Yuzung xurshedtek tobanda bo’lsun...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yuzung xurshedtek tobanda bo’lsun...
by Atoiy

Yuzung xurshedtek tobanda bo’lsun,
Jamoling to abad poyanda bo’lsun.

Takallum qil, sochilsun durri gavhar,
Tabassum qil, jahon purxanda bo’lsun.

Yuzungdin burqa’ olg’il bir zamone,
Uyolsun oyu kun, sharmanda bo’lsun.

Meni o’lturgali g’amzang qilichi,
Ko’zungdek kofiri burranda bo’lsun.

Pari ruxsorlarning xusravisen,
Seningtek joni shirin qanda bo’lsun?

Agar o’lsam tilarmen tengridinkim,
G’aming jonimg’a, darding tanda bo’lsun.

«Faloni qullarimdindur» demushsen,
Atoiy ushbu so’zga banda bo’lsun.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse