Yuzi mohi tobon qiz

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yuzi mohi tobon qiz
by Boborahim Mashrab

Kokulung anbar durur, jon ichida jonon qiz,
Ko’zlaring axtar durur, yuzi mohi tobon qiz.

Lablaring erur la’ldek, yuzlaring qizil guldek,
Barcha sengakim quldek, xizmatingga qurbon, qiz.

Tar orazing gul, soching sunbulki,tishlaring dur,
Sarv qadlig’, qosh ko’rung oftobi davron qiz.

Bir ko’rib seni, zolim, qolmadi mening holim,
Tang bo’lubdur ahvolim, bilmadingmu, nodon qiz?

Oy yuzingni ko’rganda, lablaringni so’rganda,
Mashrabing bo’lur banda, qilsang ani mehmon qiz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse