Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida  (1992) 
Cyrillic script: Ўзбекистон Республикасининг Қонуни Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I TOʻGʻRISIDA

1-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlansin.

2-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

3-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

4-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 75x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

5-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

1) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

respublika davlat boshqaruvi organlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining;

sudlarning;

prokuratura organlarining binolarida;

2) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining;

respublika davlat boshqaruvi organlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;

3) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;

respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda;

6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq;

7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida;

8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;

9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;

10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;

11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida;

12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin.

5-1-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar:

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;

qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;

O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

5-2-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

6-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

ushbu Qonun 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da ko‘tariladi va soat 22 da tushirib qo‘yiladi;

ushbu Qonun 5-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda ovoz berish yoki referendum o‘tkazish davrida ko‘tarib qo‘yiladi;

ushbu Qonun 5-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko‘tariladi va ular jo‘nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo‘yiladi.

7-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarilganda, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko‘tarilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘lchamidan katta bo‘lmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilish balandligi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilish balandligidan past bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega bo‘lishi kerak.

8-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.

Ko‘tarib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.

9-modda.

Motam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motam munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi.

10-modda.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

11-modda.

Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.

12-modda.

Ushbu Qonunning O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 18-noyabr,

407-XII-son


O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
(Rangli tasviri)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
(Sxematik tasviri)


Public domain in U.S.
Public domain in U.S.
This work is in the public domain in the U.S. because it is an edict of a government, local or foreign. See § 313.6(C)(2) of the Compendium of U.S. Copyright Office Practices, 3rd ed. 2014 (Compendium (Third)) . Such documents include "legislative enactments, judicial decisions, administrative rulings, public ordinances, or similar types of official legal materials."

These do not include works first published by the United Nations or any of its specialized agencies, or by the Organization of American States. See Compendium (Third) § 313.6(C)(2) and 17 U.S.C. § 104(b)(5).


A non-American governmental edict may still be copyrighted outside the U.S. Similarly, the above U.S. Copyright Office Practice does not prevent U.S. states or localities from holding copyright abroad, depending on foreign copyright laws and regulations.

English | español | français | italiano | 日本語 | +/−