Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r...
by Bayramxon

Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni ko‘r,
Ko‘ngul ochilg‘udek ul dilkusho bahorni ko‘r.

Libosin etti yoshil sarvi lolaruxsorim,
Bahor mavsumida turfa lolazorii ko‘r.

Gul uzra sunbuli serob ko‘rmagan bo‘lsang,
Yuzida ter ichida zulfi mushkborni ko‘r.

Gahi qaror topar beqaror ishq, vale .
Qaror topmadi hargiz bu beqarorni ko‘r.

Agarchi zoru giriftor ko‘pturur, Bayram,
Ajab balog‘a giriftordur bu zorni ko‘r.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse