Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga...
by Komron

Yordin keldi xatu ta’vizi jon bo‘ldi manga,
Qotili hajr ilgidin xatti amon bo‘ldi manga.

Vah, bu ne maktubdurkim, nomai a’moldek
Etgach ilgimga saodatqa nishon bo‘ldi manga.

Mehribon sog‘ing‘anim javru jafo rasmin tutub,
Mehr tarkin qildiyu nomehribon bo‘ldi manga.

Doimo yodimdasen bordur bu ma’nog‘a guvoh
Ulki doim voqifi sirri nihon bo‘ldi manga.

Gul’uzoro, zikru fikringdin dame xoli eman,
To vatan bulbul kibi bu guliston bo‘ldi manga.

Eshiginda yuz ketursam Komrondek ayb emas,
Ka’bayi maqsud chun ul oston bo‘ldi manga.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse