Zinhor el ixtiloti birla xurram boʻlmangiz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zinhor el ixtiloti birla xurram boʻlmangiz...
by Komil Xorazmiy

Zinhor el ixtiloti birla xurram boʻlmangiz,
Mehnati har dam fuzunu rohati kam boʻlmangiz,
Men kabi bori nadomatdin qadi xam boʻlmangiz,
Doʻstlar, olam eligʻa yoru hamdam boʻlmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oshio ham boʻlmangiz.

Olam ahlidin vafo osorini kilmang gumon,
Naqd umrim sarf etib kildim alarni imtihon,
Uzlat istab ahli olamdin qoching boricha jon,
Oshnoligʻ aylabon, oʻz joningizgʻa har zamon,
Boisi yuz miig balou mehnatu gʻam boʻlmangiz.

Ruhparvar lablaridin istabon noʻshi hayot,
Urdim oʻz jonimgʻa oʻz ilkim bila nishi mamot,
Va’dasida yoʻqturur hargiz vafo birla sabot,
Yeb parivashlar firibin, soʻngra topmay iltifot,
Men kabi devonau rasvoi olam boʻlmangiz.

Yerdin gar marhamat yetsin va gar ranju alam,
Oshiqi sodiq tutar oni hamisha mugʻtanam,
Koʻrmagumdur vaslidin anduhi hijronini kam,
Vasli aysh omoda qilsa xalqni, ey dardu gʻam,
Siz buzuq koʻnglumdin oʻzga yerga mahram boʻlmangiz.

Garchi bu dam xotirimdur dardu mehnat ma’dani,
Jismi zorim yuz tuman anduhu kulfat maskani,
Sizni ham mandek qilur ul dilrabolar purfani,
Ey visol ahli, ul oyning dardi hajridin mani,
Koʻb koʻrub gʻamnok asru shodu xurram boʻlmangiz.

Ohkim, har kimga molu jonimi qildim fido,
Qildilar yaxshiligʻimgʻa ming yamonligʻ borho,
Ahli olamdin vafo aylab tama’, chekmang jafo,
Ey xarobot ahli, yoʻq insonda imkoni vafo,
Mastligʻdin dev oʻlung, zinhor odam boʻlmangiz.

Garchi Komil boʻldi furqatdin alil, ey ahli vasl,
Hajr oʻtigʻa tushti andoqkim xalil, ey ahli vasl,
Lek topti yor vasligʻa dalil, ey ahli vasl,
Gar Navoiy hajr aro boʻldi zalil, ey ahli vasl,
Emdi yaavbat sizgadur, muncha muazzam boʻlmangiz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse