Yoshurmish orazin ul oy niqobimushkfom ichra...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yoshurmish orazin ul oy niqobimushkfom ichra...
by Vola

Yoshurmish orazin ul oy niqobimushkfom ichra,
Nihon bo‘lg‘on kibi ko‘zdin quyosh ruxsori shom ichra.

Boshingdin o‘rgulub xolingdin o‘psam, e’tiroz etma,
Qi, taqbili hajar sunnat emish baytulharom ichra.

Ko‘runur garchi davron gulshani, ey do‘stlar, xurram,
Vafo mehrini siz andin tama’ etmang mashom ichra,

Fig‘on bul charxi zolimdinki, dono qon yutar doyim,
Ichar nodon tarab jomini bazmi ehtirom ichra.

Adadsiz zaxmlig‘ tan ichra andog‘ tolpinur ko‘nglum,
Havodis zulmidin tushgan o‘shal qushdekki dom ichra.

Jahon bog‘ida umredurki bir gul vaslini istab,
Qilurmish Vola bulbuldek navoldr har maqom ichra.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse