Yo’liqti tun arosida ko’zimga dilrabo yolg’uz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yo’liqti tun arosida ko’zimga dilrabo yolg’uz...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Yo’liqti tun arosida ko’zimga dilrabo yolg’uz,
Kulib boqib, qoshin qoqib, qilib o’tti imo yolg’uz.

Oyog’i naqshiga surtub yuzim, bo’si kanor aylab,
G’ubori rohidin qipdim ko’zimga to’tiyo yolg’uz.

Mani ahvoli dardimdin borib albatta aytg’oysan,
Sanamni oldiga borsang, ayo bodi sabo yolg’uz:

Yotibdur go’shaida «yor-yor» deb bir g’aribi zor,
Boshin yerga urub yig’lar, degil, aylab navo yolg’uz.

Shikasta muztarib ahvol dardimdin bayon etg’il,
Ani ko’nglig’a shoyad rahmini solg’ay Xudo yolg’uz.

Sani husni kamolingga Huvaydoyi g’arib miskin
Qilur, degil, saharlarda ochib ilgin duo yolg’uz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse