Zihi har zarradin husnung huvaydo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Zihi har zarradin husnung huvaydo...
by Komron

Zihi har zarradin husnung huvaydo,
Jamoling oftobi olamaro.

Agar zohir, agar botinda sensen,
Ko‘zu ko‘nglum aro pinhonu paydo.

Agar yumsam ko‘z, ar har sori ochsam,
Sening husnungni aylarmen tamosho.

Gahi oshiq, gahi ma’shuq etarsen,
Bo‘lub har suvrat ichra oshkoro.

Erur Laylo bila Shirin bahona,
Jahonda sen solibsen sho‘ru g‘avg‘o.

Qilurmen navhalar Majnun g‘amidin,
Qachonkim xotirimg‘a kelsa Laylo,

Etishti Komron ul turki sarmast,
Xirad mulkin qilur yag‘mo hamono.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse