Zulmi beandoza etgan bizga yo gardunmudur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zulmi beandoza etgan bizga yo gardunmudur...
by Do’iy

Zulmi beandoza etgan bizga yo gardunmudur,
Yo o‘shul bebok zolim ko‘zlari purxunmudur.

Yo hnno yoqmish ushul sho‘xi sitamgar ilkig‘a,
Yo qo‘li ishq ahlini qoni bila gulgunmudur.

Yo hama oshiqlara zulm aylamak oyin anga,
Yo meni bechorag‘a javri ani afzunmudur.

Qatliom etmakka ul qotil ko‘zi moyil erur,
Yo muhabbat ahlin o‘lturmak anga qonunmudur.

Ishq o‘tig‘a yo mening siynam erur otashkada,
Yo hama ishq ahli sadri ul o‘ta qonunmudur.

Yo man o‘lmishman o‘shul xunxorni oshuftasi,
Yo bori olam eli ul sohira maftunmudur.

Yo hama izhori ishq etgan kishini o‘lturur,
Yo o‘lumga mustahiq bu Doiyi mahzunmudur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse