Zulfi siyohsini ko’rung

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zulfi siyohsini ko’rung
by Boborahim Mashrab

Ofati jonim ul sanam qoshi qarosini ko’rung,
Ikki yuziga chulg’anib zulfi siyohsini ko’rung.

Huru paridin tozadur, shamsu qamar hijildadur,
Kim ani ko’rsa bandadur, husni ziyosini ko’rung.

Goh yorim qizil kiyib, qirmizi sochbog’in solib,
Nozu karashmalar qilib, ahdi vafosini ko’rung.

Goh qoshini chu yo etib, kifrik o’qi birlan otib,
Jodu ko’zini o’ynatib, makru balosini ko’rung.

Mashrabi benavodu(r)man, vasli uchun gadodu(r)man,
Hajr o’tig’a kuyodu(r)man, yor jafosini ko’rung.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse