Yusuf Zulayxo ayladi, man mubtalo qayda boray...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yusuf Zulayxo ayladi, man mubtalo qayda boray...
by G‘urbat

Yusuf Zulayxo ayladi, man mubtalo qayda boray,
Qomatlarim yo ayladi, man mubtalo qayda boray.

Majnun kabi sarson bo‘lib, sargashtai hijron bo‘lib,
G‘uncha sifat g‘amda so‘lib, man mubtalo qayda boray.

Noz ilkida afgor etib, jabru jafo bisyor etib,
Ahdu vafo bekor etib man mubtalo qayda boray.

Bu maskani vayronada hushim, dilim jononada,
Yo‘qtur sanam butaonada, man mubtalo qayda boray.

Hajr o‘tig‘a hamdam bo‘lib, mahzun ko‘ngil purg‘am bo‘lib
Hasratlarim dilg‘a to‘lib, man mubtalo qayda boray.

Ruxsori gul, sarvu suman, kokillari mushki Xo‘tan,
Jo‘yandai nozik badan, man mubtalo qayda boray.

G‘urbatga ko‘p va’da qilar, begonaga parvo qilar,
Ahdin buzib ifsho qilar, man mubtalo qayda beray.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse