo’lib o’ynab bermasmidim? Ozib-yozib bir chiqqanlaringda sizlarni xursan qilolmadim.

SHAROFAT. Yuring bo’lmasa, uyga kiraylik. Yaxshilab joy qilib beray.

QUMRI. Biz Hammamiz o’may-jo’may ko’k tergani o’tib ketayotib edik, SHarofatxonni ham olib o’tamiz deb kirsak, o’zi yolg’iz ekan, o’tiribqoldik. Endi ko’kka o’tayliq, Hali ham ko’p o’tirdiq.

PATTI. Ha, o’yin ham toza bo’ldi.

ZUHRO. Armonimiz kolmadi. Endi chikayliq (chiqa boshlamaydilar).

QIZLAR. CHiqayliq (chiqa boshlaydilar)

RAHIMA. O’tira bersanglar bo’lar edi. Men uyda yota berar edim.

SHAROFAT. Zuhraxon qiziq qildi-da. Nima ishi ham bor edi deysiz?

QUMRI. Gap Zuhrada emas. Juda ko’p o’tirdiq. CHiqib ko’k terayliq… (Yaxshi qoling”, “tuzalib qoling”, “SHarofatxon, siz ham biz taraflarga chiqing”, degan ovozlar bilan qizlar ketadilar. SHarofat biroz uzatib keladi).


Majlis: 5

SHarofat, Raqima xola

RAHIMA XOLA. Kasal bor joyda, birov o’ntab turg’on uyda kimning o’tirgisi keladi, bolam? Yosh qizlar avji o’ynab kulaturg’on paytda oh-voy eshitadirmi? Kel endi, joyimni qilib bera qol.

SHAROFAT. Uyda yotasiz-a?

RAHIMA. Qo’y, o’sha uyingni. Nafasim bo’g’iladi. SHu yerda yotaberaman.

SHAROFAT. Bu joy issiqroq-da, maylimi, uy salqin edi.

RAHIMA. Ko’y, bolam. Issiq bo’lsa ham shu yer yaxshi. SHu yerga solib ber. (SHarofat “xo’l” deb joy soladi, so’ngra yo’lab kelib, ovaylag’oncha Rahimani yotqizadi).

SHAROFAT. Hali ahvolingiz og’ir, jilmay turing, dedim, quloq solmadingiz. Mana endi urinib qoldingiz.

RAHIMA. Qanday qilay, bolam? SHu topda qancha qiynalsam ham yurmay ilojim yo’q. Bu otang o’lgur nimalarni qilayotibdir, bilsang. Zokirjon qo’shilg’ondan beri ishimiz yana og’irlashdi. U o’lgur otangni har kuyga solib yotibdir, bolam.

SHAROFAT. Sizni bu kuylarg’a solg’ani-chi? Ana ular-chi? Ular nima qilayotibdilar? Ana u olifta yigit nima qilayotibdir? Hammadan o’shang’a g’ashim keladi…

RAHIMA. U ham qandoq qilsin? Qo’lidan kelganini qilayotibdir! SHahardagi o’lgurlardan hech narsaning daragi yo’q! Kecha kechasi o’sha muvollimingga shahardan bir mehmon kelgan ekan, o’sha bilan birga oydinda tomosha qilib yursa, otang o’lgur uni qishloq qizlaridan biri deb gumon qilib… (SHarofat kulib yuboradi) qishloq yigitlarig’a gap uqdirib, ular muvollimni urmoqchi bo’lib… nimaga kulasan? Nima balo bo’ldi senga? Voy, voy, aftini!

SHAROFAT (kuladi). O’zi kulaturg’on gap-da…

RAHIMA. Undan keyin mehmon bir muxbir chiqib qolib, otang sharmandalar bo’lib… ilohim hovliqmay o’lsin jinni! Nimaga muncha kulasan? Nimasi bor muning? Voy kepatasi-ey… Bas! Bas deyman!…

SHAROFAT. Otamning behuda gumonlarini aytaman…

RAHIMA. U muvollim o’lgur koshki sendan boshqani desa, Muni otang bilmaydi, bolam. Muvollim seni olsa, qo’ymaydi. Yetalab olib yuraturg’on qiladi. Otang o’lgur buyog’idan bexabar qaerda bo’lmog’ur gumonlarg’a tushadi (SHarpa, SHarofat irg’ib turadir).

SHAROFAT. Birov chaqirib yotibdi.

RAHIMA. Bor, xabar ol. Zokirjon bo’lsa, meni yo’q, de (SHarofat chiqadi). SHu Zokirjonni ko’rsam, a’zoyi badanimni qaltiroq bosadi. Qo’limda indamas miltig’im bo’lsa-yu, kishi bilmas otib qo’ya qolsam… (Orqadan ovozlar).

SHAROFAT. Voy qanaqa kishisiz? Ayb emasmi? Ayvonda buvim yotibdir…

OVOZ. SHoshmang endi. Bir oz… Jindak.,.

SHAROFAT. Qo’yib yuboring, deyman! Voy, ana u kishini? Bu nimasi, birov ko’rib qoladi…

OVOZ. Bo’ldi, bo’ldi. Boring endi, buvingizga ayting, men keldim.

SHAROFAT. Siz ham odamni yaxshi ko’rishni bilasiz ekan-a… Hukumatning ishidan ham boshqag’a epingiz bor ekan-a…

OVOZ. Nima, nima?

SHAROFAT. Boring! Voy, anovi kishini! Bo’ldi-da! (Qizorg’on, okorg’on, uyalib zo’rg’a onasining yonig’a keladi). Birov kelibdir… Sizni ko’raman, dedi.

RAHIMA. Bildim… Bildim.., bolam, bildim… Ayt kela bersin…

SHAROFAT. Men Qumri xolanikiga chiqib ketaman.

RAHIMA. CHiqmasang nima bo’lardi? Non-pon qo’yib, choy-poy damlamaysanmi?

SHAROFAT. Boring-ey… uyalaman.

RAHIMA. O’laqoling! Bir mahallaga eshittirib noz qilg’on odam, indamasdan yurib, non-choy qo’yg’ali uyalar ekanmi?

SHAROFAT. Qandrq qilay? O’zi… osilib berdi hadeb… Burun chiqmasam ham endi chiqaman.

RAXIMA. O’v… bor, bilganingni qil. Bor, chaqirib qo’y, bechora kutib qoldi.

SHAROFAT. Huv, bechora bo’lmay o’la qolsin… (Ketadi. Birozdan so’ng muvollim kirib keladi).

Majlis: 6

Rahima, Abdilahad

(Abdilahad tip-tik, jur’atli bosib kiradi. Rahima xola zo’rg’a turib o’tiradi, U bilan Rahima so’zlashganda SHarofat dam u yog’idan, dam bu yog’idan kelib, poylab o’tadi),

ABDILAHAD. Xo’sh, ona, qalaysiz, endi? Yotibsizmi? Og’riqlaringiz qalay? Darmonga kiray dedingizmi?

RAHIMA. Keling, qani, mana bu yoqqa o’tiring. Og’riqlarim ancha durust bo’lib, biroz darmong’a, ham kirib qolib edim. Hali chiday olmasdan o’rnimdan turdim. Dadil-dadil bosib mahkamaga bordim. Bir-ikkita zarur ishlar bor edi – qildim. SHaharga yana bitta arzi hol yozdirib yuboray degan edim, bo’lmadi. Darmonim tugab, yana og’iriqlarim kuchayib qoldi. Undan keyin bitta bola yo’lab-yo’lab keltirib qo’ydi. Hozirg’ina kelib yotdim.

ABDILAHAD. SHaharga arzi hol yozishdan men ham zerikib ketdim. Xuddi bir yuzchasini yozib yuborg’ondirman, hech bir darak yo’q. Bilmayman, bularning hammasi ko’ru karmi? Yo hammasi ham Rustam aka bilan Azimjon qimorbozg’a sherikmi? Sira aqlim yetmaydi…

RAHIMA. Bular bo’lsa, bu yerda borg’on sari avj olishib yotibdilar. Biz tomon yigitlardan uch-to’rttasini o’z taraflarig’a ag’dirg’ong’a o’xshaydilar. Eslik-eslik batraklardan bir-ikkitasi menga g’alati-g’alati masala qo’ydilar, hayron bo’ldim.

ABDILAHAD. Markazga ketganlardan sizga xabar yo’qmi?

RAHIMA. Yo’q. Men qo’rqamanki, xat-mat kelgan bo’lsa, doyim o’zi ochib o’qub, keyin Rustam akangizga berib ko’ysa!..

ABDILAHAD. SHunga ehtiyot bo’lish kerak. Bu juda nozik ish.

RAHIMA. Qoravul bolag’a yaxshilab tayin qilg’onman, qo’lig’a pul ham berganman. Xatlarni avval menga ko’rsatadi. Xabarning o’zi yo’q…

ABDILAHAD. Bu la’natilar markazga ham ishlashib yubordilarmikan?

RAHIMA. Markazga-ya? Marqazga?

ABDILAHAD. Yo’q, bu mumkin emas (jim). Endi siz u yoq-bu yoqqa yurmang, jilmang, Dam oling, kuch to’plang. Balki ochiq savoshish kunlan ham yaqindir. Unda kuch lozim bo’ladi. Aytgancha: sizni urg’oni to’g’risida hech narsa qildingizmi?

RAHIMA. Nima qilardim? Ariza yozib guvohlarni qo’l ko’ydirib, bittasini shaharga, bittasini markazga jo’natdim.

ABDILAHAD. Yaxshi. Lekin duxturdan ham bitta guvohnoma bo’lsa, yana ham yaxshiroq bo’lar edi. Duxtur shaharda, siz tusholmaysiz. Hozir men o’zim bir ilojini qilib ko’ray-chi

RAHIMA. Duxturdan ham guvohlantirib olsam, yaxshi bo’lar edi.

ABDILAHAD. Men urinaman. Qo’rqmayliq, umidsiz ham bo’lmayliq. Bu kun-erta xabar bo’lib qolar. Sizni urg’oni to’g’risida gazetga ham yozg’onman, shu hafta ichi bosilib chiqadi. Undan keyin prokuror o’zi tekshiradi.

RAHIMA. Kaltakni bekorga yemagan bo’lsam-a?

ABDILAHAD. Ha, albatta, bu kaltak foydali. Yana bir yesangizmikan?

RAHIMA. Unda o’lib qolaman. Xudo ko’rmatmasin!

ABDILAHAD. Hali o’lmaysiz. Mingdan bir ishingizni tugatganingiz yo’q. Hali yoshsiz, ishlaysiz. Men ketdim.

RAHIMA. Muncha tez? O’tiring. CHoy-poy qilayliq. SHarofat, SHarofat!

ABDILAHAD. Yo’q, men borayin, haligi duxturning maslahatini qilmoq lozim.

RAHIMA. SHarofatxon!.. O SHarofatxon!..

ABDILAHAD. Ovora bo’lmang, yo’qqa o’xshaydi. Men ketdim (chika boshlaydi).

RAHIMA. Sizdan qochqong’a o’xshaydi.

ABDILAHAD. Men shunaqa odam qo’rqaturg’on narsamanmi?

RAHIMA. Endi, yosh qiz-da. Ketdingizmi?

ABDILAHAD. Xayr endi (chiqadi).

RAHIMA. Kelib turing!

Majlis: 7

Rahima, SHarofat

SHAROFATXON (kirib keladi). Mening kelmaganlygimni bilib turib, muncha chaqirdingiz? SHunaqa qilib, o’zingizni yana charchatib ko’yasiz, Jim o’tirsangiz bo’lmaydimi?

RAHIMA. Kelgan mehmon dasturxonsiz ketadimi? O’zing o’yla!

SHAROFAT. Xoh, o’sha ham mehmon bo’lmay o’ladimi? (Rahimaning orqasiga yaxshilab bolishlar qo’yib o’tkazadi).

RAHIMA. Hali kuyov bo’lib kirguncha mehmon-da, qizim.

SHAROFAT. Xah, bering! Men uni aytganim yo’q.

RAHIMA. Nimani nytding bo’lmasa?

SHAROFAT Hadeb so’ray berasizmi? Qo’ying, o’shaning to’g’risida, endi mundan nari sira gapirmang! Bo’ldi!

RAHIMA. Men nimasi, qizim, o’zing gapirib yotibsan.

SHAROFAT. Bekor aytibsiz… U nima, mening bir tug’ishg’on qarindoshimmidi? Nimaga gapirar ekanman? (SHarpa. Rustam aka bo’yin egik, qovog’i soliq kelib kiradi, Bular qaraylar-da, qotib qoladilar).

Majlis: 8

Rahima, SHarofat, Rustam

(SHarofat biroz orqag’a chekinib to’xtaydi-da, rangi o’chib, qotib qoladi! Rahima xola yuzini o’giradi. Rustam indamasdan kelib, kavshini yechib, duvolg’a suyanib o’tiradi).

RUSTAM (Rahimaga). Nimaga indamaysan?

RAHIMA. Nima ham deyman (Jim) Nimaga keldingiz?

RUSTAM. Kelmaymi? O’zimning joyim, keldim.

RAHIMA. Joy sizniki bo’lsa, bo’shatib berayin. Ammo siz bilan mening oramda ko’rishaturg’on bir narsa qolmadi.

RUSTAM. Nimaga?

RAHIMA. Ko’rib turibsiz-ku avholimni. Tag’in “nimaga” deb so’raysiz?

RUSTAM. Avholingga nima bo’libdir? Tur o’rningdan!

RAHIMA. Masxara qilmang! O’lmadim, uning bu yog’i bo’ldim.

RUSTAM. SHu yomon bo’ldi. O’lib keta qolsang, dunyo tinchir edi…

RAHIMA. Oh!.. (Ko’z yoshini artadi).

SHAROFAT [yig’lab turadi). Buvi… Yig’lamang…

RUSTAM (SHarofatga). Jim! Bor, havliga o’tib tur!

RAHIMA. O’tir, qizim, shu yerda.

RUSTAM. Nimaga selayib turibsan? CHiq dedim!

RAHIMA. O’tir, qizim!

RUSTAM. Qo’rma, onangni o’ldirib qo’ymayman. (Rahimaga) Seni o’ldiraturg’on bo’lsam, qizingdan qo’rqarmidim ablah?

RAHIMA. Men o’limdan qo’rqmayman. Bir marta o’lib bo’lg’on kishiman. O’tur, qizim, o’tur! Otangning yuzig’a qaramag’animg’a yarasha, sening sho’rliq yuzingni ko’rib o’tiray… (Jim).

RUSTAM. Mening toqatim qolmadi! Sen bilan gaplashgali keldim. Men bilan olishishni to’xtatasan!

RAHIMA. Gapiring!

RUSTAM. U da’yus muallim bilan bordi-keldini uzasan!

RAHIMA. Gapiring!

RUSTAM. Qizingni o’ynab-kulib To’qtasin boybachchaga berasan!

RAHIMA. G apiring!

RUSTAM. Zokirjonga uzr-ma’zur qilasan!

RAHIMA. Gapiring! Yana bormi?

RUSTAM. “Qo’shchi”dan o’zing istipo berib ketasan!

RAHIMA. Yana bormi?

RUSTAM. Meni urdi deb hech qaerda hech kimga aytmaysan!

RAHIMA. Bo’ldingizmi?

RUSTAM. Bo’ldim. Gapir! Bilib ko’y: men “xo’p” degan javobni eshitgali keldim. Boshqa gap kerak emas!

RAHIMA. Bo’lmasa indamayman! (Teskari qarab oladi).

RUSTAM. Astag’furillo. SHuni-chi! Bir uraman, saranjom topadi. (SHarofatga qarab) Tur, chiq bu yerdan! Tur deyman (SHarofat yig’laydi). Damingni chiqarma! (Turib og’zini to’sadi va o’zini pasga itara boshlaydi).

RAHIMA. Qo’ying, qo’ying deyman! O’zi chiqadi! SHarofat! Bor, qizim. Qumrinsalarnikiga chiqib tur! Bor, qizim!

SHAROFAT (yig’i orasidan). Qo’rqaman!..

RAHIMA Qo’rqma, qizim, bor! Otang hech narsa qilmaydi (SHarofat chika boshlaydi). Qo’shnilarg’a gapirib o’tirmag’il! (SHarofat chikib ketadi).

Majlis: 9

Rahima, Rustam

(Rustam qo’rqinch bir vaziyat bilan o’rtada SHarofatning orqasidan qarab qoladi. Birozdan so’ng beliga qaraydi. Pichoqni ko’radi, biroz qarab turg’on, birdan tezlik bilan oladi. Rahima muni ko’rmaydi, lekin ko’rpaga o’ranmoq harakatida bo’ladi).

RUSTAM. Gapir! Xo’pmi? Yo… pichoqmi? (Rahima jim). Hoy, deyman! Gapir!

RAHIMA. (yig’laydi). Men sizga nima gunoh qildim?

RUSTAM. Yig’i kerak emas! Javob kerak! Gapir! Xo’pmi, yo’qmi! (Yana jim).Gapir deyman! (Rahima dir-dir qaltiraydi). Gapirasanmi-yo’qmi? (Ko’zi qizarib, qo’lidag’i pichoqni maqkam g’ijimlab ko’llari, tizzalari kaltiray boshlaydi. Rahima xolaning ranglari oppoq, juda qattiq qaltiraydi). Gapir deyman (Juda qattiq) Gapir!!! Gapirmaysanmi?!! (Tiz cho’kadi, bo’ynidan bo’g’adi, pichog’ini do’laydi). Ayt!!! (Rahima xola qimirlaydi, uning changalidan qutilmoqchi bo’ladi, tillarini chiqaradi, bo’g’ilg’onlig’ini ko’rsatadi. Qo’llari bilan uning ko’llarig’a osiladi. Kuchi yetmaydi. So’ngra o’zining yoqalarini yirta boshlaydi. Rustamning pichoqli ko’li balandda qaltiraydi). Rahima!!! Ayt!!! (CHopib Jo’ra kirib qoladi).

Majlis: 10

Rahima, Rustam, Jo’ra

JO’RA. Xo’jayin! (Rustamning qo’lidag’i pichoq tushib ketadi, o’zi sapchib turadi).

RUSTAM (tutilib). Nima gap?

JO’RA. Markazdan saylov komissiyalari kelishdi. Sizni yo’qlashib yotibdi!..

RUSTAM. Markazdan saylov komissiyasimi? Oh!.. (Peshonasini ushlab, o’rtada kotib koladi).

RAHIMA. Saylov komissiyasimi!.. (Asta-sekin kula boshlaydi. Jo’ra hayron).

(Parda tushadi)

UCHINCHI PARDA

IKKINCHI KO’RINISH

SAYLOV

Qishloq, masjidmning keng sahni. Uning masjidligini bildiraturg’on yolg’iz birgina narsa saqnada ko’rinadi, u ham bo’lsa, 4-5 zinalik pastgina mezana. Uning yonida supacha. Supa ustiga ustol qo’yilg’on edi. Usti uylarda bo’laturg’on qizil “choyshab” bilan yopilg’on, ustida qalam, qog’oz, ko’ng’iroq va hokazo. To’rda uzun “eshak”, yonida “tabaratlar”. Bu ko’rinish saylovni qo’rsatgani uchun “nutq” va “ma’ruza” yo’sinida gaplar bilan tomoshachini zeriktirib qo’ymaslik xususig’a ayrim e’tibor qilmoq lozim bo’ladi. SHu uchun biz ham saylovning o’ziga va ham asardagi voqeaga tegishli eng zarur joylarinigina ko’rsatib o’tish qasdida bu ko’rinishni bir necha bo’lakka bo’ldik. O’sha bo’laklar kelgan vaqtida pardani tushirmasdan yolg’iz fonarni bir-ikki daqiqa o’chiriladi xolos. Bu bilan vaqtni ko’p olmasdan saylovni tugal ko’rsatmak mumkin bo’ladi.

Bo’lak: 1

“Guruhlar ishda”

Vaqt juda erta. Quyosh endi ko’tarilib keladi. Masjid sahnida kimsa yo’q. Orqadan g’ovur-g’uvur gap. Bir ondan so’ng Rustam aka, Zokirjon, Azimjon qimorboz, ular- ning tarafkashlaridan bir necha kishi – orada Yunis, O’ktam kirib keladilar. Hammasida besaramjon bir holat bor.

Majlis: 1

Rustam, Azimjon, Zokirjon va dehqonlar

ZOKIRJON. Rustam aka, menga qarang! (CHetga olib ketadi) Mana bularingizni biroz nariroq jildirib turing, o’zaro bir gaplashib olayliq.

RUSTAM. Yiroqqa jildirib bo’lmaydi. SHu yerda turishsin, men aytay. (Ularga) Sizlar sal nariroqda turinglar, Jilmanglaram… (Dehqonlar bir chetda so’zlashib o’tiradir, bir chetga bular – “amaldorlar” chiqadilar).

AMALDORLAR:

RUSTAM. Muallimni o’ldirish kerak edi. Yo’limni to’sdingiz.

AZIMJON. Albatta o’ldirish kerak edi, xom kallalar…

ZOKIRJON. O’ldirish qiyin emas edi, xohlasak o’ldirar edik. Lekin undan foyda emas, zarar bo’ladir.

AZIMJON. Qanday zarar bo’ladi, xom kalla?

ZOKIRJON. Qanday deysizmi? Rustam akam bu kun to’g’ridan-to’g’ri turmada o’tirg’on bo’lar edi-yu, Rahima xolam yo bo’lmasa shaharlikning bittasi bizga rais bo’lar edi…

AZIMJON. Ie kundosh yomon bo’lar edi, xom kallalar.

RUSTAM. Qo’ying, gapirmang siz ham! Hali yaxshi bo’ldimi? Hammangizning otangizning arvoyiga… (tura boshlaydi).

ZOKIRJON. (qattik) Rustam aka! (Etagidan mahkam tortib o’tqizadi). Unaqa yengillik qilmang.

AZIMJON. Ros, xom kallalar, ros, Yengillik qilma, sen ham, Rustam.

RUSTAM. Nima kilay bo’lmasa? Menga qolsa, hozir pichog’lab tashlayman o’shani!

ZOKIRJON. SHoshmang, hovliqmang! Hali umid yo’q emas, bor. Bizning tarafimizga chiqaturg’onlarni juda ko’p tayyorlag’anman, qo’ya bering. Tadbir bilan ish qilsaq, kuymaymiz. Oldin eson-omon mana bu saylovni o’tkazib olayliq. Undan keyin muallim o’z-o’zidan tamom bo’ladi…

RUSTAM. Bu saylovni salomat o’tkazib olsam, qo’yamanmi muallimingni?

AZIMJON. To’yni ham boshlab yuboramiz, xom kallalar! SHunday emasmi, Rustam!

ZOKIRJON. Sizning esingiz to’yda. Uni qo’ya turing. Gapning nozigi bu yoqda!..

AZIMJON. Tag’in nimasi bor xom kalla?

RUSTAM. Tag’in nimasi deysan?

ZOKIRJON. Majlis raisligiga mutloq o’zimizdan o’tkazish kerak. Agarda shahardan kelgan komissiyadan biri o’tirib qolsa, ish yomon bo’ladi,

AZIMJON. O’zingni saylaymiz, xom kalla!

RUSTAM. Ammo-lekin shuni ham bilib qo’yinglarki…

DEHQONLAR:

1-DEHKON. Kattalaringizning kengashlari qachon tugar ekan-a?

2-DEHTSON. Tugab qolar. Sizu bizning nimamiz ketadi, salqin joy ekan, o’tira beramiz.

4-DEHQON. Qanday qilayliq, shularning qo’lida qul ekanmiz! Nima buyursalar “xo’p” deymiz-da.

1-DEHQON. Men shularning hama yomonliqlarini bilaman, yurtda bulardan yomon odam yo’q. Bularning turishi-turmushlari yurtga zarar. O’rinlarig’a, boshqa kishilar o’tsa jon deyman. Ammo-lekin… shu Rustam akadan jindakkina qarzim bor… SHuning tufayligidan munga boylanib o’tiribman.

4-DEHQON. Qarzlarni kechib yubormoqchi bo’ldimi?

1-DEHNON. “Agar, dedi, saylovda men taraf bo’lsang – qarzlaringni kechib yuboraman”, dedi…

2-DEHNON. Menga ham Azimjon aka bir qo’sh ho’kiz bermoqchi bo’ldi. Bo’lmasa juda qiynalib ketdim.

YuNIS. Biz ham sizlarg’a o’xshag’on, og’aynilar. Soy bo’yida, o’zingiz billasiz, nahoyat ikki tanob yerimiz bor. SHuni ham Azimjonboy qarzig’a ushlayman, dedi. O’rtag’a Zokirjon tushdiyu qarzini yengillashtiraturg’on qilib meni ham saylovda Rustam aka tomong’a o’tkazib qo’ydi. Bilmadim, nima foyda tegar ekan unga?

4-DEHQON. Uni o’zlari bilishadi-da. (Bu choqda bularning yonig’a sekin bosib Hasan qeladi. Narigilar – “amaldorlar” gap bilan bo’lib ketib ko’rmay qoladilar. Hasanboy kelgandan biroz so’ng bir-ikkita bo’lib xalq ham kela boshlaydi).

Majlis: 2

O’shalar, Hasanboy, xalq

YuNIS. Kel, Hasanboy, saylovga keldingmi?

HASANBOY. Ha, sizlarning tomonlaringizni ko’raylik, deb kelib edik…

4-DEHQON. U nima deganingiz, Hasan?

HASANBOY. Nima deganim bo’lar edi? O’zi muttaxham, yurtbuzuqi xo’jayinlaringizg’a qo’l ko’tarib, rasvo bo’lishingizni tomosha qilamiz-da.

1-DEHQON. Ie, Hasan, Hasan, sen hech narsani bilmaysan.

YuNIS. Muning qarzi yo’q, bilmaydi.

2-DEHQON. Bu ham bizday birovg’a band bo’lsa edi, o’zining ketidangina emas, «bosh kesar»ning ketidan ham keta berar edi.

HASANBOY. Bilaman, bilaman. Sizlar qarzu qurzingizdan qutilmoqchi bo’lib, bu yomon yo’lg’a yurayotibsiz. Lekin, shuni ham bilib qo’yingki, ish boshida – hukumat tepasida yana shu kambag’al dushmani o’zlari qolsa, bir qarzini ming qilib oladi.

1-DEHQON. SHu ham to’g’ri.

2-DEHQON. Bu ham ikki emas.

HASANBOY. SHunday bo’lg’ondan keyin, sizlar mundaqa qilib yurmasdan…

AMALDORLAR:

(Hasanboyning gapirib yotg’onini Azimjon aka ko’rib qoladi).

AZIMJON. Hoy, xom kallalar! Ana ularning yonig’a yot odam kelib qolibdir-ku!

RUSTAM. Qani?

ZOKIRJON. Kim u? Ie… u Hasanboy degan “Qo’shchi” a’zosi bir – yigit. Bu – yomon odam.

RUSTAM. Markazg’a borg’on ham shu emasmi?

ZOKIRJON. Ha markazga borib, arz qilib, komissiyani boshlab kelgan shu!

AZIMJON. Nima qildiq endi, xom kallalar?

RUSTAM. Borob qornig’a bir tepaman – sop bo’ladi (Tura boshlaydi).

ZOKIRJON ( qattiq). Rustam aka! (Tortib o’tqazadi). Ishni rasvo qilasiz. Xovliqmang axir!

AZIMJON. Ko’p mushingga zo’r bermasang-chi, xom kapla!

RUSTAM. Nima qilay? Maslahating bitguncha dehqonlarni aynitib qo’yadi.

AZIMJON. Ros, xom kalla, ros.

ZOKIRJON. Sekin borib o’zimiznikilarni chaqirib oling, “ish bor” deng. Lekin sira bildirmang (Rustam ketadi).

HASANBOY. Uqdingizmi? Hali gap ko’p. Yaxshi quloq bering, men aytib beray, siz uxlab yotibsiz!

RUSTAM (yakin kelib). Hoy Hasanboy! (Hasanboy shoshib qoladi) Qani u komissiyalaring?

HASANBOI. Bilmasam. Uni siz bilasiz…

RUSTAM. Biz bilamiz? Biz boshqa narsalarni bilamiz! Sen qarab tur! Hap?..

1-DEHQON. Xo’jayin, biz nima qilamiz?

RUSTAM. Sizlarga ish bor. Hozir aytaman. Hasanboy, bo’l tezroq, komissiyalaringni topib kel, xalq kutib qoldi (Hasanboy ketadi). Bu nima gap? Hammangizni yer bilan yakson qilish kerak! Muallimning ayg’oqchisi bu! Nimaga gaplashdingiz? Nimalar dedi? (Jim).

YuNIS. (birozdan so’ng). Gapning rosi, xo’jayin, allanimalar deb jovradi, bittasini ham uqmadiq.

HAMMALARI. Sira uqmadiq, xo’jayin! (Bu vaqtda Azimjon bilan Zokirjon kiradilar).

AZIMJON. Uqmadiq? O, xom kallalar-ey! Siz uqmadingiz?

ZOKIRJON» Sizlar u yoqqa yuringlar! (Hammasini yetalab olib chiqadi. Bu orada xalq to’planib qolg’on, ikkita-ikkita bo’lib, gaplashib o’tiradi, yuradi. Orada 2-parda 2-ko’rinishdagi dehkon yigitlar, so’ngra Hasan bilan birga birinchi parda ikkinchi ko’rinishdagi ko’ringan «Qo’shchi» a’zolari ham ko’rinadilar. Bir ozdan so’ng “papka” ko’targan 2-3 kishi o’tadilar. Bular saylov komissiyasi a’zolari. Ularning yonlarida muallim bilan birga bir-ikkita komsomol yoshlari bor. Ular sahnadan o’tib ketalar. Orqalaridan Rahima xola boradi. Uni juda qo’ltig’idan suyab olg’on. Xalq orasida paran- jili qizlar ham ko’rinadi).


Majlis: 3

Xalq, komissiyalar, Rahima xola, qizlar

SHAROFAT. Odamning ko’pligi-ey!

QUMRI. Voy, bu paranji o’lsin! Dimiqib o’lib ketdim.

PATTI. SHu yerda hech kim yo’q ekan, bir ochib olsaq bo’lmaydimi?

KUMRI. Ros-a! Hech kim yo’q! Ochamiz! (Ochadi) Uff! Hayriyat, ancha yengillashdim-a!..

PATTI. Havodan yuz ming aylanib-o’lgursak ham oz!

KUMRI. Nimasini aytasiz, kelinchak!

PATTI. O’zingiz kelinchak!

KUMRI. Ov… bolam, men kelinchakmidim? Men qirqdan oshib qoldim… To’rtta – beshta bolam bor…

SHAROFAT. Hali erga tegmay turib-a? Voy tavba!

KUMRI. Qo’ying, aylanay, erdan gapirmang! Bezgak tutib qoladi.

PATTI. Ana… u ana… SHarofat opamning kuyovlari…

KUMRI. Muallim afandi-ya… Voy tavba! Qani?

PATTI. U… Ana! Ana machitniyg oldida… SHaharliklar bilan gaplashib turibdi…

KUMRI. Ha, u ana umi? Qizil gullik Toshkan do’ppi kiygan? Nimcha chiroylik ekan… (Bularga teskari bo’lib turg’on SHarofatga) SHarofatxon, aylanay, uyalib ketdingizmi? Qo’ying, aylanay, uyalmang, kishi o’zi yaxshi ko’rgan kuyovidan ham uyaladimi? Menga qarang. Muvollim afandi juda ko’hlik ekan, mening ham tegib olgim keldi shu topda…

SHAROFAT. Qari, sasig’on-bijigan Hoji bobo bo’lmasa, sizga ham birorta o’shang’a o’xshag’on ko’hlik chiqib qoladi.

KUMRI. Qo’ying, aylanay, o’sha Hoji bobo o’lgurni gapirmang, yuragim siqilib ketadi… (Naridan qo’shiq ovozi borgan sari yaqinlashib kela boshlaydi).

PATTI. Ana, shaharliklar bilan muvallim pochcham shu yoqqa kelayotibdirlar. Orqaea Rahima xolam ham bor. Ana, Zokirjon bilan otangiz ham qo’shildi,

KUMRI. Endi saylov boshlanadi shekillik, biz qochayliq (Yuzlarini berkitib qochadilar).

(1-2 daqiqa fonarlar o’chadi. Supacha ustida rayosatustolida majlisrayosati o’tirg’on bo’ladi. Orada xola, Muvallim, Xasanboy, Xushnazar, yana bir necha batrakdehqonlar, komsomollar, Rais, komissiya a’zosi, “markazli” Sodiqov, pastda pastda boshqa Rustam aka, Zokirjon, Azimjon kimorboz, masjid so’fisi, yana 1-2 kishi)

SODIQOV. (o’rnidan turg’on qo’ng’iroq chaladi. So’ngra kulib turib so’zlaydi). Batrak, qo’shchi, dehqon o’rtoqlar! Bu majlisni olib bormoq uchun saylag’on rayosat hay’atingiz o’z joyig’a o’tirdi. Men sizni Markaz ismidan qattiq olqishlab turib deymanki, yashang, mehnatkash o’rtoqlar, rayosat hay’atiga asil kambag’allarni va toza odamlarni bilib sayladingiz! (Kuchli olqish, burung’i hayьat kuchsiz qo’l urishar…) Bu hurmatli jamiyat, ya’ni rayosat hay’ati majlisning doimiy raisligiga meni sayladi va… (katta olkish) va… shu bilan o’zining ishonchini bildirdi. O’sha ishonchni joyig’a qo’ymoqqa sizning xuzuringizda so’z beraman! O’rtoqlar! Ro’znomamizda yolg’iz ikkita masala bor. Biri – eski ijroqo’mning hisobi, ikkinchisi — saylov. Agar ruxsat bersangiz, 6u yozda, issiq kunda gapni va rasmiyatni ko’p cho’zmasdan to’ppa-to’g’ri ishga o’ta qolsag’u saylovni tezroq o’tkazib, hammamiz o’z ishimizga tarqalsaq! Nima deysiz?

OVOZLAR. Ma’qul! Ma’qul!

SODIQOV. O’rtoqlar! Hozir burung’i ijroqo’mning ishlari xususida hisob eshitamiz. Bu xususda birinchi so’z ijroko’m raisi Rustam akamizga beriladi (u yerdan-bu yerdan kuchsiz bir chapak).

RUSTAM. (so’qurlarcha yurish bilan mezanaga chiqadi. Biroz xo’mrayib qarab turadi. So’ngra boshlaydi). Bu ish qiziq bo’ldi. Birdan komissiya kelib qoldi. Birdan saylov! Nima bu azbaroyi xudo!.. (Rayosatdagilar kulishib o’tirarlar). Hali boshqa yurtlarda saylov yo’q. Nimaga bizga keldi? Ye bizning yurtimiz markazmi? Unday desa, Markazning saylovi hammadan keyin bo’ladi (Sodiqovga) Ros! Hali sen hisob berdingmi?

SODIQOV. Ha, ijroqo’mdagi qog’oz ishlaringizga hisob berasiz.

AZIMJON. (joyida), Bu xom kalla nimalar deb o’tiribdir, Zokirjon?

ZOKIRJON. Aytaturg’on gaplarni shuncha tayinlab, gapirib, o’rgatib chiqarsam ham yana o’z bilganini qildi-ya! Voy hayvon-ey!.. (Asabiyat ko’riladi).

AZIMJON. Bu o’zi shundoq xom kalla-da!

RUSTAM. Hisob degan narsa juda ko’p yuborildi. Rayonga, shaharga, marqazga! barmoq bosa berib, barmog’i yeyilib ketdi. Nima, bu azbaroyi xudo? Endi o’zimizni dehqonlarg’a ham hisob berib o’tiramanmi?. Ie, qo’ying!..

SODIQOV. Dehqonlar sizni saylag’on! Ular sizning xo’jayiningiz!

JO’RA. (bir burchakdan). Yo’g’-ey, dehqonlar bu xo’jayinni xo’jayin deyishadir-ku!

AZIMJON. Ha, ros, xom kalla!

SODIQOV. Dehqonlar sizni saylag’on! Ular sizning xo’jayiningiz!

JO’RA (bir burchakdan). yo’g’-ey, dehqonlar bu xo’jayinni xo’jayin deyishadir-ku!

AZIMJON. Ha, ras, xom, kalla!

SODIQOV. Yo’q, birodarlar! Saylang’an xo’jayin emas, saylag’on xo’jayin bo’ladi!..

RUSTAM. Xo’jayinliq bilan ishim yo’q. Kim xo’jayin bo’lar ekan, hali ko’ramiz! Bu ishlarni bir-ikkita ig’vogar qilib yotibdi! Taniyman hammasini! Saylov o’tsin hammasining yetti pushtini ko’rsatib qo’yay…

SODIQOV (qo’ng’iroq chaladi). Rustam aka, hisobdan gapiring!..

RUSTAM. Men hisob o’qug’on emasman! Bo’libdir! Hisob darkor bo’lsa — ana mirzam (chaqiradi). Zokirjon! Gapirib tashla, uka!.. (Tushib ketadi, hamma hayron).

SODIQOV. Rustam aka!

RUSTAM (buralib). Tag’in nima deysanlar?

SODIQOV. Hisobni qilasizmi-yo’qmi?.

RUSTAM. Ie, mirzam qiladi dedim-ku!.. «Ha» deb so’rayverasanmi?

AZIMJON. Yemon gap yuqmas xom kalla ekan-da!

SODIQOV. Ijroko’m hisobini tugatmak uchun o’rtoq Zokirjonga so’z beriladi (Rustam, Azimjon, yana bir-ikki kishi qarsak uradi).

ZOKIRJON (chiqadi, mo’ylovini bir-ikki daf’a buraydi, so’ng boshlaydi). O’rtoqlar! Mne prejde chem gapga kirishmasdan, bir nedorozumenieni anglatib o’tay. Aslida selьsovetning otcheti bo’yicha dokladchik men emas, a 6u o’rtoqlarimiz namerenno, konechno so’zni Rustam akamga berdilar. U odam podgotovitsya qilmag’on – bir, gapirishni bilmaydi – ikki, bezgramotniy odam – uch, so’qirlik xarakteri bor – to’rt, juda yomon nervniy – besh! ь

MUALLIM. Ijroko’m raisligiga juda bop kishi ekan-da bo’lmasa! (Rais qo’ng’iroq chaladi).

ZOKIRJON. Siz tek o’tiring! Vь1 molchite. Bidamiz, siz shunday poxodkalar bilan borib-borib Rustam akaning o’rnig’a o’tirm^oqchi bo’lasiz! Ko’ramiz o’rtoq!

SODIQOV. Hisobdan gapiring o’rtoq!

ZOKIRJON. Maorifdan chiqqan geroylar doklad qildirg’oni qo’ymasa nima qilay? O’rtoq rais, siz prejde vsego ularni poryadokga chaqiring!.. (jim). Ha, o’rtoqlar, shunday! Asl dokladchik men edim, mana men endi dokladg’a kirishaman… Vo pervыx o’rtoqlar, qishloq, eto derevnya…


Bo’lak: 3-“Muzokaralar”

(1-2 daqiqa fonar o’chadi, yana yonadi. Mezanada muallim)

MUALLIM. SHundai, o’rtoqlar! Bizda ijroqum degan, hukumat degan narsa yo’q zdi. Bizda yolg’iz qimorbozlar, boshkesaryaar, yeri ko’p boylar, po’rdoq boybachchalar, xotin-qiz dushmanlari, ozodlik yovlari bor edilar… Ular, bir to’da bo’lib uyushib…

SODIQOV. O’rtoq Abdilahadjon! Vaqtingiz o’tib ketdi. So’zingizni to’xtating, bo’lmasa o’zim to’xtatishga majbur bo’laman!

MUALLIM. Hozir tugataman! Hozir!

OVOZ (pastdan). Zokirjon uch soat gapirdi, muni yarim soat ham gapirtirmaysizmi?

ZOKIRJON. U dokladchi emas.

AZIMJON (ovozg’a). Tek o’tir sen, xom kalla!..

OVOZ. O’zing xom kalla!..

SODIQOV O’rtoqlar! Muallim o’rtoqqa so’zini tugatish uchun yana vaqt beramizmi?

OVOZLAR. Berilsin! Berilsin! Gapirsin! Hammasi haq gaplar. Ros aytadi 6u yigit!

SODIQOV. Gapiring, o’rtoq Abdilahad!

MUALLIM. Men o’zim ham gapirib bo’ldim. Yolg’iz shunigina demoqchimanki, oldimizda yer islohati kabi katta va og’ir bir masala turibdir. Unday qiyin masalalarning holini qimorbozlarg’a topshirib bo’lmaydi. O’rtoqlar! Men bo’ldim! (Kuchli olqishlar).

AZIMJON.. SHoshmay tur, sen tirrancha. Biznikilarga navbat kelganda sen xom kallalarning adabini beradilar. Zokirjon! Bizdan kim gapiradi?

ZOKIRJON. Juma gapirsa kerak endi. Qani o’zi?

AZIMJON (qarab). Ko’rinmaydi (Zokirjonda iztirob)

S0DIQOV. So’z o’rtoq Juma Hoshim o’g’lig’a!

OVOZ. Ana endi Juma o’g’ri gapirar ekan!

AZIMJON. Ana, Jumaga navbat keldi! (Juma mast, tentiraklab keladi).

ZOKIRJON. Fuv chyort! Bunisi ichib kelibdir!

RUSTAM. O’shalar ichirishgan!

AZIMJON. O, xom kalla-ey! Mas bo’lmasa qotirar edi…

ZOKIRJON. Muni gapirtirish yaramaydi (qattig’) Doloy!

RUSTAM. Bu gapirmasin (Rais ko’ng’irok chaladi).

AZIMJON. Muning gapini eshitmaymiz!

ZOKIRJON. Gapirmasin!

JUMA. (mezanaga chiqib, bularga xo’mrayib qarab turadi). Hay, nima deysan sen? Gapirgali qo’ymaysanmi meni? Dadangning arvoyiga… (To’xtaydi), arvoyiga… “pata” o’qib qo’yaman, ha! Nima qildim men senlarga! (Xalqda kulgi, rayosat hay’ati hayron). O’zing “yaxshi gapir, bizni maqta!” deb yer-suv, pul berib o’tirasan-u, endi kelib o’zingni maqtatqali ham ko’ymaysanmi?

AZIMJON. Sen massan, xom kalla!

JO’RA. Masman? Men-a? Bekor aytibsan! O’zing massan! SHu kichkina qishloqqa ham bitta aroq do’koni ochib qo’yibman. Kimning puliga ochildi bu? Senlarning pulingga!.. Xoy, Azimjonboy, sen qancha pul berding, bilasanmi? Bir yarim ming so’m, Rustam akam, xo’jayin, ikki ming so’m berdilar…, Yolg’onmi? Yolg’onmi? Yolg’on de otangning arvoyiga?.. (Tushib Azimjonning yoqasig’a osiladi. Uni ajratib olib chiqib ketadilar).

SODIQOV. O’rtoqlar! SHo’ro saylovini hurmat qilmasdan maslik bilan majlisga kelib, odobsizlik-bezoriliq qilg’on odamlarg’a togishli mahkamalar tegishli jazolarini berarlar. Biz bu voqeaga o’z tomonimizdan taassuf bildirib qo’yib ishimizni davom etaylik. Muzokorachilardan oxirg’i so’z Rahima xolamg’a (olkishlar, ayniqsa xotin-qizlardan, “amaldorlar” orasida asabiyat, besaramjonlik).

RAHIMA (zo’rg’a yurib rayosat ustoli yonig’a keladi). Meni, meni… balanga chiqib gapir demanglar. SHu yerga zo’rg’a keldim, shu yerda gapirsam.

OVOZLAR. Ros! Ros!

RAHIMA. Bu qishloqda bo’lib o’tgan hangomalarning hammasiga men juda odil guvohman, hammasi ko’z oldimda bo’ldi. Bu qishloqda yurish bechorag’a qanday jabru jafo kelgan bo’lsa, hammasidan xabarim bor. Nimaga desangiz yurtga yetgan jabru jafolarning hammasi mening erimdan yetdi. Erimdan!

RUSTAM. Bekor aytibsan! (Rais zang chaladi).

RAHIMA. Erim hamma ishni bir qimorbozg’a, bir boshkesar o’g’rig’a suyanib qildi. Anna o’sha o’g’ri (Azimjonni ko’rsatadi).

AZIMJON. O’zing g’arsan, xom kalla.

RAHIMA. O’sha gaplarning hammasinibir-bir aytib berib hmmangizni bir yig’latayin degan edim. Bo’lmadi. Er o’lgur menga yo’l qo’ymadi. Ezilgan yurtni, sho’rlik dehqonni u yer – bu yerda yoqlab turar edim, erimdan o’lgudek tayoq yedim, manashu holg’a tushdim! Yolg’on! Yolg’on! Ishonmang dehqonlar! Erim sizga desaki, buni urg’on qimorbozlar, deb, ishonmang! O’zi qimorboz, do’sti qimorboz! O’zi urdi meni!.. Bas endi, men gapirmayman! Sizlardan birgina iltimosim bor: burunlari xotin kishini odam demas edingiz… Men o’zim xam o’zimni yarim odam deb yurgan edim… Oxirda, bu zamong’a kelib “Qo’shchi”g’a saylandim. Foydasi ham bo’ldi, natijasi ham ko’rildi. Demak xotinlar xam odam ekanlar! Endi sizdan iltimosim shugina: xotin qam odam, uni qimorboz va o’g’ri amaldorlarning changalidan qutqaring! Qutqaring! Qutqar…ing… (kursiga o’tirib qoladi).



Bo’lak: 4-“Natija”

(1-2 daqiqa fonar o’chib turadi. So’ngra yana yonadi. Xalq o’rnidan turg’on, u yoq-bu yoqqa yurg’on, g’avur-g’uvur gap). (Bir chekkada)

I-DEHQON. Bizning Rustam aka ro’yxatga kirmay qoldi-a?

UNISI. Zokirjon-chi, Zokirjon! Zokirjonni aytgil!

I-DEHQON. Azimjon qimorboz ham saylanmadi.

I-DEHQON. Xo’jay inlarning hamma tortg’on rejalari unmadi endi.

IV-DEHQON. Reja qoldimi ularda!.. Rasvo bo’lishdi.

II-DEHQON. Ishongan tog’lari Jumamidi? Nima qildi?

I-DEHQON. SHarmandalar qildi lekin!

IV-DEHQON. Qani o’zi!

I-DEHQON. Qamab qo’ydilar!

IV-DEHQON. Juda yaxshi bo’libdir!

I-DEHQON. SHunda-yu, qarzdan qutilolmadiq-da.

IV-DEHQON. Bilagimizda kuchimiz bor, uzib yuboramiz…

YuNIS. O’zimizga yer-suv tegadi deding-ku!

I-DEHQON. Unday bo’lsa… (Yana bir chekkada).

I-XOTIN. Yigit o’lgur Jumani qarang! SHu yerda ham yomonliq qildi-a!

QUMRI. Voy, yerlar yutsin uni! Unga tekkandan o’lgan yaxshi emasmi?

PATTI. Voy o’zingizning Hoji bobongiz undan yaxshimi?

QUMRI. Voy aylanay, u o’lgur aroq ichmaydi, og’zi sassiq emas. Undan keyin erta-indin o’lib ketadi… Boshqa bittaga tegib olaman!

SHAROFAT. Qo’ying, gapirmang! Sizni olmasdan burun go’rlarga kirsin, ilohim!

QUMRI. Aylanay sizdan, keling o’sha shirin tilingizdan bir o’pib olay! Abdilahadjon uchun…

SHAROFAT. Qo’ying o’shani, gapirmang!

QUMRI. Voy aylanay, uning gaplarini ko’rdingizmi? Bir osh pishguncha gapirdi. Hamma jim bo’lib, “churq” etmasdan eshitdi. Yurtning hama gaplarini bilib yurar ekan-da. Otanggizning o’rnig’a o’shani saylamasmikan?

SHAROFAT. Boya majlisda aytsangiz bo’lmasmidi?

QUMRI. Voy, bizlar aytsak ham bo’la beradimi?

SHAROFAT. Buvim aytdi-ku…

QUMRI. Buvingiz boshqa-da. Biz bilan birmidi? U amaldor…

SHAROFAT. Bularning zakunida bo’la berar ekan… Eri-xotin bir dedi…

QO’MRI. Yaxshi zakun ekan bo’lmasa…

PATTI. Ana kattalar kelishib yotibdirlar (Yuzlarini yopib chekinadilar).

(Rayosat joyig’a Abdilahad, Sodiqov, Hasanboy, Egamberdi, Xushnazar, Bo’ta, komsomol bolalar, bir necha qo’shchi va batraklar, so’ngra 2-3 xotin, Jo’ra chiqadilar. Hammalari ustol tegrasida tek turadilar).

SODIQOV. (Rayosatning joyig’a kelib zang chaladi. Yana boyog’iday kelib turadi). O’rtoqlar! Yaqin kelinglar! (Hamma siqishib keladi) Saylov tamom bo’lib, SHo’ro saylanib o’tsa ham tarqalmasdan yangi SHo’ro majlisining natijasini kutib turibsiz. Muning sababiga biz yaxshi tushunamiz. Albatta, siz hozirdan bilmak istaysizkim, sizning e’timod qilib topshirg’on ishlaringizni bir prasan ham bajara olmag’an Rustam akaning o’rnig’a kim saylandi deb sizning bu qiziqishingiz to’g’ri. Ijroqum raisi butun idora ishlari uchun javobgar bir odam. SHu uchun uni bilib saylamoq kerak. O’tgan safar nima uchundir bilmasdan Rustam akaga o’xshag’on so’qir, boyvacha, omi va johil boylarni, Zokirjong’a o’xshag’on burung’i mingboshilarning mirzolarini, Azimjon akaga o’xshag’on qimorboz, boy o’g’illarini saylag’on bo’lsangiz… Bu safar toza ko’ngilli kambag’allar, qo’shchilar, batraklarni, yosh va g’ayratli komsomollarni, jamoat ishlarini har narsadan ortiq ko’raturg’on sog’lom fikrli muallimlarni, yangi turmushqa qadam qo’yib kelayotg’on ozod xotin-qizlarni, umr bo’yi xizmatdan boshi chiqmagan qorollarni sayladingiz! Endi men yangi ijroqumni doim ish qilaturg’on uch a’zosini sizga tanitay, munga o’zingiz ham juda intizor bo’ldingiz. Mana: ijroqumning yangi raisi – O’sha Rustam akaning xotini rahima xola (Olqish, rahima xolani taqdim qiladilar) Uning noibi sizning qadron do’stingiz, qirq yilliq mehnat kahramoni Jo’raboy Azim o’g’li (Olqish, taqdim) Sarkotib: yosh kuchlardan komsomol muallim G’ani Sobir o’g’li! (Olkish, taqdim) Boshqalar aьzo! (Olqish, taqdim),

(Parda tushadi)