Yupanmoq istagi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yupanmoq istagi  (1922) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bilmadim, ko‘nglimni yupatgay kimlar:
Tog‘larmi, toshlarmi yo oqar suvlar,
Yoki kishanlardan bo‘shalgan qullar,
Yoki sevilmasdan tashlangan tullar?

Yoki oydin tunda ko‘zimni olmay
Ko‘klardan yupatqich yulduz axtaray?
Yoki tong chog‘ida sabo yupatgay,
Yoki oydan tomgan vafosiz nurlar?

Yoki ko‘z yoshidan yig‘ilgan bir ko‘l
Bo‘yida egilgan tolda bir bulbul
Sayrasa, yig‘lasa, ma’shuqasi – gul
Kulganda yupatgay ko‘ldagi hurlar?

Charchagan yo‘lovchi yo‘ldan adashsa,
Tekis yo‘l qolsa-da, tog‘larni oshsa,
Yo‘lni ko‘rsatguvchi yulduz-da qochsa,
Shunda yupatgaymi yalang‘och cho‘llar?

Erkin dalalarning erkin sultoni,
Sonsiz podalarning yolg‘iz cho‘poni
Nay chalib tog‘lardan istasa yorni,
Balki, yupatgusi «yor» degan kuylar?

Turmushda, xayolda… har bir narsada
Yolg‘iz aldanishni ko‘rgan bir banda
Borliqqa qarg‘ishlar yog‘dirgan tinda,
Balki, yupatgusi u achchiq so‘zlar?

Dengizlar qaynasa, toshsa suvlari,
Kesilsa yo‘lchining istak yo‘llari,
Dengizga aylansa o‘ng va so‘llari,
Balki, yupatgusi ho‘llangan ko‘zlar?

Ko‘ngilda uyg‘onsa yengil havaslar,
Uzilsa, buzilsa oltin qafaslar,
Birga ichishsalar bir to‘da mastlar,
Balki, yupatgaylar o‘ynoqi qizlar?

O‘ylangan o‘ylar-la ko‘ngil yupanmas,
Ko‘ngilning istagi o‘y bilan qonmas,
Aytalar: «Bu tunda yorug‘ sham yonmas,
Chaqmasa gugurtni asl o‘g‘illar…»

Jumabozor stansiyasi (O‘rta Osiyo temiryo‘li).

1922, 9-iyun

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse