Zamona xotini/Ikkinchi parda

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zamona xotini  (1928) 
by Abdulhamid Choʻlpon

IKKINCHI PARDA

(Ikki ko’rinishda)

ARALASHUVCHILAR;

SHAROFAT.

QUMRI, SHarofatning o’rtog’i.

RUSTAM aka

JO’RA.

JAHONBU – PARANJILI XOTIN. RAHIMA XOLA.

QUNI-QUSHNILAR ( xotinlar, qizlar, bolalar).

RUSTAM aka.

BIR YoSH IIGIT.

SHAROFAT.

ZOKIRJON.

JO’RA.

QISHLOTS YIGITLARI: Rahmat, Tursunali, Sodiq, Yunus, O’ktam, Bo’ta, bir yosh, ikki va boshqalar.

IKKINCHI PARDA

BIRINCHI KURINISH

YaNA BIR DUSHMAN ORTDI

Rustam akaning hovlisi. CHapda ayvon, ayvondan ichkariga bir eshik va bir teraza ochiladi. Ayvon oldida bir-ikki tup daraxt. O’ngda supacha, o’ra, duvol.

Majlis: 1

SHAROFAT, SO’NGRA QUMRI

SHAROFAT. (Supada ayvong’a qarab o’tirg’on, kashta tikadi. Kashtani qo’yib orqasig’a kayrilib gapiradi). Qumrixon! Hay, jonimni qoqay! Bu yoqqa tushing. Birpas gaplashib olayliq. Juda siqilib ketdim…

QUMRI. (Tovushi). Bir chiroylik qo’shiq aytib, guldak kashta tikib o’tirg’oi kepinchak qiz ham siqilar emishmi? Siqilish – bizga chiqqan, aylanay: o’gay ona o’lgur bir nafas tinch qo’ymaydi. Endi shu topda tez “Ko’k terib o’tasan, chuchvara qilamiz”, deydi. SHuning uchuy talag’a o’tayotirman.

SHAROFAT. Men ham sizga o’sha to’grilarda hasrat qilmoqchi edim-da.

QUMRI. (Tovushi). Qo’ying, aylanay, hasratga sira tobim yo’q.

SHAROFAT. Qumrixon! Gapimni yerga tashlamang, aylanay. Bir nafasgina o’tirib chiqasiz. Talag’a o’tmakchi bo’lsangiz, ana u darcha tarafdan o’taberasiz, Tushing, bo’yidan! Huv, aylanaqolay…

QUMRI. (Tovushi). SHarofatxon-ey, qo’ymaysiz shekillik, Ana u o’gay o’lgurimga nima deyman endi.

SHAROFAT. Gunohizni o’zim tilab olarman. Tushing, jon o’rtoq!

QUMRI. Qanday tushaman, bu duvolingizdan, Biror yerim mayib bo’lib qolmasin teg’in: er olmay qo’yadi…

SHAROFAT. Ie… Nariroqdan, tandurning ustidan tushing, aylanay. Bora qoling, ha… (O’zicha). Odam hammasi bir jil bo’labermas ekan-da. Bu qizning boshida ham tog’-tog’ g’am bor, hech parvo qilmaydi. Kupgani kulgan, o’ynag’ani o’ynag’an!..

QUMRI. (Ko’lida qoshiqdon savat, ichida bir pichoq, qo’shiq aytib chiqib ketadi).

Ko’kkina kaptar bo’lib

Uchsam qanotimni suzib.

Tog’u toshlarda yo’qolsam

Ro’zg’orimni buzib…

(So’z). Ha, oyim qiz qalaysiz?

Yuragim choydishmidi,

CHoyni solib qaynatdilar

Avji uyquda edim

G’amni solib uyg’otdilar


(So’z), – deb o’tiribsizmi? Aylanib ketay sizdan (O’tiradi, biroz jim).

SHAROFAT. Xuddi mening ko’nglimdagi gaplarni topib aytdingiz. SHunday kulfatlar tushayotibdirki, yurak-bag’rim laxta-laxta qon bo’lib ketgan edi.

QUMRI. Onangiz o’gay emas-ku? SHukr qiling!

SHAROFAT. O’gay ona har qancha yomonliq qilsa, bitta o’zingizga qiladi. Yolgiz boshingiz bo’lg’ondan keyin tortib ketaberasiz. Kuchdoshning ishi qursin, kundoshning!

QUMRI. Erga tegmay turib nimaga kundoshdan gapirasiz?

SHAROFAT. Onamning kundoshini aytaman: bir kun tinch qo’ymaydi, kavlab yotqon… qavlab yotqon… Onam ikkalamiz nax o’lib bo’ldik. Bir kun Jo’ra jinni bilan o’girganimda bo’lg’on gaplarni-ku eshitib edingiz, undan keyich Adhamjonni aytgali maktabxonag’a o’tsam, Jahonning katta o’g’li Abdijalil paylab turibdi. Muallim afandi bilan qolib, tutib oldi. O’shandan beri otam “muallimni haydayman” deb yurgan emish. SHunday qilib, ham ona dardi, ham o’z darding, ham birovlarning dardini tortasan kishi…

QUMRI. A… O’sha muvollim afandingiz ham g’alati kishi ekan… O’sha yashshamag’urlarni o’chashtirib nima qiladi? Onangiz rozi bo’lg’ondan keyin sekin kishi bilmas bitishib, naroroq go’rga borib nikoh o’qitib olmaydimi? Kim aytadi uni “zakun” biladi, deb. Bo’shashmay qolsin! U “zakun” topib bo’lg’uncha, ana u Azimjon qimorboz otangiz bilan bitishib, so’zini olib ketadi…

SHAROFAT. Bu turg’on gap. Men ham shuni yo’lab kuyaman-da! Ota degan onadan kuchli emasmi? U muallim o’lgur munday bir g’am yesa-chi? Yo’q, yo’q, yo’q! Bahuzur dehqonlarning arizalarini eshitib yuribdir… (Jim), Voy, Qumrixon, o’sha beparvoga bermasa bermasin, mayli, Azimjon qimorbozning haligi katta to’ng’izig’a ikki xotin ustiga beraman deganiga chiday olmayman…

QUMRI. U o’lgur po’rdok, ham ichki xotin ustiga tag’in olmasa nima edi, Yer yutgur!

SHAROFAT. Ikki xotindan bola yo’q emish…

QUMRI. Ikkitasidan bo’lmag’om bola, sizdan bo’lar emishmi, aylanay? O’zidan ko’rsin, yashshamagur! Ayb o’zida…

SHAROFAT. Unaqa deb bo’ladimi, qalay? Hamma ayb xotinda!.. Ayb erkakda desangiz kim ishonadi, aylanay?

QUMRI. (Hazin, sekin), O’zim…

SHAROFAT. (Xazin, sekin). Siz yolg’izsiz…

QUMRI. (Hazin, sekin). Biz hammamiz yolg’iz… (Biroz jim).

SHAROFAT. (Sekin ming’iydi, kashta tika boshlaydi).

Bog’boning o’lmasin,

Boqg’an maningdek bo’lmasin,

Talada qo’y haydagan

CHo’pon manday bo’lmasin…

QUMRI. (Hazin). Hali sizning hech gapdan xabaringiz yo’q…

SHAROFAT. (Darrov kashtani tashlaydi, tusi jiddiylashadi).

QUMRI. Men ham kundosh ustiga ketib yotibman…

SHAROFAT. (Ko’rqqan). Gapirmang?! (Tikiladi).

QUMRI. Sizniki hali, ehtimol… Sizning hali picha umidingiz bor… Meniki bo’lib qoyag’on…

SHAROFAT. (Yana o’shanday). Qanday!? (Tikiladi).

QUMRI. (Xazin). O’gay o’zi aytdi… O’shaning qarindoshi… Elliklarg’a 6orib qolg’on… Uning bitta xotini bor ekan, uch oydan beri kasal yotqon emish… Ko’li uputi yo’q, deydi…

SHAROFAT. Voy yer yutsin, dori-darmonni qilsa, bo’lmas ekanmi? Xotin kasal bo’lsa, er uylana bersin emishmi?

QUMRI. Dori-darmon qayoqda: uch oydan beri o’zi bir martagina ahvolini so’ramabdir. “Kasalga tobim yo’q”, deydimish…

SHAROFAT. Voy o’la kolsin!

KUMRI. O’sha xotinning bir qarindoshi kelib qarab yotqon emish… O’zi tag’in uch marta haj qilg’on emish… SHunga otam o’lgur ham unab o’tiribdir… O’gay o’lgur indamasdan bordi-keldisini qilayotibdi…

SHAROFAT. Men sizga hasrat aytmay o’lay…

QUMRI. Men qiynalib yurib-yurib oxiri o’zimni ko’ndirdim. Mayli, peshonamg’a yozilg’onini ko’raman. Hech qaerda umidim bo’lmag’ondan keyin kuyub nima qildim?.. Sizning oz bo’lsa ham umidingiz bor… (Endi bir oz hazil aralash g’ayrat bilan). O’sha muvallim afandingizga to’g’ri borib ayting, sizni olib qochsin! Tezraq olib qochib,o’g’irliqcha nikoh qildirsin. Otangiz ham, Jahonbu ham, Azimjon go’shna ham, To’xtasin bo’rdoq ham bormoqlarini tishlab qolishaberadi… Men ham hech nima demasdan o’sha hoji o’lgurga tegaman, to’yg’acha ana u bechora kundoshim ham o’lib ketdi… U bechora bevafo erdanu yomon dunyodan qutilar, men bo’lsam, kundoshdan qutilib qolarman…undan keyin, xudo bersa, nasibga yarasha, orzu-havasini ham ko’rib qolurman. Tug’masam, tez qarimasman, aylanay. Hoji o’zi bezurriyot narsa ekan, xudoga shukr…

SHAROFAT. (Biroz yuzi ochiladi). To’rt og’iz gap bilan ko’nglimni ancha ko’tardingiz, aylanay… Qanaqa? narsasiz?.. (Kuchoqlab oladi, peshonasidan o’ladi).

KUMRI. Ishqilib, siz fursatni o’tkazmang… Muvallim afandingizni xilvat qilib xo’p gapiring,

SHAROFAT. Tunov kuni Adhamjonni izlab borganimda juda qulay kelib edi, xo’p gapirdim. Quloq solmasa qandoq qilay? Men bog’dan kelsam, u tog’dan tushadi, aylanay Bizni tuzuk-kuruq gaplashgali ham qo’ymadilar: dam u keladi, dam bu keladi. Biri ariza desa, biri xat deydi, biri dori deydi, boshlarimni gangitib ketdi…

QUMRI. O’zi amaldor emas-ku, muncha? Bizning qishloq odamlari ham bekorchini topsalar, uyalab oladilar…

SHAROFAT. Bitta chol “O’g’limg’a ot ko’yib berasan», deb kelibdir…

QUMRI. Yonidan yel o’tmagan-da… Vaqti yo’q deb qo’yib bersangiz, qiyomatgacha keta beradi… Qattig’roq ayting, “tezroq ilojini qilmasang, mayli, o’sha Azimjon po’rdoqqa tegaman”, deng. Qarab o’tirasizmi? Qo’ymang, aylanay, unating… Mahkam etagiga yopishing! “Zakunchi bo’lmay o’l” deng, “Meni deng, borib deng To’xtasin bordonning qo’ynidan ajratib kelasizmi?” deng. Uyatmang, bitta-yarimta o’pish ham berib qo’ying… Bo’nak olib tursin… Mazasiga tushunadi…

SHAROFAT. (O’ylab). O’laqoling… O’zingiz o’ptiring!

QUMRI. Men sizning o’rningizda bo’lsam, allaqachonlar tegib olardim. Bo’nak bersangiz, qarzdor qilsangiz… (Qattik cho’zib). Aylanuy!.. (Quchoqlab o’padi). O’rguluy… (Eshikdan Rustam aka kirib keladi).

Majlis: 2

SHarofat, Qumrm, Rustam aka

RUSTAM AKA. (Qovog’i soliq, “qoaog’idan qor yog’adi”, qo’pol, to’ng ovoz, kalta-kulta, uzuk, jumlalar, so’zlar, yolg’iz savoldan iborat). SHarofat!

QUMRI (Aylanib). Voy! Otangiz kelib qoldi, aylanay, men endi chiqay.

SHAROFAT. (Qo’rquv aralash, lekin ochiq yuz bilan muloyim va tez harakat qilib). Keling, ota! (Qumriga). SHoshmay turing, o’zim darchagacha birga olib chiqib qo’yaman (Qumri daraxt orqasiga berkinadi).

RUSTAM AKA. 0nang qani, onang?

SHAROFAT. O’tiring, ota!

RUSTAM AKA. Onang qani, deyman, senga?..

SHAROFAT. Erta bilan “ishga” deb ketgandan beri kelgani yo’q. Bilmadim… O’tiring, ota, choy-poy damlay (Yura boshlaydi).

RUSTAM AKA. U machag’aringni erta bilandan beri istayman, yo’q! Qaysi go’rlarda vag’za aytib yurar ekan?..

SHAROFAT. Ota… Jindak o’tiring, choy damlay, kelib qolar…

RUSTAM AKA. CHoying boshingni yesin!,. Sening menday otang yo’q, mening senday qizim yo’q! (CHiqa boshlaydi. Og’ir, o’ychan bir-ikki qadam bosqoch, qaytadi). Hoy, senga aytaman! Azimjon boyning o’g’liga tegmayman deya ko’rma! SHular-bular degunday bo’lsang, yerlarning tagiga kirgizib yuboraman! Zokirjon sendan so’raydi – “Kimni xohlaysan?”, deydi, o’shanda “Azimjon akaning o’g’li To’xtasinni!” deysan! Eshitdingmi? Bo’lmasa ko’zingning oldida onangni so’yib tashlayman! Undan keyin o’zingni To’xtasin boyvachchaga emas, Jo’ra bangiga beraman! Allaqanday muvollimlar bilan duvol oshib gapdashaturg’on qiz bangilarga yarashadi, bangilarga!.. Bildingmi?.. Ha!.. (SHarofat rangi o’chib qotib qoladi. Rustam aka boyog’iday bosib chiqadi. So’ngra SHarofat sekin, bo’shashib o’tirib qoladi).

Majlis: 3

SHarofat, Qumri

QUMRI. (CHiqib kelib SHarofatni yo’laydi). SHarofatxon, xoy SHarofatxon! Ko’zingizni oching, aylanay! Xafa bo’lmang, ota degan shunchalik qiladi, SHarofatxon! SHarofatxon! SHarofatxon, deyman! Voy o’laqolay (Yugurib borib suv olib keladi). SHarofatxon, suv iching, aylanay! (Ichiradi). Ko’zingizni oching (SHarofatxon suvdan biroz ichgach, ko’zini ochadi). Odamni mnaqa qo’rqitmang, jonim qoqay…

SHAROFAT. (Zaif). Onam kelmadimi? (U yoq-bu yoqqa qaraydi).

QUMRI. Yo’q, endi kelib qolar. Turing, aylanay, boyog’iday qo’shig’ingizni aytib, kashtangizni tikib o’tirabering. Ota degan shunchalik qiladi-da. Siz “xo’p, ota” deng-da, bilib ishingizni qiling. Bir ish qilib alvatta-alvatta tezlik bilan haligi “zakunchi”ni ko’ring mahkam etagiga soling, tezlik bilan sizni olib ketsin.

SHAROFAT. Endi bu safar chinakamiga gaplasholshamu ishni bir yoqlik qilaman… Bo’lmasa sho’rim quriyturg’ong’a o’xshaydi. Otam gapni tamom qilib qo’ydi…

QUMRI. SHunday qiling. aylanay. Men endi ko’k tergali chiqay. Tag’in o’gay o’lgurim qo’g’irib qolmasin…

SHAROFAT. (O’rnidan turadi). Yuring bo’lmasa, darchagacha uzatib kelay.

QUMRI. (Keskin). Qo’ying, SHarofatxon, ovora 6o’lmang!

SHAROFAT. Yo’q, darchani zanjirlagach kelaman (CHiqadilar. Orqadan Qumrining “Pishiq bo’ling, puxta bo’ling! Ana u bo’shang muvollimingizni to’g’rilang!” degan ovozlori keladi. Sahna biroz bo’sh qolg’och, bo’shashib Jo’ra kirib keladi. Ko’zi kir bir chorsi bilan bog’lang’on. Jo’ra hafaliq bilan turadi. Baьzida bog’long’on ko’zining tegrasini chimirib, baьzan ko’li bilan ushlab, silab-siypab og’rig’onini bildirib turadi. Kelib indamasdan supag’a o’tiradi va boshini quyi soladi. U yoqdan hazin, ming’illab, ko’shiqsiz SHarofat keladi).

Majlis: 4

SHarofat, Jo’ra

SHAROFAT. (Kulimsirab). Kel, Jo’ra, senmisan? Hushxabarni eshitib darrov yetib kelibsan-da? (Jo’ra mim), Nimaga indamaysan? Voy, ko’zingni ham, bog’lab olibsanmi? Nima bo’ldi?

JO’RA. (Hazin). Nima bo’lardi? Otangiz…

SHAROFAT. Ha, otam o’lsin! Tag’in nima qildi?

JO’RA. Bir joyda bazmda edik. Otangiz mastlik bilan betimga aroq to’la piyolani irg’itdi: ham piyola zaho qildi, ham “spirt” degan dori…

SHAROFAT. Voy, bazmlari boshini yesin otamning, yomon zarar qildimi?

JO’RA. Ha, albatta, bir ko’zdan ajraldim-da endi.

SHAROFAT. SHu topdag’ina otam kirib onamni so’radi. “Hozir kelib qolar, o’tiring, choy iching” desam, menga ham bo’lmag’on gaplarni aytdi. Ranglarim oppoq paxtaday oqarib, yerga o’tirib qolib edim, ana u Qumrixon degan qiz yo’lab-netib zo’rg’a tikladi. Fe’li o’chsin, ilohim!

JO’RA. Ming qilsa ham sizning otangiz, sizga og’ir kelar. SHunday bo’lsa ham, gapning rostini aytganda, otangizni bir urib o’ldirib qo’yg’ol kishi savobga qoladi…

SHAROFAT. U gaping ham ros. (Kulimsirab). Nimalar deydi degin? “Zokirjon kimga tegishni xohlaysan, deb so’raydi. O’shanda Azimjon akaning o’g’li To’xtasin degin”, dedi. “Bo’lmasa,—dedi, onangni o’ldirib, o’zingni Jo’ra jinniga beraman”, dedi… SHuni senga suyunchilamoqchi edim.

JO’RA. Hali ham berib yotirlar-ku! Mana, boshlab birinchi ko’zimga tegdi… (Jim). O’zingiz ham xafa bo’lib o’tirg’on ekansiz, undan xabarim yo’q, men ham sovuq xabar topib kelibman.

SHAROFAT. Voy, Jo’ra aka-ey, tag’in nima balo bo’ldi? Onam ham shu vaqtgacha kelmaydi…

JO’RA. Onaning tezroq kelsa, yaxshi bo’lar edi, unga aytib qo’yib ketar edim. Bir joyg’a boraturg’onman.

SHAROFAT. Tag’in qanday qazo boshimga tikildi ekan? Menga aytmaysanmi?

JO’RA. Nega aytmayin, aytaman (Biroz jim). Yana bitta dushman orttirdi. Lekin katta dushman…

SHAROFAT. Voy, men tug’ilmay o’lay, onam hukumat ishiga aralashmay o’lsin! Nima balo hamma bizga dushman bo’lib qoldi, munisi kim ekan tag’in?

JO’RA. Zokirjon.

SHAROFAT. Voy o’lay! Zokirjon? Haligi otam aytgan Zokirjonmi? U o’lgur muvallim afandi bilan jon-jon do’st emasmidi?..

JO’RA. (Biroz kulibroq), O’zingizning muvollim afandingiz… Ha, uning bilan Jo’ra qalin edi-yu, narigilar qo’yishmadi-da, yo’ldan urishdi…

SHAROFAT. Kimlar? Azimjon gushnalarmi?

JO’RA. Ha, o’shalar. Boshida otangiz. Yaqinda otangiz, Azimjon gushna, uning qamma itvachchalari – Zokirjonni olishib ovg’a chiqishdi. SHundan beri Zokirjonning gaplari boshqacha bo’lib qoldi. Azimjon akaga “Muallimni tezda haydataman, qizni albatta sizga kelin qilib olib beraman”, debdir. Hozir otangizga yo’l-yo’riq ko’rsatib, ishga solib yotibdir. Oningizni “Qo’shchi”dan haydatish to’g’risida ham allanima balolarni ko’zib yuribdi.

SHAROFAT. Endi umidlar uzildi, desang-chi. Muvallim afandi yolg’iz qolibdir-da?

JO’RA. Zokirjon yomon dushman, burun necha yil mingboshiga mirzalik qilgan. U “yo’l-yo’riq”ni yaxshi biladi. Bir ishga kirishsa, qo’ymaydi. Erta-indin muvollimni haydaydilar, qo’ymaydilar (Ikkovi ham jim)

SHAROFAT. Jo’ra aka! (Qo’lini yelkasiga tashlaydi]. Jo’ra aka… Nima deyman endi… Bir gapim bor edi… Yuq, qo’ying… Bo’lmayturg’onga o’xshaydi.

JO’RA. Gapiring, gaperabering, meni bilasiz. Men siz uchun, onangiz uchun jonimni ham ayamayman. Undan keyin muvollim afandi “O’zingni o’tqa tashla” desa ham, tashlay beraman.

SHAROFAT. Qanday qilib aytaman… Nima deyman… (Biroz jim). Haligi, nima… Muvallim afandiga ayting, meni olib qochsin, shaharga tushib o’g’irliqcha nikoh o’qitib olayliq. Ammo keyin bu gapni onam ham bilmasin…

JO’RA. Onangiz ham g’alati xotin, unga bu gapni aytib bo’lmaydi.

SHAROFAT. U bilsza unamay qo’yadi.

JO’RA. Lekin muvallim afandiga bu maslahatni ma’qul qilib bo’larmikan? U onangiz bilan bir yo’lda. Ular ochiqdan-ochiq olishib borib, otangnzni hukumatdan yiqitmoqchi bo’ladilar. Ikkalasi ham o’lgudak o’jar: lekin o’zlari ham tek yotqonlari yo’k… Ish bo’layotibdir.

SHAROFAT. Ie, ular Azimjon go’shna bilan o’ynashadilarmi? Butun qishloq undan qo’rqadi. Tag’in ular tarafda hukumatning kattasi bo’lg’on otam o’lgur bor. Qo’ying, Jo’ra aka, unday deb meni badtar ezmang. Siz gapirsangiz muvallimni ko’ndira olasiz. Yana bir aytib ko’ring, jon aka…

JO’RA. Xo’p, unga o’zingizdan boshqa odam ta’sir qilolmaydi. Bu to’g’rida o’zingiz gaplashsangiz, bir ish chiqadi. Dadil bo’ling, qattiq gapiring.

SHAROFAT. (Biroz jim qolib o’tirg’och, og’ir) Tevara-atrofim shundoqqina Jahonbuning oyoqlari bilan to’la, qanday qilib ko’rishamizu gaplashamiz.

JO’RA (Kulib, tez). Uni yo’lini men topqanman. Siz unasangiz bo’ldi… Lekin qo’rqmang… Mundan, albatta bir ish chiqadi. Bu maslahatga muvollimni ham ko’ndiramiz.

SHAROFAT. (O’ychan). Boshqa chorasi yo’q bo’lsa, na chora. Unga ham unayman-da. (Jo’ra og’ir). Ayting,

JO’RA. Bitta qalpoq, bir juft yaxshi etik, bir qator forma-kiyim, bitta ko’zoynak, bir quti “popirus” olib kelamai. Kiyimlarni kiyasiz, ko’zoynakni taqasiz, popirusni tutatasiz-da, xuptondan keyin ijroqum oldig’a chiqib, tong otguncha muvallim bilan gaplashasiz, hech kim tanimaydi, hech kim bilmaydi…

SHAROFAT. (Kuladi). Voy o’laqolay! Bo’larmidi?

JURA. Bo’ladi. Dadil bo’ling. Bo’shashsangiz Azimjon akaga kelin bo’lishga ko’ngan bo’lasiz. O’ylab o’tirmay xo’p deng. SHu kechaning o’zidayoq ishni to’g’rilaymiz. Men hozir usti-bosh keltirgali, undan keyin muvollim bilan gaplashgali ketaman! (SHarofat jim). Bo’ling tezroq.

SHAROFAT. (O’yda). Onamdan qanday so’rayman?

JO’RA. (Kuladi), Onasini aldayolmag’on qiz qiz emas! Nima ko’p, qo’ni-qo’shni ko’p. Nima ko’p, o’rtoq ko’p… Bo’ling tezroq, kech kirdi.

SHAROFAT. (Jilmayadi). Xo’p… (Yana birdan). Voy, qanday bo’ladi?

JO’RA. (Irg’ib o’rnidan turadi-da keta boshlaydi). Juda yaxshi bo’ldi-da!!! Damingizni chiqarmang!.. (Ketadi. SHarofat yarim tiz cho’kkan, kulimsirab, jilmayib bir nuqtaga tikilib qoladi. Birozdan so’ng yana yugurib Jo’ra kiradi).

SHAROFAT. (CHo’chib ketib). Ha, yana nima?

JO’RA. U… tunov kuni un tilagan xotin yana shu yoqqa qarab kelayotibdi. U onangizning kundoshi ekan-ku. O’tgan safar ham yomon qasd bilan kelgan ekan-ku!

SHAROFAT. Ha, ha. Irim ko’mgani kirgan ekan. Yana o’shanga kelayotgandir. Voy, yashshamagur-ey1

JO’RA. Bo’lmasa o’tgan safar qilolmay qolg’on ekan. SHoshmang, bu safar tutamizu qiziq qilamiz. Darrov o’zingiz ham berkining, men ham berkinaman. Tez boring, siz uyga kirib turing. CHaqirsa ovoz bermang. Men shu yerga berkinaman. Irim ko’mayotganda chiqib tutasiz, chaqirasiz, men ham boraman (SHarofat turib uyga kiradi, bu supaning orqasiga berkinadi).



JAHONBU. (Xuddi o’tgan safargi qiyofag bilan kiradi. To’g’ri ayvon oldig’a kelib o’tiradi. Uni bor ro’molchasini yoyadi. Jim, indamay o’tirib ancha kutadi. So’ngra uyoq- buyoqka qaraydi. Jahlli tovushi bilan). Hech kim yo’q? Hoy, uy egalari! Xayr tilab keldik: xudoyi oshig’a un tilab keldik! (Jim). Hech kim bormi? (Qattiqroq). Hoy, yaxshilar! Aynalaylar! (Jim). Hech kim yo’qqa o’xshaydi. Ko’ni-qo’shninikiga iqib ketishdimi ekan? Ye uyda uxshalib yotibdilarmi? (Qattiq). Hoy, uy egalari bormi? (O’rnidan turib uyoq-buyoqni qaraydi. Bynini cho’zib uyga qaraydi). Yo’q, hech kim yo’q. Bu safar mehnatim bekor ketmayturg’onga o’xshaydi. Yo bemolol! (Yonidan pichoq olib yerni qavlay boshlaydi. Bir qo’lida bir tumorcha). Ilohim, yostig’i qurib ketsin bu kofirlarning!.. (SHarofat sekin poylab chiqadi-da birdan tashlanib mahkam tumorli qo’lidan ushlaydi. Pichog’i bir qo’lidan tushib ketadi).

SHAROFAT. (Baqiradi). Tutdim! Tutdim! Dushmanni tutdim, dod, kelaberinglar!

JO’RA. Ha, nima gap, nima gap? (Yugurib keladi. Jo’ra pichoq bilan tumorni olg’och, SHarofat xotinning paranjisini ko’tarib yuboradi Jahonbu rangi o’chgan, qaltiraydi. Hech narsa deyolmaydi. SHovqinni eshitib qo’ni-qo’shni chiqadi).

OVOZLAR. Voy, nima gap?

« – Nima bo’ldi? « – Voy, Jahonbu-ku! « – Voy, nima qildinglar> JO’RA. Bu xotin Jahonbu, Rustam akaning xotinlari. Kundoshnikiga yomon irim ko’mgali kelgan ekan. Qo’lga tushdi!

SHAROFAT. Ilohim, iriming o’zingga qaytsin!

OVOZLAR. Voy tavba!

« – Uyat emasmi? « – O’lgani yaxshi! OVOZLAR. Irim boshingni yesin!

« – SHuncha qilg’onlari yetmag’on ekanmi? « – Tavba! « – Qaltirashini! « – Rangi ham o’chib ketibdi. « – Ajab bo’lsin! JO’RA. Bas endi, xolalar. Muni eson-omon uyiga jo’nataylik!

OVOZLAR. Muni hukumatga tutib beringlar!

« – Muni qozixonaga olib boringlar! « – Rahima xola o’zi beradi adabini! « – Bechora Rahima xola nimalarni ko’rmadi! « – Hoy, sen o’zing hukumatning «menisasi», qamab qo’ysang bo’lmaydimi? « – Yo’q, amaldorning suygulik qaynonasini qamab bo’ladimi, qalay? – « – Amaldor, fuqoro — hammasi bir! Bu hukumat unaqa qilib ajrat- maydi!

JO’RA. Xolalar! Zakundan tashqari ish qilib bo’lmaydi. Biz “menisa” bo’lsak ham zakun bo’yicha qamay olmaymiz. Muni qamayturg’on Rustam akamning o’zlari!

OVOZLAR. Voy sho’rim qursin!

« – Ana bo’lg’on ekan! « – Qiyomatgacha qolmas ekan bo’lmasa! JO’RA. Siz shoshmang. Men zakunga to’g’rilay: chimmatini olib qolamiz! Qo’lini orqasiga bog’laymiz. Paranjisini yopintiramiz! Bo’ynig’a ro’molchasini uni bilan osamiz! Tumorchani Rahima xolamg’a deb saqlaymiz. (SHarofatga beradi). Pichoqni, yaxshi, toza pichoq ekan — omonat saqlaymiz. (Yoniga soladi). SHu kepata bilan uyiga haydaymiz (SHu ishlarning hammasini bitta-bitta qiladi. Bu orada SHarofat voqeani aytib berib turg’on bo’ladi). Mana, tayyor! Qani, haydang!.. (Itaradi. Jahonbu indamay yurib chiqa boshlaydi. Orqasida qiyqirg’on olamon. Endi ko’zdan yiroqlag’onda boshini va bir qo’lini ro’mollar bilan bog’lag’on, rangi o’chg’on Rahima hola kirib keladi. Bog’lang’on ro’mollar qip-qizil qon bilan ho’llanmishdir. Ikkala kundosh bir-birini ko’rgach, olamonning kuchli hayrat-lollig’i ostida ortga chekinadilar-da, so’ngra birdan Rahima xola Jo’raning quchog’iga yiqiladi. Hamma hayron, lol, jim. Jahonbu sekin chiqib ketadi, hech kim unga qaramaydi).




(Parda tushadi)

IKKINCHI KO’RINISH

OYDIN KECHALARDA

Jamoat ijroqo’mi oldida ko’cha. To’g’ridagi duvolning tagiga “znak” kabi bir narsa qo’yilg’on. Ijroqo’m binosiga duvolg’a yoqilgon chirog’dan xira yorug’ tushadi. Lekin oploq oydinda uning ahamiyati ham qolmaydi. Xuftonda, undan keyingi vaqtlar. Bir to’da qishloq yigitlari qator chizilishib so’zlashib va qo’shiq aytishib o’tiradilar.

Majlis: 1

Yigitlar. (Rahmat, Turdali, Sodiq Yunis, O’ktam, bir yosh yigit va boshqalar)

Bo’ta. (Bir chekkada o’zi yolg’iz. mushayib o’tirib sekin qo’shiq aytadi).

(“Do’st menga ishonma” kuyiga)


Uzun-uzun arg’amchi

Erda qolsa maylimi

Qora ko’zli yorimni-ey

Boshqa olsa maylimi? (ey do’st)

Do’st unga ishonmay, doda

O’gay hafa bo’ladi…

Ushlama bilagidan-ey, doda

Hojim hafa bo’ladi…


Qator-qator tuyalar

Oshar davon ustidvn.

Kimga borib arz qilay (ey)

Puli ko’pning dastidan? (Ey do’st!)


Do’stingga ishonma-ey, doda

Ugay hafa bo’ladi

Ushlama bilagidan, ey doda, »

Boboy xafa bo’ladi…


SODIQ. Hoy, Bo’ta! Nima bo’ldi senga? SHuncha gap bo’layotibdir, aralashmasdan o’zing yolg’iz mushayib o’tiribsan? Nima balo, boshingga g’am tushdimi?

YuNIS. Ha, nima bo’ldi, sen ham muallimga o’xshab birorta “qo’l yetmas”ga ilinib qoldingmi?

O’KTAM. Hoy, gapirsang-chi! Yigitchilikda rasmi shunaqa gaplar bo’ladi.

OVOZLAR. Ha, gapir!

« – G apiraber! « – Bizga gapirmay, kimga gapirar eding? TURDALI. Yigitni yigit qo’llamasa kim qo’llaydi? Ayt!

OVOZLAR. (Birdan).

« – Hay, ayt! (O’ta jim). RAHMAT. Qo’yinglar, bola bechorani ko’p qiynamanglar. Aytgisi kelmagandan keyin aytib bo’lmayturg’on gapdir. Har kim, har kimga har narsani aytaberadimi?

O’KTAM. (Ermak qilib). Ha, rosda. Qo’yinglar, bir bechoraning o’z ko’lankasidan ham yashirib yurgan sirini dunyoga yoyasizlarmi? Yaxshi emas! Aytaber qo’shig’ingni, Bo’tako’z, ha! (Uni duray boshlaydi).

Hech bandaning boshig’a

Munday dardni solmasin.

Ko’nglimdagi dodimni

Ko’zim bilib qolmasin…

(Kuladilar)

BO’TA. Juda bo’lmag’ur ekansizlar-da. Sizlarning dastingizdan odam jiyadak qo’shiq aytib ko’nglini yozolmaydimi? Dardi bor odam qo’shiq aytadi-yu, boshqa aytmaydimi?

O’KTAM, (Yana boyagiday). SHuni aytgin-a, Bo’tako’z-a. Dardi bor kishi “ha” deb ashula qila berarmidi? Mana muvalim afandi. SHuncha katta dardi bor turib bir matta ashula aytadimi?

YuNIS. Ey, u kishi bayt yozadi, bayt…

TURDALI. Rahima xolaning sandiqlari xat bilan, bayt bilan to’lib ketgan emish…

O’KTAM. Bo’tako’z, sen ham bayt yoz. Samonxonasi to’lsin… (Kuladilar).

BO’TA. Sizlarning dastingizdan qishloq ko’chalarida ham yurolmayturg’on bo’lamiz shekillik (O’rnidan turadi). Ashulani uyimizda aytsak ham bo’laveradi.

RAHMAT. Bo’ta, bu nima qilganing, uka?. SHeriklaring bir tegildi-qo’ydi-da, shunga ham shuncha zardami?

O’KTAM. Sirkasi suv ko’tarmay qolibdir.

OVOZLAR. Bolasi tushgur nozik bo’lib qolibdi!

« – Yesh turib muncha tajanglikni kim qo’ydi? «–Ha, bola bechora-ya! BO’TA. (Naridan). Sizlarning bu sassiq gaplaring odamni qishloqda ham qo’ymaydi shekillik. (Ketadi).

MAJLIS: 2

OVOZLAR. Obbo!

« – Qashqarg’a ket! « – Qishloq tor bo’lsa, shaharga tush. Tor ko’chalarda yayraysan! « – Olibsotarlik qilasan! « – Aitambilga tushusan! O’KTAM. O… Qurg’urning zardasi-ey! Munga nima bo’ldi, o’rtoqlar!

SODIK. Bir balo bulg’onga o’xshaydi.

BIR YoSH YIGIT. Uning dardini men bilaman!

O’KTAM. Nimaga bo’lmasam, boyadan beri og’zinggi loy choplab o’tiribsan?

YoSH YIGIT. Uning oldida gdpirgani tortindim.

ObOZLAR Gapir endi!

OBOZLAR. (Hammaniki). Gapir!

YoSH YIGIT. Bu yigit Qumrini yaxshi ko’radi.

SODIQ. Qaysi Qumrini?

YoSH YIGIT. Qumri jikkak bor-ku? To’xfa buvining o’gay qizi? Rustam cho’loqning qizi?

OVOZLAR. Ha, ha! (bir nechtasi birdan).

« – Bo’ldi, bo’ldi. « – Qaqajon Kumri… « – Qizlarning shaytoni.,. « – Yaxshi ketgan ekan, xo’sh? YoSH YIGIT. Endi bu sho’rlik bir chorakar bola, qaysi davlati bilan qizni oladi? O’zi bir umr birovning yerini ekib, bir umr yeri bordan qarzdor bo’lib o’tib ketsa?

RAHMAT. Unday deb o’tira bergan bilan bo’larmidi? Harakat qilib ko’rsa bo’lar edi-da. “CHorakarmiz, uylangali pulimiz yo’q”, deb o’tirabersak, bizning qaysi birimiz uylana olurdik? Ishqilib, uy-joyni sotib, qarzdor-afgor bo’lsak ham uylanib oldik.

YoSH YIGIT. Harakat qilib nima qilar edingiz? Rustam cho’loqqa ayttirgan ekan, “o’z tengi, men yo’q demayman. Gap ko’prak onasida”, debdir.

O’KTAM. Onasi o’sha To’hfa g’armi? Bo’lg’on ekan toza!..

YoSH YIGIT. Ana endi o’sha To’hfa g’ar unamay qo’yibdir! U o’zi qizni bitta xotin ustiga o’zining amakisiga bermoqchi bo’libdir.

SODIQ. Amakisi kim ekan?

YoSH YIGIT. Bo’taning o’z xo’jayini…

OVOZLAR. Ie, ana u Hoji bobomi?

« –Bir oyog’i yerda, bir oyog’i go’rda-ku? « – Esizgina qiz! « – SHunday sho’x qiz-a? O’KTAM. Avji o’ynayturg’on vaqtida shunday o’ynoqi qiz bir bog’ poxolg’a tegar ekan- da. Attang, attang!..

YoSH YIGIT. Qiz bo’lsa, avval yig’lab-yig’lab, endi unab qolibdir. ,

SODIQ. Unagani ham durust, Hoji bobo ko’p yashamaydi.

O’KTAM. Unday bo’lsa, Bo’ta ham xafa bo’lmay kuta tursin (Hamma jim), Lekin, o’rtoqlar, SHarofatxong’a qiyin! To’xtasin bo’rdoq hali-beri o’lmaydi ham, qarimaydi ham!

SODIQ. To’xtasin bo’rdoq otasining haromdan topgan davlatini katta-katta yeb kundan-kun yasharib ketayotibdi.

RAHMAT. To’xtasin bordon hali SHarofatxonlardan nechtasini qaritadi, SHo’rliq qiz!

SODIQ. Bu iqlimda bunday yaxshi qiz yo’q…

YuNIS. Muaallim afandi hech narsa qilolmadi-da, a?

RAHMAT. Ie, ko’y o’sha muvallimni! U nima o’zi, domlami, kuyovmi yo bepul zakunchi- mi? Aralashmagan ishi yo’q, azbaroyi xudo)

SODIQ. U unday bo’lganga yarasha Rahima xola durust bo’lsaydi, degin. O’zi amaldor bo’lib turib ham eriga kuchi yetmaydi.

O’KTAM. Ie, “Qo’shchi” soyuziga noib bo’lish ham amal bo’libdimi? Dehqong’a aytishdan boshqa hunari yo’q.

YoSH YIGIT. Bo’lg’ong’a yarasha mingboshi yo amin bo’lsin-da!

YuNIS. Ijroqo’m degin. Ijroqo’m! Rustam aka ijroqo’m bo’lg’ani uchun Rahima xolag’a zo’r keldi-da…

O’KTAM. Ie, o’sha ijroqo’ming ham mening nazarimda bir pul. O’zlari “qum” deb qo’yibdir-ku, qumning ustiga oyoq qo’yib bo’larmishmi? Bo’lg’ong’a yarasha Oxunboboev bo’lish kerak! Ana unda qumlarni ham gullatib yuborasan!..

RAHMAT. Qo’y, o’rtoq. Oxunboboev bo’lish ham qiyin. SHuncha katta yurtni eplash osonmi? Sizu biz qornimiz to’ysa, shukr qilib, xursand bo’lib yuraberamiz. U bechora Oxunboboev har qancha qorni to’ysa ham, ko’ngli tinchimaydi. Bir mahkumga amaldor bo’lish qanday qiyin-u, necha mahkumni sarishta qilish hazilakammi?

YuNIS. U gaping-ku to’g’ri-ya. Lekin bizning ijroqumlarimiz ham chakki emas. Bu mahkumning ixtiyori o’shalarning qo’lida. Mana, bu kun SHarofatning to’g’risida urishib turib Rustam akam Rahima xolaning boshlarini yorib, qo’llarini sindirib yuboribdi. Ko’rarsan, unga hech narsa bo’lmaydi. Bizday hashakilar shu ishni qilsak, bormi, to’g’ri Sibirga jo’nab kolamiz.

RAHMAT. Yo’q, o’rtoq, bu hukumat o’zining amaldorlarini ham hech ayamaydi. Qanchakattalarni o’zi yubordi! Abdullajon minboshini bilasanmi, kim edi u? “Bu hukumatning xudosi menman”, der edi, bachchag’ar! O’shani ham “poq” etib otib yubordi.

TURDI. Ha, nimasi ko’p-sylovi ko’p hukumat ekan. Qo’ymasa qo’ymasin, albatta.

YuNIS. Sekinroq gapir, birov kelayotibdir (Qaraydi).

SODIQ. Kim bo’ldi? Ikni kishi-ku!

YoSH YIGIT. (Turib qarab). bittasi muaallim afandi.

YuNIS. Indama. Jim tur hammang! O’tib ketsin!

O’KTAM. Bekor aytibsmz, gaplasha beramiz, U nimasi? Har kim o’z ishida-da. (O’ng ko’lida Abdilahad bilan erkakcha kiyingan SHarofat chiqadilar),

Majlis: 3

ABDILAHAD. Esonmisizlar, birodarlar!

SODIQ. SHukr, afandi, SHukr, yo’l bo’lsin?

ABDILAHAD. (To’qtalib). SHunday, shahardan mehmon kelgan edi, aylantirib yuribman.

YuNIS. Xizmatda bo’layliq, bo’lmasa!

OVOZLAR. SHunday bo’lsin!

ABDILAHAD. (Gapida davom qiladi). Gaplaringiz ma’qul, yaxshi qiz. Lekin qo’rqqanlaringiz bekor. Siz sabr qiling. Hamma ish to’g’rilanadi… (CHap tomonga chiqadilar).

Majlis: 4

Yigitlar o’zlari

O’KTAM. Afandimning mehmoni yoshqina, mayda qadamgina bolaga o’xshaydi. Besaqolmi deyman?

SODIQ. Yo’q, O’ktam, undaqa gaplarni gapirma! Muvallim afandi bolaboz emas.

YuNIS. Ha, ros. Bolabozlarimizning odoblarini shunday berayotibdirki, nechtasini odam qilib qo’ydi.

OVOZLAR. Ros, ros!

O’KTAM. Mehmoni juda maydaqadam ekan. SHu uchun aytdim-da.

SODIQ. Ishqilib bu mehmon Rustam akamizning qo’lig’a tushmasin!

YuNIS. (Sekin). Zokirjonday bo’ladi deng!

SODIQ. Yana birov kelayotibdir.

ESH IIGIT. Rustam akam bilan Jo’ra.

SODIQ. Endi jim bo’l, birodarlar (Hamma o’rnidan turadi, o’ng tomondan Rustam aka, Jo’ra kiradi).

Majlis: 5

Yigitlar, Rustam aka, Jo’ra

OVOZLAR. (Hamma birdan). Assalomu aleykum, xo’jayin!

RUSTAM. Voalay… Bu nima gap?

O’KTAM. SHunday, xo’jayin, Bekorchilik… Laqillashib o’tiribmiz… O’zingizga yo’l bo’lsin, ho’jayin? Jindak dam olib o’tirmaysizmi?

RUSTAM. Qulluq… Zarur ishim bor (Jo’rani chekkaga tortib) Qani yo’q-ku?

JO’RA. Hovliqmang, xo’jayin! Bo’lsa nima qilardingiz? SHu topda nima qilib bo’lardi?

RUSTAM. Har narsa qilib bo’lardi! SHu topda qo’lg’a tushsa, qaytib odam bo’lmaydi, bilasanmi?

JO’RA. SHoshmang bo’lmasa, mana bulardan so’rab ko’raylik.

RUSTAM. So’ra.

JO’RA. Xo’jayin, siz so’rasangiz yaxshi bo’ladi.

RUSTAM. Menga bo’lmaydi… “So’ra” dedim!

JO’RA (Ularga) Nima… haligi… muvollim afandini ko’rdilaringmi? (Yigitlar jim).

RUSTAM. (Ularga) Nimaga indamaysan hammang?

SODIQ. (Zo’rg’a) Indaganim – mana bu yoqqa o’tib ketib edi…

RUSTAM. O’zi yolg’izmi?

SODIQ. Yo’q… Yonida bir yosh yigitcha ham bor edi.

RUSTAM. Kim ekan u?

SODIQ. Bilolmadik, xo’jayin…

RUSTAM. “Bilolmadik”… Nimaga bilolmading hammang? Oldingdan o’tganni tanimaysanmi?

YuNIS. (Qo’rqib) Yosh bir yigit… Boshida qalpog’i bor…

RUSTAM. Yurishi-chi? (Yigitlar jim).

JO’RA. Yurishi qanaqa?

YuNIS. Qanaqa bo’lar edi, to’g’ri yurish-da…

RUSTAM. Gapirma! Uyingga o’t ketsa, bilmaysan hammang! Xotining bilan birovlar o’ynashib ketsa, bilmaysan hammang!

SODIQ. (Jiddiy biroz yurib keladi) Nima bo’libdir xo’jayin! Nima gap

RUSTAM. Onangning arvoyibo’libdir! “Nima gap” emig! (Ko’zingga ko’lini bigiz qiladi). Oldingdan o’tganda mana bu ko’zlaring ko’rdimi? A?!

SODIQ. (Orqaga qaytadi). Bilmabmiz, xo’jayin… (Uning bu so’zini yigitlar hammasi zo’rg’a takror qilalar).

RUSTAM. Jim o’tir! “Bilmabmiz” emish!.. (Jo’raga) Hamma ishni sen qilding, dayus! “Avval maktabni qarayliq” deding. Endi nima bo’ldi? Endi qaysi go’rdan topasan ularni? Ayt!!!

JO’RA. (Bemalol) O’zim topaman, xo’jayin.

RUSTAM. Qaerdan topasan?

JO’RA. Qaerda bo’lsa ham topaman!

RUSTAM. Top! Hozir top! Bo’lmasa ichak-chovog’ingni og’daraman…

JO’RA. Topaman! Hozir topib kelaman. Hozir topib shu topda sizga ro’pora qilmasam, onam xotinim bo’lsin!..

RUSTAM. Bor!.. Men shu yerdaman! (Jo’ra chiqib, chop tomonga ketadi).

Majlis: 6

Yigitlar, Rustam

(Biroz hamma jim. Rustam ko’zlari o’ynag’on, hayajonli, besaramjon. Jo’raning ketidan biroz qarab turg’och, sekin yigitlarga tomon yura boshlaydi. Yigitlar darrov turib joy bo’shatadilar).

RUSTAM. Bilma, bilma! Qizlaringni ko’cha-ko’ylarda qar kim-har kimlar “toppa- toppa” bosib ketsa ham bilma! Yurt!

SODIQ. Biz fuqaro odamlar, xo’jayin… O’tgan-ketgan bilan ko’p ham ishimiz yo’q…

RUSTAM. (Zaharli, lekin bo’sh, sekin) Kim o’tdi?

SODIQ. Muvallim afandim…

RUSTAM. Kimni yetalab o’tdi?

SODIQ. Yosh bir yigitchani…

RUSTAM. (SHaytoni kuladi). Yosh bir yigitchani! Ha… ha… ha!.. Yosh yigitcha!.. (Birdan) Qaysi biringning xotining? Bilasanmi? Qaysi biringning!

Xotining?.. RUSTAM. Yo singling?

HAMMA. Nima, nima? Nima?

RUSTAM. Ha-ha-ha! Bola emas, yigit ham emas, qishlog’ingning qizlaridan bittasi! (Qattiq) Bitta yangi jalab!.. Muvallimning kiyimlarini kiygan!

SODIQ. Yo’q-ey…

RUSTAM. Yo’q-ey… Senga yo’q-ey… Men bilaman! Yetti qavat yer tagida ilon-chueol qimirlasa bilaman!

SODIQ. Endi siz, xo’jayin…

RUSTAM. Siz-chi?!! Siz!!! Xezalaklar… Xotinlaringizni birovlar tasarruf qilib ketadi, bilmaysiz!

YuNIS. Bilsak qo’ymaymiz!..

YIGITLAR. Ko’ymaymiz!..

RUSTAM. Ko’raman! Jo’ra tolib keladi! O’shanda ko’raman!

RAHMAT. Tavba! Bu qanday zamon! Maktabdor domla-ya!

RUSTAM. Ha-ha-ha! Domla!.. Muvallim!.. (Sekin) Lekin, bu shoma! Huni yo’q…

YuNIS. Xuni bo’lsa ham qo’ymaymiz!

RAHMAT. Avval bir bilaylik…

RUSTAM. (Baqiradi) Nimasini bilasan? Nimasini?!!

YuNIS. Xo’jayin aytdi-bo’ldi! Keldi yoqasig’a yopishtiramiz!

OVOZ. Bo’ldi!

HAMMA. Bo’ldi!.. (SHarla).

O’KTAM. (Irg’ib turib qaraydi). Keldilar! (Hammalari turib boradilar. Rustam ana o’tirib qoladi). Jo’ra bilan muvallim!

RUSTAM. (CHo’chib tushadi). Yonidag’isi yo’qmi?

HAMMA. Yo’q!

RUSTAM. (Tizzasiga uradi). Oh!.. Yomon bo’libdir!

YuNIS. Unisi ham bor, xo’jayin!

RUSTAM. (O’rnidan turib ketadi). Bormi? Qani?

OVOZLAR. Orqaroqda!

Majlis: 7

Yigitlar, Rustam, Jo’ra, Abdilahad, so’ngra SHarofat

ABDILAHAD. (Bir qo’li cho’ntak-da kiradi). Nima gap?

OVOZLAR. Xo’jayin!.. (Rustam jim).

YuNIS. SHeriging qani?

OVOZLAR. SHeriging?

ABDILAHAD. (Tinch) Qaysi sherigim?

YuNIS. Yoningdag’i! (O’rab oladilar).

ABDILAHAD. (Kuladi). Mehmonni aytasizmi? Ana, orqada kelayotibdir…

YuNIS. CHop, bolalar, sudrab kel! (Yigitlar chopa boshlaydilar).

ABDILAHAD. (Yonidan toppancha chiqaradi). To’xta! Qayt hammang! Bo’lmasa otaman!.. (Bir-bir qaytadilar). Jo’ra, meni Rustam akam chaqirdi, degan eding? Qani o’zi?

RUSTAM. Mana, men!

AbDILAHAD. Ha, shu yerdamisiz? Nimaga indamay tomosha kilib o’tirasiz? Bu nima gap? Nima to’palang, bu? Siz tag’in ijroqum raisisiz!..

RUSTAM. Yurtning g’azabi kelgan. Men aralasholmayman. Bir narsa desak, meni ham urib yuboradilar.

ABDILAHAD. Urib yuboradilar? Kimni urmoqchilar?

YIGITLAR. Seni!..

ABDILAHAD. (Rustam akaga) Meni? (Kuladi). Men nima gunox, qilibman yurtga? Yurt meni Zokirjon deb o’ylabdirmi?

YuNIS. Mehmon deganing kim u?

HAMMA. Bilamiz!

ABDILAHAD. Bilsangiz ko’p yaxshi, nimaga tag’in so’raysiz?

YuNIS. Mehmoningizni ham, sizni ham shu bukun bir taraf qilamiz!

HAMMA. Qilamiz!

ABDILAHAD. Nima bu? Mehmon nima qildi sizga?

YuNIS. Mehmoningiz kim deyman sizga? Aytib ber darrov!

ABDILAHAD. Mehmonim shaharlik bir yigit…

OVOZLAR. (Masxara). Ha… yigit…

ABDILAHAD. Firqa a’zosi…

RUSTAM. (CHo’chiy boshlaydi) Firqa?

ABDILAHAD. Markaziy gazetaning sayyor muxbiri…

RUSTAM. Muxbir?

ABDILAHAD. Ha… Eng o’tkir muxbir!

RUSTAM. Haligi Komil Ali degani emasmi?

ABDILAHAD. O’shaning sherigi muxbir Azimov…

YuNIS. Yolg’on! Ko’ramiz hozir!

HAMMASI. yolg’on! Yolg’on! Yolg’on! Aldaydi (SHovkin).

RUSTAM. (Tamom o’y olib ketgan). Jim! (G’ovur-g’ovur bosiladi). Muvallim ros aytadi!

OVOZLAR. Ha, ros, ros!

RUSTAM. (Abdilahadga) Yurt shu-da, har gapga ishonib ketaberadi.

SODIQ. (Bir chetda, Yunisga) Bezbet qaytib ketdi-ku!

YuNIS. Ie, vuy… SHuning gapiga kirib, to’polon qilg’on biz ahmoq. Yur ketaylik!

SODIQ. SHoshma, tomoshani ko’raylik. Abdilahadga muomila ham boshqa bo’lib qoldi. Yur, bir tomosha ko’raylik (Olomon ichiga aralashib ketadilar).

RUSTAM. U kishi nimaga kelibdilar?

A6DILAHAD. Aytdim-ku, gazetaning muxbiri, yurtning ahvoli bilan tanishib, balan-pasni surishtirib yuribdir…

RUSTAM. Gazetga yozadimi?

ABDILAHAD. Albatta, uning ishi shu-da,

RUSTAM. Bo’lmasa, bu kecha hammamiz bizning bog’da bo’laylik. Yangi qimiz bor. Maza qilib yotadilar. Ertalab Zokirjonni chaqiramiz. Undan keyin birgalashib yurtning ahvolidan aytib beramiz, yozib oladilar…

AVDILAHAD. Ey, aytib berdim, yozib oldilar…

RUSTAM. (CHo’chiydi). Siz? Siz aytib berdingizmi? ‘

ABDILAHAD (Kulib) Ha, men, men. Men bilmaymanmi? Juda yaxshi bilaman. Keragidan ortiq qilib aytib berdim…

RUSTAM (Tutiladi). Siz, albatta… Siz ham bilasiz-ku… Endi… Zokirjon hamma ishni o’zi qilg’on…

ABDILAHAD. (Kuladi). Kamini Rahima xola to’lg’ozdi…

RUSTAM. (CHo’chiydi). Rahima xola? Uni ham ko’rdimi? U notob edi-ku?..

ABDILAHAD. Notob deb edim, “ko’rib ketay bo’lmasa” deya kirdi…

RUSTAM. (Jim qoladi titraydi). Qani bo’lmasa, bizning boqqa borayliq (O’rnidan turadi).

ABDILAHAD. Unamaydi. Erta bilan ketaman dedi.

RUSTAM. SHehargami?

ABDILAHAD. Yo’q, hali bu yoqlardag’i qishloqlarg’a o’tar ekan. Bu kun sahar CHuvalachiga jo’naydi…

RUSTAM. Men o’zim borib bir iltimos qilay. Ehtimol, bir kun-yarim. chun qolarlar… Baliq ovi qilamiz (Yura boshlaydi).

ABDILAHAD. Rustam aka, shuncha yurib u odam bitta amaldor bilan ko’rishmagan… Amaldordan qochadi… Siz bilan ko’rishtiray deb men aytib edim, unamadi. “Basharti so’rab qolsalar, mana bu mandatimni ko’rsatib qo’ying”, dedi (Olib beradi).

RUSTAM, (Ko’radi). Xatim yo’q… O’qiy olmayman, xayr, mayli, nima qilayliq. Ertaga ertalab siznikiga ot egarlab yubormaymi?

ABDILAHAD. Otlari ham bor, ovora bo’lmang…

RUSTAM. Bo’lmasa qaytarda tushsinlar, ayting…

ABDILAHAD. Qaytarda tushadilar, albatta. O’zlari aytdilar. Endi bizga ruxsat bersangizmi…

RUSTAM. Xo’p, mayli… (Sekin o’tirib qoladi. Abdilahad o’tib ketadi. Yigitlar ta’zim bilan qoladilar. Rustam aka ularni ko’rgan bilan o’rnidan turib ta’zim qilib qoladi. O’sha choqda muallim SHarofatga gapirib o’tadi).

ABDILAHAD. Qo’rqmang demadimmi? Otangizni shunday tuzatdimki sira qo’ya qoling. Tuzladim, sho’rliq. (Rustam aka jim o’tirib qoladi. Yigitlar Abdilahadning orqasidan biroz qarab turg’och, bitta-bitta Rustam aka yonig’a keladi).

YuNIS. (Sekin) Endi nima bo’ldi, xo’jayin?

RUSTAM. (Og’ir, g’azabli). Onangning yetti pushti bo’ldi!..

YuNIS. En di nima qilamiz, xo’jayin?

RUSTAM. Nima qilar eding? Uy-uyingga ketasan! Bor! (Yigitlar bitta-bitta chiqadilar. Ayrim ovozlar).

OVOZLAR. Rasvo bo’ldi!

— »– -. SHarmanda bo’ldi!

— »– -. Bizni ham nohaq qildi!

— ,,– -. Uning ahvoli shu-da!

— ,,– -. “Ishtonsizning hadigi cho’pdan”, deganday gazet dedimi-joni chiqadi…

Majlis: 8

Rustam, Jo’ra

(Jo’ra bir chekkada uyqisirab o’tiradi).

RUSTAM. (Ancha o’ylang’ondan so’ng, og’ir) Jo’ra, o, Jo’ra!

JO’RA. Labbay! (O’rnidan turadi).

RUSTAM. Beri kel! (Keladi). Yaqinroq kel! Yaqinroq! Qara, hech kim yo’qmi:

JO’RA. (Joyidan) Yo’q…

RUSTAM. Tur, qarab kel!

JO’RA. Xo’p. (Turib ketadi. U yoq-bu yoqni qarag’och keladi). Hech kim yo’q, xo’jayin!

RUSTAM. (Biroz jim koladi, iztirob ko’rsatadi. Tolvasa qiladi. Boshlarini chayqaydi. Peshonasini ushlaydi. Boshlarig’a sekinroq uradi. So’ngra birdan tez) Bir ish qilasan! Bir ish! Eplasang, ko’p pul, amal… Eplay olmasang (o’ldirish ishorasini qiladi). Ha!.. Bildingmi?

JO’RA. Bildim. Siz nima ish buyursangiz, bajarishga yarayman.

RUSTAM. Yaramasang? yo… birovga aytib qo’ysang?

JO’RA. Xohlaganingizni qiling!

RUSTAM. (O’yga botadi, birozdan so’ng yonidan pul oladi). Ma! (Yana jim qoladi).

JO’RA. Xo’p oldim… (Rustam jim). Xo’jayin…

RUSTAM. (Birdan) Oldingmi? Bo’ldi! Boshla! SHu kecha boshla, erta bilan tamom bo’lsin!

JO’RA. Kim? Nima?

RUSTAM. Sen-da, esi yo’q! Fahmladingmi? Kim bo’lar edi?

JO’RA. (Qo’rqib) Abdilahadjonmi?

RUSTAM. Yo’q! Unga hali bor. Mehmoni!

JO’RA. Mehmoni? Qanday qilamiz? Qaerda? O’zim yolg’iz-a?

RUSTAM. Yo’q-yo’q! Sen bilan bo’lmaydi! Miyang yo’q? (G’ijinib) Bas! (Tomog’idan bo’g’adi).

JO’RA. Yo’q, xo’jayin, qilaman, qilaman, qo’ymayman. Jindak uchini chiqarsangiz bo’ldi. Mendan boshqa kimga ishonasiz?

RUSTAM. (Bo’sh, sekin). Ros aytasan. Boshqag’a ishonmayman (Yana tez, qat’iy) Bo’ldi! Epla! CHuvama bo’ldi! Adirda! Sahar, Bir –ikkita yigit olib! SHu kechadayoq, hoziroq! Pul kerak bo’lsa, yana beraman!

JO’RA. Qaysi yigitlarga ishonsam?

RUSTAM. Bir-ikkita bolalar bor: Umrzoq, Jalil, Qosim, Yaxshi bolalar… Bildingmi?

JO’RA. Bildim… Azimjon akamizniig mahallasidan!

RUSTAM. Ha! Bo’ldi! Bor! Bor!.. (Orqayoq bo’ynidan tortib turg’izib, itarib yuboradi). Bor! Qo’yma, shu kecha… Ertaga qolsa bo’lmaydi!.. Hoy!.. (Jo’ra chiqa boshlaydi. Bu peshonasini ushlab o’tirib qoladi).

JO’RA. (CHetga) Pul tegdi. O’ldiraturg’on yigitlar bor. Lekin kimni o’ldiramiz? U “muxbir” degani o’zining qizi… Mayli, bir-ikkita yigitni tayyorlay, borsin, adirda kutib yotsin. U yigit o’tmaydi. Yotib-yotib o’zlari qaytishib keladi. SHu bilan xo’jayinning ko’ngillari orom oladi. Lekin bizning xo’jayin har bir ishda menga ishonadi. Bechora bilmaydiki, men uning qo’ynida yotib qo’ltig’iga zahar solaman!.. (CHiqadi)

Majlis: 9

Rustam, Zokirjon

(Zokirjonning mastlik sharpasi keladi. Rustam boshini ko’tarib qaraydi, so’ngra o’rnidan turib boradi).

ZOKIRJON. (Kiradi, yomon mast). Hoy, deyman! Kimsan, o’y, mening yo’limda ko’ndalang turg’on! Onangning emchagidan osib… qo’yaman…

RUSTAM. Zokirjon! Uka! Sizga nima bo’ldi? Yarim kecha, saharda shunaqa qilib yurasizmi?

ZOKIRJON. Sahar? Kim aytadi?

RUSTAM. Men aytaman, men!

ZOKIRJON. Sen kimsan o’zing?

RUS-TAM. Men… Men…

ZOKIRJON. Ha, sizmi… izdrast xo’jayin! Selьsovet! Istarshi akalar!.. Men, sendek istarshiy aksakallarning ko’pini ko’rganman! Nima deysan?! SHarofatni kimga berasan? Muallimgami? Yo’….q! Azimjonovgami? Boybachchag’a-ya! Yo’q….q! SHarofat meniki! SHarofat! Milыj moy SHarofat! Simpagichnыy SHarofat! Dorogoy moy SHarofat! Lastochka moy SHarofat! (Rustam akani quchoklaydi. O’pa boshlaydi. U hayron).

(Parda tushadi)