Jump to content

Zamona xotini/Birinchi parda

From Wikisource
334899Zamona xotini1928Abdulhamid Choʻlpon

BIRINCHI PARDA

(Ikki ko’rinish)

SHAROFAT – Jamoat ijroqo’mi raisi, Rustam akaming qizi, 18 yoshlarda.

JO’RA – Ijroqo’m poyloqchisi, qoravuli, militsiyasi, har narsasi. Sodda, oq ko’ngil, lekin seruyqi va qiziq, mashrab odam. 50 yoshlarda.

PARANJILI XOTIN (Jahonbu).

RAHIMA XOLA – SHarofatnimg onasi, tetik, sog’lom, erkaknusxa xotin, 40 da.

. . . . . . . . . . . . . . . ..

ADHAMJON -10-11 larda.

MUALLIM (Abdullahad) – 25 larda.

JO’RA.

QISHLOQ YIGITLARI.

SHAROFAT.

ARIZACHI XOTIN.

O’LMAS AKA.

BIR BOLA.

JAHONBU (paranjilik xotim)

ABDIXALIL, uning o’g’li – 14-15 yoshlarda.

BIRINCHI PARDA

BIRINCHI KO’RINISH

BECHORA XOLA ULIB-TOLADI

Jamoa ijroqo’m raisi Rustamboynmng tomorqa bog’ida. CHekka va salqin bir joy. To’ri omon pastak duvol. Baьzan talada ishpab yurgan dehqonlarning munglanib aytgan qo’shiqlari yiroq- yaqindan eshitilib qoladi. Bog’chada SHarofatxon yolgiz o’zi munglanib astagina qo’shiq aytib, kashta tikib o’tiradi. Nomozgar vaqtlari.

Majlis: 1

SHarofatxon yolg’iz. Kashta tikib o’tirib, «Bir-bir bosib astogina» kuyiga qo’shiq aytadi. Ovoz yosh, so’zlari ochiq anglashiladi. Avjlarigina biroz ko’tarila tushadi.

SHAROFATXON SHaftoli pishdi-to’kildi, tergali kelsang-chi yor,

SHamsi anbar kokilingni o’rgali kelsang-chi yor.

Ul tumorni o’qisam, Abdilahadjon nomi bor…

(O’ng tomondan, daraxtlar orasidan qo’pop, hunuk

bir ovoz eshitiladi. SHarofat cho’chib ketadi).

OVOZ. Bevafodir og’angiz, o’zim bo’lay og’angiz… (Jim bo’ladi).

SHAROFAT. (U yoq-bu yoqqa qarab). Voy, kim bo’ldi bu? Ahadjonmikan? Yo’q… Do- vushi unikiga o’xshamaydi. (Biroz quloch bergach, yana kashga boshlab, qo’shiq aytadi).

Toshg’a yomg’ir kor qilarmi, muttasil yoqqan bilan,

Davlatingiz kam bo’lurmi, bir kiyo bokqan bilan?

Bir qiyo bokdim-ilindim to’tining zanjiriga,

Hech iloj topolmadim o’ynoq ko’ngilning dardiga…

SHAROFAT. Voy bu yigit yana men bilan aytishgani turdiyov. Yo DEHQON yigitlardan bitta-yarimtasimikan? Mening qo’shiq aytganimni eshitib javob qaytarib yotqondir. SHu topda ko’ngilga sig’sa ham go’rga ekan… Ko’ngildan qil ham o’tmaydi… (Turib devol tomon- g’a boradi; devolning pastrak joyiga osilib qarab turadi. Bu yoqdan sekingnna Jo’raboy chiqib keladi).

Majlis: 2

SHarofat, Jo’ra.

Jo’ra oyoq uchi bilan sekingina bosib chiqadi-da, o’tirib SHarofatning kashtasini tika boshlaydi. Bir-ikki igna sanchg’och, SHarofatni do’rab-taqlid qilib, ingichka tovush bilan qo’shiq boshlaydi).

Men seni xo’p bilaman, ko’ngling manga moyil emas,

O’ltirib zor yig’lasam sendan murod hosil emas!

(Qo’shiq tugaguncha hayron bo’lib, kulib qarab turg’och, irg’ib tushadi).


SHAROFAT. Voy o’laqolay? Kimsan?

JO’RA. Men tog’angiz, Jo’raxon!

SHAROFAT. (Jiddiy, biroz ermak bilan). Ha… Jo’ramisan! Qachondan beri “Jo’- raxon” bo’lib qolding?

JO’RA. SHamshi anbar kokilingiznig izii ko’rib… xushtor bulg’onimdon beri!

SHAROFAT. (Qayg’ili, hafa. Jo’raning qiziq so’ziga muvofiq javoblar berib, kulib ko’ngil ochmoqchi bo’ladi, lekin musaffaq bo’lolmaydi), Voy o’laqol! Senga xushtorlik tushib qolibdirmi? Bu yoqqa ber kashtamni! (Olib o’tiradi-da, uni tikaboshlaydi. Jo’ra bir chekkaga (borib o’tiradi. SHu orada gap o’tadi).

JO’RA. Ie, bu nima deganingiz! Hali bizda sezaturg’on ko’ngil yo’q deysizmi? Ijroqo’mda otangizning oldida mayda-chuyda xizmatlarni qilib turish bilan kishi odamlikdan chiqib qoladimi? Otangizg’a nima uchun xizmat qilib yurganimdan hali xabaringiz yo’q ekanda. Barakalla! Agar jinday xabar topsangiz, yuragingiz «jiz-z!» etib qoladi-ya…

SHAROFAT. (Ermak bilan), Ha… SHundaymi hali? Qani aytginchi, otamning oldida nimaga xizmat qilib yurasan?

JO’RA. Ha… Barakalla! Munday deng! (Sekin). Men… otangizning oldida… sizni yaxshi ko’rganligimni hurmat qilib yuribman..,

SHAROFAT. (Ermak bilan). Meni yaxshi ko’rganingdan?

JO’RA. Ha, sizni yaxshi ko’rganligimdan…

SHAROFAT . Voy tavba!.. Hali sen meni yaxshi ko’rasanmi?

JO’RA. Ko’rganda ham qanday deng! Endi men o’zim ota-onasi yo’q yetim, bechora bir yigit bo’lsam ham… Ko’ngil ekan-da! “Poshshoning ko’ngli qurbadag’a tushubdir” deyiladi- ku… Eshitmaganmisiz!

SHAROFAT, Ha… Hali men qurbaqa bo’lib qoldimmi?

JO’RA. Albatta! Yo’q-ey, lavzi halol qurbaqa men… Siz – poshsho!

SHAROFAT. Bo’lmasa mening ko’nglim senga tushgan ekan-da?

JO’RA. Yo’q-ey… .Mening ko’nglim… Ey qo’ying, u yog’ini o’zingiz bilasiz!

SHAROFAT. Meni yaxshi ko’rar ekansan, nimaga shu choqqacho aytmading?

JO’RA. (Hovliqib ketadi). Nimaga aytmading? Aytsam bo’larmidi? Voy men o’lay ey… Nimaga shu choqqacha aytmadim ekan? (Birdan). Hoy, “SHamshi anbarxoi!” Agar burunroq aytsam, tegarmidingiz.

SHAROFAT. Ehtimol (Pauza). Azimjon qimorbozning devnusxa o’g’lig’a tekkuncha senga tegsam durust-da!

JO’RA. (Vahimali). Voy! . Aylanay oyim-ey… Azimjon qimorbozning haligi To’xtasin boyvachchasini aytasizmi?.. Uni “To’xtasin bordon» deydilar… (Qornini chiqarib yurib ko’rsatadi). Mana shunaqa! Yo’q, bo’lmaydi, xuddi o’zi bo’lib beray (To’nini yechadi, qornig’a ikkita bolish qo’yadi. So’ngra to’nini oldi tomondan kiyadi, belini bog’laydi). Mana, mana! Xuddi o’zi ijroqo’mg’a kirib kelishlari! (Sekin yurib kelib, eshikdan sig’may kolg’onini qilib ko’rsatadi). Voy-ey!.. Ijroqo’mning shunday katta eshigidan sira sig’maydi-ya! Men etagidan tortdim, militsiya bola orqasidan tepdi. SHundan keyin zo’rg’a o’tdi! O’zi shuncha semizligiga yana o’lgudak pakana! Mana bu yurishini qarang (Bo’yini past egib, haligi qiyofat bilan yurib ko’rsatadi).

SHAROFAT. Voy! Vuy! Qo’y, ko’zimga ko’rsatma! Afti qursin! (Yuzini qo’li bilan berkitadi).

JO’RA. Men ung’a qarag’anda qanday “barno” yigitman-a!

SHAROFAT. Jo’ra, qo’y endi o’sha gaplaringni! Ko’nglim sira-sira ko’tarmaydi. Boyadan beri har xil qizik gaplarni gapirib yotibsan, hech bir ta’sir qilmaydi. Gapla- ringga qo’shilib kulib, biroz ko’ngil o’lgurni yozay desam bo’lmadi. SHuncha kuchladim, o’zimni ochiqroq tutay dedim, sira bo’lmadi… G’amu g’ashlar shunday bosib qolibdir…

JO’RA. Sizda bor g’amu g’ash boshqada yo’qmi? Biz ham dunyosida o’lganimiz kunidan yuribmiz…

SHAROFAT. Oh, shu erkaklarning nima g’amlari bo’lar edi. Nima qilsangiz ixtiyo- ringiz.

JO’RA, Rost aytasiz, dunyoda o’sha siz aytgan erkakpar ham ko’p, undan keyin bizg’a o’xshag’on supurindilar ham to’lib yotibdi.

SHAROFAT. Ha. barakalla, burun ermak bilan hafa eding, endi men sho’rlikka hasratlaringni to’k! Juda ko’taraturg’on bo’lib turibman o’zim… (sekingina yoshlarini artib oladi).

JO’RA. Kuldiray desam, unamasangiz. Hasratlaringizga qo’shilay desam, yana unamasangiz. Nima qilay endi. Xayr (O’rnidan turadi). Rahima xolamni so’rab qo’ying.

SHAROFAT. Kap-kata odam arazlab o’tirsa juda qiziq ekan… (Xoholab kuladi). Turushingni qara (Juda ham kulib yuboradi). Kel endi aytib bera qol, nimaga kelib eding?

JO’RA. (Xohlar-xohlamas keladi}. Nima deysiz?

SHAROFAT. (Ochilib kuladi). Nimaga kelib eding deymai?

JO’RA. Bunday deng! Odamni juda yomon «kufur» qilib yubordingiz-ku? Men birinchi Rahima xopam bilan ba’zi bir to’g’rilarda gaplashgali kelgan edim. Ikkinchi… Aytib bo’lmaydi!

SHAROFAT. Ko’ngil o’lgur zo’rg’a ochilg’anda odamni yana hafa qilasan juda! Ayt: tag’in nimaga kelib eding?

JO’RA. Ikkinchi ish to’g’risida men o’zim kelganim yo’q, birov yubordi… SHAROFAT. (CHo’chib tushadi). Kim u? Nimaga yubordi?

JO’RA. Sizni hafa bo’lib qolg’ondir deb o’ylab, ko’nglingizni ochtirg’ali yubordi…

SHAROFAT. (Anglag’an, fakat «bilmasga» solib so’raydi). Jo’ra, umringni bersin! Kim ekan u!

JO’RA. Kim bo’lardi? Sizni kim hammadan ortiq sevsa, o’sha!

SHAROFAT. (Jo’rttaga). Azimjon qimorbozning o’g’limi?

JO’RA. Sizni hammadan ortiq sevgan o’shami hali? Unday bo’lsa, o’sha ekanda. Xayr, biz bilmay yurgan ekanmiz-da.

SHAROFAT. U o’zi shunday der emish… (Darrov), Jo’ra, qo’y endi hazilni. Haligi o’lgur nima qilayotibdir? Erta bo’lmasa-indin Azimjon qimorbozga kelin bo’lib ketsam, undan keyin harakat qilar-u, hech narsa chiqmay qolar.

JO’RA. (Jo’rttaga). Kimni aytayotirsiz?

SHAROFAT. O’shada… Usha beparvo o’lgurni…

JO’RA. Nimaga uyapib o’tirasiz, aytaberning-da: Abdulahadjon to’ra…Muallim afandi… (SHarafat qizaradi, yuzini to’sadi). U kishi qishloqni ontar-to’ntar qilmoqchi… Hukumat ishlari, bilan ovora… Otangizdan alamzada bo’lg’onlar hammasi o’shaning ketida… Menga qarang, bu gaplarni men sizga aytayotibman, u ham bo’lsa, o’sha Abdilahadjonni yaxshi ko’rganingiz uchun! Hech kimga ayta ko’rmang. Agar el og’ziga tushsa, uning ishlari rasvo bo’ladi…

SHAROFAT. Men jinninmidim birovga aytib? Unaqa gaplarning o’zi bir qulog’im- dan kirib, yana biridan chiqib ketadi… Hukumat bilan nima ishim bor? Menga shunisi alam qiladiki, meni yaxshi ko’rgan odam otamg’a kishi qo’yib, so’ratib harakat qilmaydi-mi? Azimjon bo’lsa, ishlab yotibdir, Erta-indin to’y kelganda ko’zi ochiladi uning…

Majpms: 3

SHAROFAT, JO’RA, PARANJILI XOGIN

Bular so’zlashib o’tirg’an vaqtida paranjili bir xotin sekin-sekin bosib, to’xtab- to’xtab bularning so’zlarini tinglab kela boshlaydi. Bular sezmaylar. Yaqin kelgach, tek to’rib bir on tinglaydi. Yana bilmaylar. So’ngra ko’lidag’i ro’molchasini yerga yozib o’tiradi).

JO’RA. (Ko’rib kolib). Turing, anovi xolamga xayr qilib keling. Qolg’on gapii undan keyin gaplashamiz.

SHAROFAT. Ie! Bu xolam kim ekanlar? (O’rnidan turadi). Xola, xudoyingiz bor- midi? Un uyda zdi, siz o’tirib turing, men darrov olib chiqib beraman (Uyga qarab yuradi. Biroz naridan yana qaytadi). Xolamning qimligini bir bilay. (Yaqinlashib yuzlarini ochmoqchi bo’ladi).

PARANJILI. (Mahkam o’ranadi, so’ngra jag’li tovush bilan). Aylanay qizim, ber- sangiz, yuzimni ochmasdanoq beravering. Bu xudoyi narsa… Yuzimni ochaturg’on bo’lsangiz, bermay qo’ya qoling. Uningizni olmayman. Bu xudoyi degan narsa nozik bo’ladi… Men arvohlarga shart qilib qo’yg’onman.

SHAROFAT. Xafa bo’lmang, xola, unday shartingiz bo’lsa, yuzingizni ochmayman (Yura boshlab). SHoshmang, hozir xayr olib chiqaman (Yugurib keladi).

JO’RA. Xola, nima qilasiz? “Bibisheshanba” qilasizmi?

PARANJILI XOTIN. Ha, aylanay, har yili bir marta shunaqa xudoyi qilish odatim bor edi.

JO’RA. “Bibiseshanba” deganlari xotinlarning nimasi? Payg’ambarimi yo avliyosimi?

PARANJILI XOTIN. Endi bolam chiltonlarning kattasi-da.

JO’RA. O’zi chiroyliqqinami?

PARANJILI XOTIN. Voy tovba-ey, u nima deganing, bolam?

JO’RA, Yo’q… munday bir didga kirgundaymi deyman…

PARANJILI XOTIN. Voy bolam-ey… Xudodan qo’rqmaysanmi? Azizlarni shunaqa deysanmi?

JO’RA. U aziz deganingiz xotin kishimu? Erkakmi?

PARANJILI. Xotin, bolam, xotin. Xotin bo’lsa ham, chiltonlarning eshoni-da…

JO’RA. Xotin kishidan avliyo tugul, payg’ambar chiqsa ham ishonmayman! Xotin kishi so’pi bo’lib qayoqqa borar edi?

PARANJILI XOTIN. O’zingning xotining-chi?

JO’RA. Xudoga shukr, mening xotinim yo’q.

PARANJILI XOTIN. U-chi? Haligi juvon-chi? U… o’ynashingmi?

JO’RA. SHunga yaqinlash… Yo’q… Lavzi halol: boshqa birovning o’ynashi…

PARANJILI XOTIN. Yaxshi, chiroyliq juvon ekan… Har kim olsa ham arziydi…

JO’RA. Nimasini aytasiz! Dunyolarg’a arziydi, dunyolarg’a! (SHarofat kelib kiradi).

SHAROFAT. Kim u dunyolarg’a arziyturg’on?

JO’RA. Siz! Yo’q, yo’q! Siz emas, haligi… Anovi… qo’shnimizning mushugi!

SHAROFAT. Ha, yolg’onchi! Rostini aytaber! (Unni paranjili xotinning ro’molchasi- g’a solib beradi).

JO’RA. Ros! Ros! Sizga ros gapirib bo’ladimi?

PARANJILI XOTIN. Xayr, omin! Xudo bitmas umr, ketmas davlat bersin, ollohu akbar! Endi chiqay. Juda yaxshi, hushchaqchaq, gapga usta, shoir qarindoshingiz bor ekan… Unga ham xudo ko’ngildagi armonini bersin!

JO’RA. Omin! Omin-ey! Ov… min!… (Paranjili xotin chiqa boshlaydi. Bular gap bilan bo’lib sezmaylar. Paranjili xotin nariroqqa bnr narsa tashlab ketadi).

Majlis: 4

SHarofat, Jo’ra

SHAROFAT. Senga toza bo’lib bera qoldi. Ko’nglingga yoqaturg’on bir og’iz gapga shuncha hovliqasanmi?

JO’RA. Siz ham odam bo’lib, dunyog’a kelib bir og’izg’ina ko’ngilga yoqaturg’on gap qilsangiz. O’sha kampir xotincha ham ixlosingiz yo’q… Tegmasangiz ham «Yaxshi ko’raman» deb qo’ysangie nima bo’lardi? Ey… Sizday Laylidan menday Majnun!..

SHAROFAT. Senga hushyoqsin deb yolg’onni gapiraymi? CHinakam «Yaxshi ko’raman» deyturg’on ham chiqib qolar… Dunyoda nima ko’p? Odam!

JO’RA. Tegishaman-da, oyim poshsho! Bo’lmasa bizga xotin qayoqda deysiz? Otangiz- ning ming xil ishini qilib, yana ma’qul bo’lmay, so’kish eshitib o’tib ketamiz-da. Pesho- namizg’a yozilg’oni shu!

SHAROFAT. Bizning ham peshonamizga birovning quruq muhabbatiyu boshqa bi- rovning cho’rilig’i yozilg’ong’a o’xshaydi…

JO’RA. (Og’ir bir “uf” tortib jim bo’ladi, SHarofat sekingina o’kiydi).

(«Galdir» kuyi)

SHAROFAT. Bu baland tog’ ustiga

CHiqsa tusholmaydi kishi.

Na balosi bor ekan,

Ko’ngul uzolmaydi kishi?

SHishani zargarga berdim,

Kimiyo bo’lg’aymi deb.

CHin ko’ngilni yorg’a berdim,

Oshno bo’lg’aymi deb…

JURA (Sekin va bo’shang aytadi).

Gulni uzdim, xumg’a soldim,

Kechalar tortdim aroq.

Bir qo’limg’a jom olibon,

Bir ko’limg’a sham chirog’.

Yonmog’ini yaxshiroq.

Mundaqa yor bo’lg’onidan

Bo’lmag’oni yaxshiroq….

Yor o’zi yonimdadir…

Bu orada qo’lida kichkina bir tuguncha bilan Rahima xola kirib keladi. Bular sezmaylar. U qo’shiqni tinglab kulib keladi. Uning boshida paranjisi bor. Ammo chimmati yo’q. U Jo’ra qo’shig’ining ikkichchi band boshida «SHamchirog’ning yong’onidan» degan joyida kirgan. Yolg’iz bildirmay tikilg’on bo’ladi. Jo’ra “Yor o’zi yonimdadir” degach, xola gap boshlaydi.

Majlis: 5

SHAROFAT, JURA, RAHIMA XOLA

RAHIMA. Yoningdag’i yoringning hech bir uni chiqmaydi-ku, Jo’ra! (Ikkovi ham bir qur cho’chib oladilar).

JO’RA. Onasig’a o’xshag’on indamas-da… Keling, xolajon!

RAHIMA. Keldim, o’zing kel, bolam. Nimaga ashulangni to’xtatib qo’yding? Aytaber! Ezilgan yuraklarga bir hushyoqib yotibdirki…

JO’RA. Bo’ldim. O’zim ham aytaberib ovozlarim bo’g’ilib qoldi.

SHAROFAT. Ros, erta bilandan beri hofizliq qiladi…

RAHIMA. (O’tiradi) Uh! Juda yomon charchab ketdim, SHarofat qizim, bir piyolagina sovuq suv bergil.

SHAROFAT. Ariqdan bo’lsa ham maylimi? Ariq suvi issiq-ku!

RAHIMA. Mayli… Ishqilib suv bo’lsa bo’ldi. O’lib bo’ldim bu kun… Ilohim, otang o’lsin, bolam, otang!

SHAROFAT. (Suvdan berib) Tag’in nima bo’ldi?

RAHIMA. (Suvni ichib bo’lib). Ie… Bu kun «Qo’shchi»ning majlisida menga bo’l- mag’on to’hmatlarni qildi.

JO’RA. O’zim aytgan! O’zim aytgan! O’sha to’g’risida yangi gaplar tashib kelgan edim. SHuni sizga aytaman deb qanchadan beri o’tiraman. Siega shuncha ixlos qilsam ham, siz asti menga qaramaysiz.

RAHIMA. Ixlosingizni bilaman Men ham sizni yaxshi ko’raman. Boshqa nima qilay, Hech narsa qo’limdan kelmaydi.

JO’RA. Ixlos qilg’on odam yo qizini beradi…

SHAROFAT. (Sekin). Voy o’la qolay…

JO’RA. Yo bo’lmasa… (Sekin xohlamasliq bilan). O’zi tegadi… (Kuladilar)

RAHIMA. Qizimning ixtiyori, o’zing ham bilasanki, o’zida. Meni boshingga urar- miding, bolam? Men onang bilan teng xotinman. Qo’y, xudo senga yoshrog’ini bersin.

JO’RA. Bersinu… Endi… Xayr, qo’ying. «Qo’shchi”dog’i gaplardan gapiring.

RAHIMA. Avval sen gapir. Qani, sen nima gaplarni topib kelding ekan.

JO’RA. (Boshini qashlab turadi). Gap hammasi o’shaningiz Rustam aka ustida…

RAHIMA. Nima bo’ldi? Gapirib ber axir.

JO’RA. Siz «Qo’shchi»g’a noib saylanganingizdan beri bechora tinchlana olmay qoldi. «Ha» deb Sizning raisingizni chaqirtirib olib gaplashadi, visir-visir qilishadi. Kursining ustiga mushtlashadi…

RAHIMA. Hech bir gapni eshitmadingmi?

JO’RA. Eshitdim, Sizning raisingizga aytib yotibdirki, majlislarga Rahimani chaqirmanglar, majlis bo’lg’onini bilmay qolsin, shaharga bir ish bilan odam yubora- turg’on bo’lsanglar, yana Rahima bilmasin, shaharda bo’laturg’on majlislarga odam chaqirsalar Rahima ishni buzib qo’yadi, boshqa bir odamni yubor. Undan keyin… (O’ylanib ketadi). Yana qiziq bir gap bor edi… (Boshini qashib o’ylanadi). Nimaydi? Ha… Topdim. Aytadiki, dehqonlar ba’zi bir ishlar to’g’risida iltimos qilib ariza olib kelsalar, «bo’lmaydi» deb javob yoz, agar dehqon sababini so’rasa, «Men rozi bo’lib edim, noyibim Rahima xola unamadi», de. Uning nomidan dehqonlarg’a zararli ishlarni qila ber. Qishloqning uziqora yigitlarini «Qo’shchi»g’a a’zo qilib olib, shularni ishga sol, Rahimadan «dod» deb shaharga borsinlar, chaqirib «pul berdi», deb gap o’rgatadi… Ilgari kuni erta bilan «Qo’shchi» a’zosi bo’lib olg’on qimorbozlardan to’rttasi ariza ko’tarib, shaharga tushib ketishibdilar…

RAHIMA. Ana o’sha arizani tekshirgali bukun shahardan odam chiqqan ekan. Erta bilandan beri «Qo’shchi»da majlis qildiq. Ana janjal bo’ldi, Rustam akang menga bo’lmog’on to’hmatlarni qildi.

SHAROFAT. (Qizib ketib). Siz indamay turaberdingizmi? Siz ham yuragingiz- dagilarni aytib bermabsiz-da?

RAHIMA. (Kuladi). Men ham xo’p gapirdim, qizim. Yig’lab turib gapirdim. «Nimaga qo’shchig’a kirdik», deb turg’onlarni aytib berdim. Hech narsa qolmadi…

JO’RA. Ha, barakalla! Boplabsiz. Nima bo’ldi oxirida?

RAHIMA. Nima bo’lar edi: haligi arizani rustam asang yozdirg’oni bilinib, o’zi sharmanda bo’ldi, shahardan kelgan vakil uzoq gapirib “Qo’shchi” raisini, Rustam akangni toza, so’kdi. “Sizlar o’tirg’on mansablaringizga noloyiq ekansizlar”, dedi….

JO’RA. Ular nima deyishdi?

RAHIMA. Nima deyishardi, indamay o’tiraberdilar…

JO’RA. Hayriyat… Hayriyat, ertaga ijroqumda avzoyini ko’ramiz ekan-da… Lunji toza tushib qolg’ondir…

RAHIMA. (O’ychan). Endi bu noinsof birda bo’lmasa birda meni o’ldirib qo’ymasa go’rga edi. Agar biror bahomn bilan qo’lg’a tushsam, qo’ymaydi. Hatto odam buyurib o’ldirtirishdan ham toymaydi…

SHAROFAT. (Onasining bo’ynig’a osilib). Qo’ying, buvi, unday demang! Xudo saqlasin. Sizg’a qasd qilg’onlar o’zlari juvonmarg’ bo’lsinlar.

JO’RA, Ha, siz bir mushtipar kampirsiz. Sizgakim, choh qazisa, o’zi tushadi… Xayr endi! Men boray, kech kirib qoldi. Jindak ishim ham bor.

RAHIMA. Hozir oshg’a urinaman, osh yeb ketsang bo’lmaydimi?

JO’RA. Yo’q -ey… Boray, bir-ikkita zarur ishlarim bor edi.

RAHIMA. Mahkamaning ishlarimi?

JO’RA. Ha, mahkamaning ishlari. Ertaga bir-ikki odamni chaqiraturg’onman.

RAHIMA. Xayr, unday bo’lsa, bor.

JO’RA. Xayr, omin! (Turib chiqadi).

RAHIMA. Kelib turgil, Jo’raboy! Yangi gaplardan bilib kelib tur!

JO’RA. (Ovozi). Xo’p, xo’p, albatta.

Majlis: 6

SHAROFAT, RAHIMA

RAHIMA. Qizim, ukang qani?

SHAROFAT. Adhamjonmi? Aytgancha, shu choqqacha kelmayotibdir,

RAHIMA. Domlasinikidamidi?

SHAROFAT. Ha, tushdan ilgari ketib edi. Nomozsham bo’lib kelayotir, daragi yo’q,

RAHIMA. Domlasinikida o’tirib qoldimikan? Yo biror joyda o’ynab o’tirgan- dir. Yugurib o’tib xabar olib kelsammikan? Juda charchab qoldim men… (O’ylab). Aytgancha, Jo’raga aytsang, xabar olib berar edi, ketib qoldimi ekan? CHaqirib ko’r-chi! (SHarofat nari borib chakiradi, javob yo’q). Ketib qolibdir.

SHAROFAT. O’zi kelib qolar.

RAHIMA. O’zi yolg’iz yurishi yaxshi emas-da, yosh bola bo’lsa…

SHAROFAT. Muallim afandisi olib kelib qo’ymasmikan? Olib chelib qo’yar. Esli odam.

RAHIMA. (Ma’noli qarab). Qizim, sening Abdilahadjoning albatta eslik odam… O’ning yonida bo’lsa, o’zi olib kelib qo’yadi. Basharti o’ynab-netib boshqa joyda yurgan bo’lsa, yomon! (O’ylab). Anovi havli bilan o’tib, sen o’zing xabar olib kelsang bo’lmaydimi? Avval maktabdan, u yerda bo’lmasa, machitdan xabar olg’och kelasan.

SHAROFAT. (Og’ir). Mayli…

RAHIMA. Boshingga chopon-mopon tashlab ol.

SHAROFAT. Qorang’i tushib qoldi-yu?..

RAHIMA. Mayli, qorang’i tushsa ham yopib ol, yosh qiz, yaxshi emas.

SHAROFAT. (Og’ir). Xo’p…

RAHIMA. S avzi-piyoz qaerda? Men archib turay.

SHAROFAT. (Kaytib). O’yda, burchakdagi tokchada. Aytgancha, bir xotin xudoyig’a deb un tilanib kirib edi, bir kosa un berib chiqardim.

RAHIMA. (CHo’chib tushib). Qachon?

SHAROFAT. Sizdan jindak burun…

RAHIMA. Jo’ra ham bormidi?

SHAROFAT. Ha, Jo’ra ikkovimiz edik.

RAHIMA. Paranjisi qanaqa edi?

SHAROFAT. To’g’ri, oq, parpasha paranji, chimmatida ikkita yamog’i bor, paranjisi ham yirtiq.

RAHIMA. Un solg’on ro’moli ham bormi?

SHAROFAT. Bor, oq, chit ro’molcha, qora gullik.

RDHIMA. Voy aylanay, qizim-ey, bilmay qolibsan-ey…

SHAROFAT. (Yaqin keladi). Ha, nima bo’ldi? Qo’rqmang, nima gap ekan?

RAHIMA. Men uni ko’chaning boshida ko’rdim. O’… kundosh o’lgurning onasi: Jahonbu! U seni poylab kelgan! Jo’ra bilan o’tirganiigni ko’rgan bo’lsa, butun qishloqni gap-so’zga to’lg’azib yuboradi endi…

SHAROFAT. (Qo’rqib onasig’a sig’inadi). Voy buvi-ey, endi nima qildig’-ey… Men o’lay-ey… Nimaga tanib olmapman-ey… Jo’ra o’lgur ham garang bo’lmasa, bilib olmaydi- mi. Qancha gaplashib turdi…

RAHIMA. Jo’ra o’lgur bir balolarni gapirib qo’yg’on bo’lmasa degan! U galdir jovray beradi… Xayr mayli, bolam, sen borib ukangni xabar ol. Bemahalda yolg’iz-yarim qolmasin. SHuncha vaqt hech narsa qilolmadi bu kundosh, mundan keyin ham hech narsa bo’lmasin (SHarofat hafa, zo’rg’a-zo’rg’a chiqib ketadi. Rahima xola u yoq-bu yoqni yig’ishtira boshlaydi). Har narsaning yomonig’a chidasa bo’lar ekan-u, erning yomonig’a chidab bo’lmas ekan-da. Voy bu er o’lsin! Butun umrimni zahar bilan og’uda tamom qildi… (Erda bir narsani ko’rib qo’rqib qo’lig’a oladi. Rangi o’chgan, qo’l oyog’i qaltiraydi). Voy bolam SHarofat-ey, kundoshning qasdini bilmay qolibsan-ey! Kundosh o’lgur yomon “irim” tashlab ketibdir-ey! (“Irim” qo’lidan tushadi, o’zi darmonsiz supaga o’tirib qoladi).


(Parda tushadi).

BIRINCHI PARDA

IKKINCHI KO’RINISH

Kurash va sevgi…

Maktab boqchasining bir cheti. Muallimning tegrasi chiy bilan to’silgan yozliq, joyi. To’ri burungi pardadagicha duvol. Muallimning asboblari: kursilar, ustol, kitob javoni, kitoblar. Bir chekada oq yog’ochdan — bo’yolmag’on sodda bir «parta». U yer, bu yerda maorif rahbarlarining rasmlari: Lunacharskiy, o’sha vaqtning (er isloxatidan biroz burung’i) O’zbekiston maorif kommissari va boshkalar…

Majlis: 1

MULLLIM, ADHAMJON

MUALLIM. (Yozib turib, ba’zan ovozini chiqarib o’kiydi). «Modamiki ikki yoshning ko’ngli bir-biriga tushibdir, har qanday qora quvvat ham ularni ajrata olmaydi…»

ADHAMJON. (Og’zida to’la meva bilan baqiradi). Afandim! Qaysi yosh ko’ngil u?

MUALLIM. (Kuladi). Yosh ko’ngil? Ie… Haligi… nima… Sen bilan O’lmasjon…

ADHAM. Men bilan O’lmasjon? Bekor aytasiz! O’lmasjonni men juda yomon ko’raman… Undan keyin O’lmasjom yosh bo’lmay o’ladimi? 17 ga kirib qolibdi-ku…

MUALLIM. Unday bo’lsa, sen bilan Ashur.

ADHAM. Boring-ey, Ashurning otasi kal!

MUALLIM. (Adhamning aytganini tez yozib qo’yadi). “Ha… Ashurning otasi kal bo’lg’onlig’idan…” (Eslab). Ie! Men nimalarni yozib qo’ydim (Buzadi). Adhamjon! Gap aralashtirmay turgil, uka, men xatimni yozib olay.

ADHAM. Ie, bo’ling, men, men zerikib ketdim.

MUALLIM. SHoshma, hozir bo’laman.

ADHAM. Boring-ey… Qorang’i tushib qoldi, o’zim yolg’iz ketgani qo’rqaman.

MUALLIM. Qo’rqma, o’zim birga olib borib qo’yaman.

ADHAM. Boring-ey… Zerikib ketdim.

MUALLIM. (O’ylab). SHoshma bo’lmasa (Borib javondan suratli kitob oladida, Adhamjonga beradi). Ma, mana bu kitobda juda g’alati suratlar bor. Ko’rib tur!) (Uzi yozuv ustoliga qaytadi).

ADHAM. (Ochmay turib). Afandim! Mundagi suratlarning ichida ajina, alvastilar ham bormi?

MUALLIM. (Xatga mashg’ul), Ha… bor… Hammasi bor…

ADHAM. Ie, afandim! Tunov kun ajina, olvosti degan narsalar yo’q gap demabmidingiz? Siz ham yolg’on gapirasiz ekan-a?

MUALLIM. O’zi yo’g’-u, kitobda surati bor…

ADHAM. (Ochadi). Voy, qo’rqaman-ey… Ie, poyizning surati chiqib qoldiyu… Mana kichkinagina g’ildiraklari bor ekan. Mana bunisi zangbozning bachchasiga o’xshaydi. Voy tavba (O’zicha so’zlanadi).

MUALLIM. (Bu ham o’zicha so’zlanib xat yozadi). «Otangizning o’jarligidan qo’rqmang! Sizni mendan boshqa hech kim ololmaydi… Hozir qizni kuchlab erga beraturg’on zamon emas. Muni biz otangiz kabilarg’a yaraymiz. Xotirjam bo’ling! Hech bo’lmag’onda to’y kuni bo’lsa ham to’yni buzib ikkovimiz shaharga qochamiz. U yerda sizni men qizlar maktabiga beraman… O’qib menday muallim bo’lasiz. Undan keyin sizni muallima deydilar, muallima!»

ADHAM. (O’zicha sevinib ketadi). Mana munisi xuddi To’xtasin akamning sigiriga o’xshaydi… Mana, bizning malla bo’zak ham chiqib qoldi! Qani!… Mana bu ilonni-ey… olachipor ilon ekan… Bir kun havlida SHarofat opamni quvlag’on ekan, shu bo’lmasin tag’in?

MUALLIM. «Bilaman, Azimjon o’g’li sizni qulg’a tushirmak uchun joni boricha harakat qilib yuribdir. Otangiz unga quyuq-quyuq va’dalarni berib ham qo’ydi. U va’dalar balki sizni biroz qo’rqitar. Lekin siz hamma vaqt esingizda tutingki, Azimjon qimorbozlarning zamoni o’tib ketgan. Ularning qo’llari kaltalik qiladi…»

ADHAM. Voy, afamdim-ey, ajinaning juda kattasi chiqib qoldi-ey! Burnig’a, labiga “shaklda” taqib olibdir… Voy, chochlarini-ey. Jingalak-jingalak bo’lib, SHarofat opamning taramoqchi bo’lib yozg’on vaktdagi chochlariga o’xshab ketibdir…

MUALLIM. «…Taramoqchi bo’lib yozg’on vaqtingizdag’i jingalak-jingalak sochlaringizdan o’pib so’zimni tamom kilaman…»

ADHAM. Voy, mana bu otni! Poyiz bilan teng chopishib ketaytibdir-a! Usgidagi kim ekan? Afandimga o’xshab keladi. Afandim, siz emasmisiz?

MUALLIM. (Xatni konvertga solayotib xayol bilan). Ha, men… Men…

ADHAM. Juda g’alagi shapka kiyib olg’on ekansiz-a. Qani o’sha shagjangiz? SHarofat opamlarga bir aytib beray!…

MUALLIM. (Xatni Adhamjonga olib kelib beradi). Adhamjon, mana bu xatni hech kimga ko’rsatmasdan, buvingizga ham bildirmasdan sekin… opagingizga beribqo’yasiz, durustmi?

ADHAM. (Ko’zi kitobda). Afandim, mana bu nima, ajdahomi?

MUALLIM. Yo’q… Bu timsox degan narsa…

ADHAM. “Qumsoq”?… Ha … Qumda bo’ladimi? (Xatni ustol ustiga tashlab qo’yib kitobni varaqlaydi).

MUALLIM. Ahmadjon! Kitobning qolg’onini ertaga kelib ko’ring. Hozir men sizni uyingizga olib borib qo’yay! Mana bu xatni mahkam qo’yningizga joylab oling (Beradi).

ADHAM. SHoshmang! Xatni ertaga olib ketay! Ie! Mana bu qo’ylarni qarang, afandim! Xux-xu! Muncha ko’p! Achinib-bijib yotibdir! Kimning qo’li bu, afandim! Siznikimi?

MUALLIM. Ha, meniki. Ko’zichog’imni sizga beraman, turing ketaylik!

ADHAM. Qo’zichog’i nechta? Bittami?

MUALLIM. Kup… O’nta… Yuzta…

ADHAM. Ie, SHarofat opamg’a bermaysizmi?

MUALLIM. Beraman, unga ham beraman!

ADHAM. Nechtasini berasiz?

MUALLIM. Hammasini!

ADHAM. Boring-ey. Hammasini o’zim olamam! SHarofat opamg’a mana 6u bittasini, mana bu suv ichib turg’onini bersangiz bo’lardi. Unga o’zining kuyovi olib beradi…

MUALLIM. Ha, kuyovi olib beradi. Xo’p, turing endi, ketaylik, buvingiz kutib yotg’ondir…

ADHAM. SHoshmang! Mana bu suratlarni ko’rib olay!…

MUALLIM. (O’ylab). Bo’lmasa kitobning o’zini olib keta qolaylik. Uyingizga borib, SHarofat opangiz bilan birga ko’rasiz…

ADHAM. Ha! Ha! Bo’libdir! Bo’libdir! (Darrov yopib qo’ynig’a soladi).

MUALLIM. Qani yuring, bo’lmasa (Borib chirog’ning birini-yozuv ustolidagini o’chiradi. Ish ustolidagi fonarni pastlaydi. CHiqib netayotqon vaqtlarida ko’zi kelayotg’on birovg’a tushadi). Jindak shoshmay turing, Adhamjon! Birov kelayotibdir. Kim bo’ldi? (Qattik). Kim u?

OVOZ. (Borib fonarni balandlatdi). Adhamjon! Keling, o’tirib kitobni ko’ra bering (Adhamjon sevinib borib kitobni ko’rgali o’tiradi) Indamasdan, gapirmasdan o’tirib ko’ring.

Majdis: 2

MUALLIM, ADHAMJON, JO’RA

JO’RA. (Kelib kiradi). Xo’sh, qaerga ketayotib edingiz, afandim? Agar ishingiz zarur bo’lsa, ketaman. Mening qam u yoq-bu yoqqa boraturg’on ishim bor.

MUALLIM. O’tir, uncha zarur ishim yo’q. Bir-ikkita mehmon kelmoqchi edi, shularni kutib o’tiribman. Adhamjonni uyiga qo’yib kelay deb edim. O’zi yolg’iz qo’rqadi, Men chiqib ketsam, mehmonlar kelishib qolishadimikan.

JO’RA. Unday bo’lsa, men qo’yib kelaman.

MUALLIM – Agar bemalol bo’lsa, shunday qilsang yaxshi. Bir-ikki og’iz qiziq gapim bor edi, aytib qo’yay, undan keyin…

ADHAM. (Kattiq gapira boshlaydi). Ie, mana bu nima? Toshbaqa-ku! Ilon bilan urishib yotibdir! Tavba!.. Ilon, yarim beligacha tikka bo’lib olib, og’zidan o’t sochayotibdir… Hamayoqni changitib yuboribdir… (Ular ikkalasi ham biroz jim qoladilar).

MUALLIM. Bizdan ilgari ana bu chechak gapga tushdi. Endi muni to’xtatish qiyin.

JURA. Bu shunday javrab tursa, gaplashib ham bo’lmaydi. Nima qilsaq? Men borib qo’yib kelsammi?

MUALLIM. SHunday qilmasang bo’lmaydi shekilli…

JURA. Yaxshisi, qo’yib kelay bo’lmasa! Qani, turing, Adhamjon!.. (Yonig’a boradi).

ADHAM. Boring-ey, men surat ko’raman.

MUALLIM. Qolg’onini uyingizga olib borib ko’rasiz… O’sha kitob sizniki. Turing!

ADHAM. Qaytib olmaysiz-a?

MUALLIM. Yo’q, olmayman, bosh oyog’i bilan sizniki…

ADHAM. (Kitobni yopib qo’ltig’iga soladi). Jo’ra akamga ham bermayman.

MUALLIM. Ha, bermaysiz…

JO’RA. (CHetga). Pishiqlikda opangni ham sharmanda qilasan shekilli. Sen tirrancha… (Unga), Qani yuring, boybachcha?

ADHAM. Ha! Men muallim afandi bilan birga boraman.

MUALLIM. Mening jindak ishim chiqib qoldi, Jo’ra akangiz olib borib qo’yadi.

ADHAM. – Boring-ey… Bo’lmasa SHarofat opamg’a bergan xatingizni bermayman!

MUALLIM. Bo’lmasa men ham kitobni tortib olaman. Mundan keyin kitoblarni Ashurga beraman!

ADHAM. Yo’q, afandim, unadim, unadim… Jo’ra akam bilan ketaman…

MUALLIM. Xatni, ham opangizga topshirasiz

ADHAM. Xo’p, undan keyin suratli kitoblarni Ashurga bermay menga berasiz-a?

MUALLIM. Albatta sizga beraman-da!

ADHAM. Bo’libdir (CHiqadilar)

Majlis: 3

Muayalim yolg’iz

MUALLIM. Zokirjon, Zokirjon! Tabiatdagi yomonlikka, pastlikka zo’r kela olarmikan, yo’qmi? SHu kunlarda avzoyi buzukroq… Biz bilan qololmayturg’onga o’xshaydi… Azimjon qimorboz bilan Rustam aka toza ishlatib yotibdi. Zokirjonni qo’lg’a olsalar, shu bilan dunyo guliston bo’ladi, deb o’ylaydilar… Albatta… Bu xato, Zokirjon iflos bo’lsa, u ham qolmaydi, suriladi… (Gazetni ochadi, biroz jim). Xu-xuf! Xalitdan boshlanib qolibdir-ku! Mana «boshqarmag’a xat, muxbirga javob». Imzo: Zokirjon Rahim o’g’li… Qani, qani… (O’qiydi, ba’zida ovozini chiqarib qo’yadi). “Muxbir xato qiladi. Uning jamoa ijroqo’mig’a shaxsan adovati bor..” Mening ijroko’mg’a qanday shaxsiy adovatim bo’lmog’i mumkin? Bu qip-qizil yolg’on! “Azamatjon aka o’rta dehtson! Yer-suvi oz, o’ziga yetguli”. Mana munga kim ishonadi endi? Ox, Zokirjom, Zokirjon! O’zining pas tinatligini ko’rsatdi! (Biroz jim). Balki u majbur bo’lib yozg’ondir? Rustam aka qo’ymag’ondir? Xayr, o’zi bilan bir gaplashaychi, qani, nima der ekan? (SHarpa ovoz). Birovlar kelayotibdir. (Turib nariroq boradi)O’?

AVAZ. Biz… Muallim afandi, bormisiz? (Kirib keladilar).

Majlis: 4

Muallim, so’ngra Hasan, Egamberdi,

Xushnazar degan qishloq kishilari

MUALLIM. – Keling, Hasan aka! Men sizlarni kutib o’tiribman, o’tiringlar! (Ko’rishib o’tiradilar).

HASAN. Ertarak kelardik, mana bu Egamberdining ishlari bitmay qolib biroz kech qoldik. Xushnazar hali sal kechikib qeladi…

MUALLIM. Zarari yo’q. Qani nima qildinglar? Borasizlarmi?

HASAN. (Sekin). SHu kecha chiqib ketmoqchi bo’ldiq. Otlarimiz ham tayyor. Sizga uchraylik deb keldik.

MUALLIM. Bo’lmasa mening hech bir gapim yo’q, Mana bu xatlarni joy-joyig’a topshirasiz. Hamma gapni o’sha Aminov o’rtoqqa uqdirasiz. Kerakli joylarg’a sizni o’zi olib borib ko’rsattiradi. SHu bilan, albatta, bularning ishlari to’g’rilanadi. Zokirjon biroz ularga yon bera boshlabdir… Rustam aka bilan Azimjon o’g’rini maqtab gazetaga bir narsa yozibdir. Ular pulning kuchi bilan ish qilayotibdilar. Lekin qo’rqish kerak emas, biz haqmiz, yutamiz! Bular viloyatdan, u – markazdan bir-ikkita tarafdor oshiribdilar. Bo’lmasa ularni ko’pdan saranjom qilg’on bo’lar edik… Hali ham qo’ymaymiz! Mana, xatlarni olib jo’nay bering! Hamma gapni tunov kun gaplashib ol- ganmiz-ku!

HASAN. Xo’p, bo’lmasa, biz ketaylik. To’g’ri, o’sha Aminov degan o’rtoqning uyiga bora beramizmi?

MUALLIM. Ha, to’ppa-to’g’ri… (Ularni jo’natadi).

HASAN. (Ovozi). Yanagi haftagacha yetib kelarmiz, xudo xohlesa!

Majlis: 5

Muallim yolg’iz. So’ngra SHarofat

MUALLIM. Man bu ish Rustam akaning naq beliga tepadi. Bular serharakat «Qo’shchi» a’zolari, o’zlari ham juda kambag’al odamlar… SHularga ishonmasalar, kimga ishonadilar? (Bu vaqtda orqa tomondan duvolning ustidan SHarofatning boshi ko’rinadi. U pastga tikilib qarag’ach, boshini yana darrov ketga berkitadi).

SHAROFAT. (O’zi ko’rinmasdi). Adhamjon! O, Adhamjon!

MUALLIM. (Irg’ib o’rnidan turadi. biroz hayajon bor.,.), Kim u?

SHAROFAT. Men, Adhamjonning opasi bo’laman. Xabar olg’ali kelib edim. Adhamjon shu yerdami?

MUALLIM. (Dadil). Adhamjon shu yerda edi, hozirgina Jo’ra bilan jo’natib yubordim,

SHAROFAT, Yaxshi bo’libdir, men ham bora qolay.

MUALLIM. (Tezgina devor yoniga boradi, dadil gapirmoqchi bo’ladi. SHunday bo’lsa ham biroz qovshash bor…). SHoshmang, bir-ikki og’iz gapim bor…

SHAROFAT, Nima gapingiz bor? Ayta qoling, men shoshib yotirman… (Unda ham hayajon bor…).

MUALLIM. Siz devorning ketida tursangiz, qanday gapira olaman? Hamma yoqqa eshittirib baqiraymi?

SHAROFAT. Yo’k, sekin gapirabering.

MUALLIM. Siz eshitmay qolasizmi deb qo’rqaman…

SHAROFAT. Yaxshi gap eshitila beradi…

MUALLIM. Eng yaxshi shirin gaplar quloqqa aytilg’uchi edi-ku? (SHu choqda yosh bir yigitcha daraxtlar orasida yurib poylaydi gapga quloq soladi).

SHAROFAT. Hali ham mening qulog’img’a aytasiz-da,.. Sizning gapingizni mendan boshqa kim eshita oladi deysiz? Gapirabering!

MUALLIM. Mumkin bo’lsa, bu yoqqa tushsangiz… Xotirjam gaplashsak!

SHAROFAT. (Boshini duvoldan biroz chiqarib, yuzini ro’mol bilan jindak to’sadi). Xotirjam gaplashaturg’on gaplarni Azimjonboynikida aytarsiz… Hali vaqt bor-ku!

MUALLIM. (Kuladi). Siz toza qo’rqib qolg’onga o’xshaysiz-a? Nega ko’rqasiz?

SHAROFAT. Men siz bo’lsam, albatta qo’rqmas zdim…

MUALLIM. Azimjonboy emas, undan kattasi ham bu zamonda ikki sevishgan ko’ngilni ajrata olmaydi…

SHAROFAT. Mana shu siz aytgan zamonda ham ko’p sevishgan ko’ngillarni qars- qars ajratishib yuborishmoqchi!.. (SHarpa ovozi, SHarofat duvol orqasig’a berkinadi, muallim yugurib boradi).

MUALLIM. (SHarofatga). SHoshmay turing! Yana gaplashamiz! (U yoqqa). Kim u? (Paranjili bir xotii kirib keladi),

Majlis: 6

Muallim, SHarofat, bir xotim

XOTIN. Muallim afandim, sizmisiz, aylanay?

MUALLIM. Ha, menman, oyi. Nima ishingiz bor edi?..

XOTIN. Bir arzim bor edi sizga.

MUALLIM. Yaxshi, o’zingiz kim bo’lasiz? XOTIN. Keyin aytaman.

SHAROFAT. (O’zicha). Bu muallim afandi shunaqa odammikan?..

MUALLIM. (SHarofatga tez qaraydi, qaqshag’an). Xo’sh, gapiring gapingizni.

XOTIN. Mening gaplarim o’zingizdan boshqalarg’a aytilmayturg’on gaplar… Aytabersam, birov eshitib qolmaydimi? (Poylag’on yigitcha yo’qoladi).

MUALLIM. (Tamom qaqshag’an, biroz jim qoladi. SHarofat hayron, tez-tez boshini chiqarib qaraydi). Aytabering hech kim eshitmaydi…

XOTIN. (O’tiradi). Mening gaplarimga ishonmassiz deb qo’rqaman… Ilgari mening o’zimni bir ko’rib olsangiz, undan keyin ishonardingiz… (Muallim jim, hayajonda, xotin yuzini ochadi). Xudo menga boshqa hech narsa bermasa ham biroz husn berib qo’yibdir… (Yana berkitadi).

SHAROFAT. SHularni ko’rgandan ko’ra ko’zlarim quyilib tushsa bo’lmaydimi?

MUALLIM. (Qaltirag’on). Nima demoqchisiz? Gapiring tezroq!

XOTIN. Nimaga qaltiraysiz? SHundaqa, afandim. Mening husnim ko’plarni qaltiratib ko’yib, boshimg’a balo bo’ldi…

MUALLIM. (Sekin o’tiradi, oyoq og’rig’on), Gapiring…

XOTIN. SHu husnim o’lgur boshimga balo bo’ldi, aylanay, Yaqinda soy bo’yida bir suv janjali bo’lib, bir-ikki odamni urib yubordilar-ku, eshitgandirsiz?

MUALLIM. Xayr, eshitganman, Tezroq gapiring!

XOTIN. O’sha to’polondan bir hafta-o’n kun keyin dehqonlarni urg’on deb mening erimni qamadilar… (Yig’laydi). SHundan beri bechora shaharda ovaqtada yotadi… Rustam aka, mirzasi, ishqilib hukumatning katta amaldorlari qog’oz yozishib, uni qoralab, sudga beribdir… (Poylog’on yigitcha onasini boshlab keladi, u paranjisiz boshig’a ro’mol tashlag’on).

MUALLIM. Nima deysiz endi? Kaltaroq gapiring!

XOTIN. Erim nohaq qamalg’on, ajratib olish to’g’risida maslahat bering, deb keldim…

MUALLIM. Eringiz ham janjallarg’a aralashg’anmi?

XOTIN- Ha, u ham kaltak yeb keldi…

MUALLIM. Bo’lmasa uni qamag’onlari to’g’ridir… Agar gunohi bo’lmasa, sudda ma’lum bo’ladi… (SHarofat diqqat bilan tinglay boshlaydi).

XOTIN. SHuncha odamdan hech bittasini qamamay yolg’iz mening erimnigina qamag’onlari to’g’ri bo’ladimi? Qandam odamsiz?

MUALLIM. Bo’lmasa nimaga qamashdi uni?

XOTIN. U janjalning ichida bo’lsa xam birovg’a bir kaltak solmag’on, qayta ajratmakchi bo’lib kaltak yegan; o’sha kuniyoq menga aytib edi…

MUALLIM. Bo’lmasa boshqa bir ayb bilan qamalg’ondir?

XOTIN. Ie, aylanay… Azimjon qimorboz bilan ana u Rustam aka necha martadan menga odam qo’yishdi… “Bazmga kelsin” deyishdi… “Eriga ko’p yer beraman, navbatdan tashqari suv berdiramiz”, deb aytdirishdi men unamadim… Xadeb odam ustiga odam kelib bezor qilg’och, erimga aytib qo’ydim… u borib Azimjon qimorboz bilan so’kishib keldi. SHundan bir oy o’tar-o’tmas qamab qo’yishdi…

SHAROFAT. (O’zicha). Voy yashshamagurlar-ey!…

MUALLIM. Ha, gap bunday deng! SHuchdan beri hech qaerg’a uchrab, ariza berib ko’rdingizmi?

XOTIN. Rustam akaning buzuq niyatlarini hech kimga aytganim yo’q. Erimda gunoh yo’q, chiqarib yuboradir deb ariza yozdirib, ana u mirza yigitga – Zokirjonga berib edim, “erta keling”, “indin keling” deb 5-6 kun ovora qilg’ondan keyin bir kun “Bir kecha bir joyda xilvat qilib gaplashaylik, undan keyin zringizni bir kun ichida chiqartirib yuboraman», dedi yashshamagur… SHundan keyin uning yoniga bormadim…

MUALLIM. (O’zicha). Ey, Zokirjon, Zokirjon! O’zini halok qildi bu yigit…

SHAROFAT. (O’zicha). Voy yashshamagurlar-ey!…

MUALLIM. (Biroz o’ylang’och). Xo’p, oyi, siz endi borabering. Men biroz o’ylab sizga yo’l-yo’riq, ko’rsataman. Bu ishingizni shunday qilib to’g’rilaymizki, eringiz ham tezda chiqib qoladi, eringizni nohaq kamattirg’onlar ham adabini yeydi…

XOTIN. Xudo yorlaqosin, uka! Yana qachon kelay?

MUALLIM. Endi kelmang, Bu kelganingizni ham hech kim bilmasin. Sizning uyingizga Jo’raboy borib turadi.

XOTIN. Jo’raboy kim?

MUALLIM. Rustam akaning qoravuli..,

XOTIN. Voy unga bilintirib bo’ladimi, qalay?

MUALLIM. Ishingiz bo’lmasin. Eringizni qutqarib bersak bo’ldimi?

XOTIN. (Yig’lamsirab). Xudo umringizni uzoq, kilsin, uka! Oyday qayliq bersin! Orzu-havasingizni ko’ring!

SHAROFAT. (O’zicha). Bechora…

MUALLIM. Uyingiz qaerda?

XOTIN. Soy bo’yida, «Nishonboyniki» deb so’rasangiz hamma biladi.

MUALLIM. (Yozadi). Soy bo’yida, Nishonboy). Xo’p, oyi, bo’ldi (xotin chiqadi).

Majlis: 7

Muallim, SHarofat

MUALLIM. Ancha besaramjon bo’lib oldingiz-a?

SHAROFAT. Boshida men hayron bo’lib edim: bu muallim afandining shunaqa yomon odatlari bormikan deb…

MUALLIM. Yo’k, biz u to’g’rida juda xotirjammiz. Siz bilan qo’shilmoqchi bo’lg’on odam, shu choqqacha sizni eplab olalmayman-u! Hozir unaqa narsalar ko’ngulga sig’maydi. Hozir qishloqning og’zi kattalari, mushtumzo’rlari, yaramas amaldorlari bilan bel bog’lab kurashga tushdik. Yo yiqilmay, yo yiqitmay turib tinish yo’q!

SHAROFAT. Siz iiqitib-yiqilg’uncha men Azimjon qimorbozning toratiga suv quyaturg’on bo’lib qolaman…

MUALLIM. Yo’q, bunday emas! U narsalarni xayolingizga ham keltirmang! Ular o’zlari o’zlariga handaq qazib yotishibdilar… Haligi xotinning arzidan nimalar chiqadi, bilasizmi? Ha-xo’v!.. (Yo’tal ovozi). Obbo, tag’in kim keldi? (Boradi).

Majlms: 8

Muallim, SHarofat, O’lmas aka

O’LMAS. Assalomu aleykum, afandim!

MUALLIM. Vaalaykum assalom. Ha, O’lmas aka, keling. Qani o’tiring! (Ustoldan joy ko’rsatadi),

O’LMAS. (Ustolga zo’rg’a o’tirib, duo qiladi). Domla, bevaqt kelganimga xafa bo’lmang. Bir kichkina ish bilan kelib edim.

MUALLIM. Xo’sh, ayting.

O’LMAS. Yaqinda bir nevaracha ko’rib edik. Anchadan beri shunga ot quyolmaymiz. Kampir bilan shu to’g’rida urishib qoldik.

MUALLIM. Ha, nimaga?

O’LMAS. Kampir «Ilg’oy» quyaman, deydi. Ilg’oyday pishiq bo’ladi, deydi. Men «Ilyos qo’yaman», deyman. Ilyos payg’ambarday uzun umr ko’rsin, deyman. U ham o’zicha ot topdi, menga ma’qul emas, men ham o’zimcha topdim, unga ma’qul emas. Oxirida mana hozir ishdan keyin kampir bilan yana urishib qolib, sizning yoningizga chiqib keldim.

MUALLIM. Men nima deyman endi? Men ham hayron bo’lib qoldim… Men qo’yg’on ot sizlarga mavqul bo’larmikan.

O’LMAS. O’zimiz topg’on otlarni bir eshiting, undan keyin siz ham o’zingiznikini ayting.

MUALLIM. (Ko’zi SHarofat tomonda). Xayr…

O’LMAS. Meniki: Ilyos, Hizir, Umar, Horun, Aziz, Luqmon, Sulaymon, Haybar, Muslim… Abumuslimning nomi bo’ladi-da. Sayyor, “Nasri Sayyor”niki… Balki Kitob… Ravshan… Boboyi Ravshanniki…

MUALLIM. (Kuladi). Xayr…

O’LMAS. Endi kampirniki bo’lsa, juda bo’lmog’ur. Aytmasam ham bo’ladi.

MUALLIM. Yo’q, unikini ham ayting.

O’LMAS. Xayr, aytsam, aytay, u ham o’ksub qolmasin: Ilg’oy, Tosh, Metin, Bo’ron, Yo’lchi, To’pti, Qamchi, Tesha, Bolg’a, O’roq, Uzoq, It, Mushuk, Balo-battar .. Ey, qo’ying-ey, bo’ldi! Endi siz, mana bu bolshovoylarg’a yoqaturg’on bir nom qo’yib bera qoling, zamonamizning nomlaridan…

MUALLIM. Sizning aytganingiz ham emas, kampirning aytgani ham emas, qishoqqa eng munosib ism —Dehqonboy. SHuni qo’ying.

O’LMAS- Xayr… Men-ku, unayman-a, kampir unarmikan?

MUALLIM. Meni aytdi, deng!

O’LMAS. Ishonmaydi!

MUALLIM. Sizga ishonmaydimi?

O’LMAS. Mening kampirim juda ayjoyib: xonlarning qizig’a o’xshab torang qiladi! Mening gapimga sira ishonmaydi, qarang! Bir enlik xatga bitib bersangiz, otincha kelinim bor, o’qib bersa, undan keyin ishonadi, SHunday qila qoling!

MUALLIM. Xo’p, yozsam, yozib beray (turib yozib beradi).

O’LMAS. Endi yaxshi bo’ldi, Iloxi eson bo’ling! Xayr endi!

MUALLIM. Xayr! (Biroz uzatib boradi),

Majlis: 9

Muallim, SHarofat

SHAROFAT. (Duvoldan boshini chiqaradi). Kim bu odam? Juda ezma chol ekan?

MUALLIM. (Yaqin boradi). SHugina narsani so’rag’ali chiqibdir, bechora… Ilyos ota degan chol. Tegirmonchining otasi.

SHAROFAT. Yoningizg’a har narsani so’rab chiqaverar ekanlar-da! Sizni ishingizdan qo’yishmaydimi bular?

MUALLIM. Qanday qilayliq? Biz bular uchun ham zakunchi, ham a’lam, ham mufti, … (Yana yo’tal ovozi, yoshroq bir bola kirib keladi).

MUALLIM. (Boradi). Yana bittasi keldi.

SHAROFAT. Men qo’rqib qoldim.

Majlis: 10

Muallim, SHarofat, Bola

BOLA. (Kirib). Afandim! Bir kasalimiz bor edi, holi og’irlashib qoldi, bir ko’rib qo’ysangiz! SHuni so’rab kel deb yuborib edilar.

MUALLIM. Yo’q, uka, men kasalni bilmayman. Borib aytgil, bir ish qilib, shaharga olib tushib doktorga ko’rsatinglar. Podsho xalq doktori bekorga ko’radi, yaxshi dorilar beradi. Bor, uka, shunday degin.

BOLA. (Sekin). Otamlar sizning o’zimgizni olib kel, deb edilar…

MUALLIM. Men kasalni bilmayman, uka. Doktor yaxshi…

BOLA. Doktor yiroq-da .. (Ketadi).

Majlis: 11

Muallim, SHarofat

MUALLIM. Endi munisi menga doktorlikni yuklamoqchi.-.

SHAROFAT. Men juda qo’rqib qoldim.

MUALLIM. Nimaga?

SHAROFAT. Siz 6ilmaysiz. Buvimning kundoshining onasi juda yomon xotin. Boya Jo’ra jinni biznikiga kelib, buvim kelguncha bog’da men bilan gaplashib o’tirib edi… Bir paranjilik xotin un tilanib keldi. Xudoyig’a otag’andir deb olib chiqib berdim, chiqib ketdi. Keyin, buvim kelgandan keyin bilsam, o’sha kundoshning onasi ekan… Meni poylab kelgan ekan…

MUALLIM. Tanib ushlab olmabsiz-da!

SHAROFAT. Men ham bilmay qopibman. Buvim kelib aytdi. Juda yomon afsus yedim. Bilsam, mahkam ushlab olardim… Endi butun qishloqqa bo’lmag’ur gapparni yoyadi…

MUALLIM. Yoysa yoyabersin, qo’rqmang! Yaqinda ularning ham oyog’i osmondan keladi.

SHAROFAT. Bilmayman, siz nimaga ishonib muncha beparvoliq qilasiz? Azimjon qimorboz hazil odammi? Otam yosh bolami?

MUALLIM. Men hech narsaga inonmayman. Men yolg’iz zamonga ishonaman. Zamon bizning tomonda! Qo’rqmang! Zamondan kuchli narsa bo’lmaydi dunyoda! Zamonxohlag’anini qiladi. Yaxshi ko’rganini ko’klarga chiqaradi, yomon ko’rganini yetti qavat yerlarga kirgazadi! Azimjon qimorboz, O’lmas O’lmas akalaringiz zamon oldida, albatta hazil va go’dak odamlar…Zamon to’xtovsiz aytib turadiki, SHarofatoylar xohlag’onlarig’a tegsin. Ota-onasi qarshi turmasin, qarshi turg’onlarni ag’daraman!… (Yaqinlashib boradi).

SHAROFAT. Yo’q, qo’ying! Azimjon qimorbozdan beruxsat menga hech kim tega o lmaydi!

MUALLIM. Nima? Nima? Azimjon qimorbozdan beruxsat hech kim tega olmaydi? X,ech kim? SHoshmang, shoshmang, bo’lmasa! (Bir irg’ib ko’lidan ushlaydi, osilib turib o’pmakchi bo’ladi. Endi o’pay deganda naridan ovoz chiqadi. Jo’ra orqadan kelib-poylab turgan xotin bilan yigigni yelkalaridan ushlab sudrab kiradi).

SHAROFAT. Voy, nima balo bo’ldi? Bular kimlar? (Berkinadi).

Majlis: 12

Muallim, SHarofag, Jo’ra, Abdijalil, Jahonbu

JO’RA. Afandim, mana bular sizni boyadan beri poylab o’tirg’on edilar. Ko’rmay qolibsiz.

MUALLIM. Kimlar bular?

JO’RA. Bu kishi Rahima xolaning kundoshlari!

SHAROFAT. (Boshini ko’taradi). Voy, Jahon! Jahon! Jahon g’ar! Jahon lo’li!

JAHONBU. Men hech kim bilan xilvatda o’ynashganim yo’q, qizim…

MUALLIM. Xola, og’zingizga qarab gapiring. Ishongan tog’ingiz Rustam akami? Undan qo’rqaturg’on kishi yo’q! Qizim yurtning kattasida deb dunyoni kuydirasizmi? Nima ko’rdingiz? Nima?

JAHONBU. Hech narsa ko’rmadim, bolam… Hech narsa ko’rmadik… To’g’ri ekansiz.,, Birovlar bilan yomon muomilada bo’lmaysiz ekan…

MUALLIM. Kesatib gapirmang, xola. Bu pichinglaringizni ko’taraturg’on kishiga, Rustam akadan qo’rqaturg’on hezlarga qiling. Mening SHarofat bilan gaplashganimni ta’na qilasizmi? Unga sizning nima huquqingiz bor? U meni sevadi, men uni! O’rtaga tushganlar bekor yanchilib qoladilar… U mening xotinim, bari bir uni mendan hech kim tortib ololmaydi…

JAHONBU. Xo’p gapga usta ekansiz, yaxshi yigit… Birovning pardadagi qizi bilan siz o’ynaysiz, isnodi otasig’a tegadi…

SHAROFAT. Og’zingga qarab gapir, dalli! Kim o’ynashibdir? Gaplashish bo’lsa, gaplashdim, undan tonmayman! O’ynashqanim yo’q!

JAHONBU. O’ynashish bundan ortiq bo’ladimi? Yarim kechada bir bo’ydoq yigit bilan xilvat qilib gaplashsang, o’pishsang… Seni qarab tur, otangg’a aytib, nimalar qildirar ekanman!

MUALLIM. SHoshmayroq qildirasiz! Bu yoqdag’ilar cho’p emas, odam! O’zingizga o’zingiz qilasiz! (Yaqin kelib). Kechasi yarim kechada beruxsat birovlarning bog’iga tushib, o’g’riday poylab yurganlaringizni qonun bo’yicha nima qiladi, bilasizmi?

ABDIJALIL. Konunni siz bilasiz-da, afandim, biz qaydan bilaylik.

MULLIM. Bu ishingiz uchun sizni turmaga tiqadilar, bilsangiz?

JAHONBU. Bizga Rustam akadan boshqa hech kim tega olmaydi. Yurtning kattasi Rustam aka bo’laturg’on bo’lsa, o’shandan boshqa hech kim hech narsa qilolmaydi.

MUALLIM. SHoshmang bo’lmasa! Jo’ra, sen bularni hozir olib borib qamaysan. U tarafini erta bilan o’zim borib to’g’rilayman.

JAHONBU. Qamoqqa buyurib, nima, siz amaldormidingiz?

JO’RA. Men hayronman, afandim… Rustam akam…

MUALLIM. Rustam akang bu yerga sig’maydi. Men ijroqo’mning rayosat a’zosiman. Qamaysanmi-yo’qmi?

JO’RA. Men endi…

MUALLIM. Hozir borib menga maktab bolalarimdan Rafiq, SHukur, G’ani, Nematjonlarni so’rab kel! Bor tez! Yo menga ham unamaysanmi?

JO’RA. Mayli, xo’p… (Keta boshlaydi).

MUALLIM. SHoshma! (Qo’lig’a toppanchasini oladi) SHarofat, siz ham bu yoqqa tushing. Jo’ra sizni uyingizga qo’yib, undan keyin u yoqqa 6oradi. Tushing. Borib bog’dan o’zingiz yolg’iz qaytmaysiz. Jo’ra, bor, ulashib qo’y! (Jo’ra borib, SHarofagni tushiradi. U indamasdyan bo’ynini bukib, ro’molini to’sib sekin bosib o’tadi. Jahonbuning qarshisig’a kelgach, ikkalasi bir-birlariga g’azabli qarashib oladilar).

JO’RA. Biz ketdik, aytgancha, haligi gaplarim yana qoldimi? Qachon gaplashamiz!

MUALLIM. Bolalarni olib kel, mana bularni bir joyg’a joylab qo’yib erta bilangacha gaplashaberamiz.

JO’RA. Xo’p…

MUALLIM. O’sha bolalarni olib kelguncha men shunday o’tiraman! Bildingmi? Qamashqa sn yaramasang, ular yaraydi!… (Ularning ro’parasida topponchasini ushalab o’tiradi. Yigitchaning rangi oppoq oqarib, Jahonbu ham qo’rqqan, indamasdan qatib o’tiradi). Rustam aka qo’li bilan o’ziga choh qaziydi, siz ahmoqlar bo’lsa, uni choh qazishdan to’xtatish o’rnig’a yonig’a kirib, birga qazishasiz! Tezroq chohqa tiqkuncha o’lib bo’lasiz! SHoshmang, chohqa ham tushur, ko’nglingiz ham tinar!..

(Parda tushadi)