Yomon ko‘z

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yomon ko‘z  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

Yomon ko‘zdan saqlanish kerak

Ba’zi-ba’zida «Turkiston» bilan «Yosh sharq» gazetalariga ko‘zim tushub qoladir. Nimalarga yo‘liqasan deng! Xudo ko‘zdan saqlasun.

Gazetalarda qiziq-qiziq baytlar bosiladir. «Mamadanalar»ninggina og‘zidan chiqaturg‘an «to‘ti qush» gaplarini o‘shal baytlarda ko‘rasiz. Gapka muncha chechan bu haromilar?!

«Falon maktabning falon sinf talabasi» deb qo‘l qo‘yilg‘andan keyin, albatta, uni yozg‘uchilar «ahli soqol» xudo bandalari emas, yosh go‘daklar, turkiy qilib aytsang, kichkina tirranchalar!

Yosh bolag‘a kim qo‘yibdir kattalar turg‘anda og‘iz ochib, gap gapirishni? Zamonaning bolalari bu hikmatning ma’nisini bilarmi edi? Ular gapiraberadirlar.

Bolaning ko‘b gapirganini «mamadana» deymiz. Mamadana bolalar ko‘pincha jinni bo‘ladirlar. Buning sababi-da shudirkim, bola «Ha» deb jovrab sayrab gapirabersa bir ochko‘z mo‘min boradi-da: «O‘sdirganingga balli, xo‘b sayrayturg‘an bo‘libdirmi?» deb, ko‘zini moylantirib bir qarab qo‘yadir. Bolaga ko‘z tegish shu bo‘ladir.

Ana shu mo‘minning qarashi yomon ko‘z, ya’ni «badnazar» bo‘ladir. Yomon ko‘zdan saqlanish har bir mo‘minning vazifasi.

Gazetalarni o‘qusangiz, kichkina-kichkina tirranchalarning gapka ustalig‘ig‘a hayron qolasiz. O‘shalar ham musulmon bolasi, mo‘min bandalarning o‘g‘li.

Bittasini yaxshi taniyman: xuddi Pirmuhammad a’lam domlamizning maxdumlari. O‘shanday musulmon farzandlarini yomon ko‘zdan saqlash kerak.

G‘araz: yelkalariga bitta-bitta tumor taqib qo‘yish qiyin ish emas. Yomon ko‘zdan saqlayturg‘an duolar, tumorlar, ko‘zminchoqlar to‘lub yotadir.

Zomonaning oxiri,

Kattalar jim-jit,

Bolalar sayraydir.

Shuning uchun aytkan-da, ota-bobolarimiz:

«Kichkina mitti—Xonxo‘jani yiqitdi» deb…

Mushtum

«Mushtum» — 1923 yil, 6-son, 1-bet

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse