Yotoqdan
Appearance
Og‘riq oldi, qayg‘u oldi, zor oldi,
So‘nik ko‘zli, bag‘ri ezik yor qoldi.
Qayda qoldi mulla Bozor – devona,
Qulog‘imga o‘qir edi afsona:
Ezgu joyga oq ot bilan kirganni,
Dil ka’basin o‘qlar bilan buzganni…
Yiqiqlardan, qabrlardan tovushlar,
O‘liklarning salomini o‘qiylar.
Borlig‘imni qo‘rqinch o‘tlar hovuchlar,
Xonaqohlar fano to‘ri to‘qiylar.
Sirli sirdan qilday bo‘lsin xabar yo‘q,
Yo‘qsa, ul-da o‘tganlardek so‘ndimi?
Oq deb, pok deb yurganlarda dil buzuq,
Yo‘qsa, fano maysalari undimi?
Alam oldi, firoq oldi, qon oldi,
Amal qoldi… Ko‘zi yoshli jon qoldi!..
Buxoro (Harbiy xastaxona).
1922, 21–yanvar
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|