Yigitlikda may ichmak na xushu baxtu saodatdur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yigitlikda may ichmak na xushu baxtu saodatdur...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Yigitlikda may ichmak na xushu baxtu saodatdur,
Qarilik mavsumi mehnat, yigitlik vaqti rohatdur.

Guliston mavsumi bo’ldi, may ichmakni g’animat bil,
Tiriklik ko’p emas, bir ko’z yumib ochquncha soatdur.

Kel, ey soqiy, ketur jomi, payo pay bodani sof et,
Yurutgil kosai davron, bu damlar ham g’animatdur.

Dafu tanburu benay boda ichmak oncha xo’b ermas,
Qil, ey mutrib, g’azalxonliq, bu kun ayyomi ishratdur.

Gulistonlar aro sebargalarni yostonib yotib,
Tamoshoyi chaman aylab, may ichmak xush nazokatdur.

Tiriklikni g’animat bil, may ich, umrungni xush o’tkar,
Tepib o’t dunyo molini, hama ranju falokatdur.

Huvaydo, tavba qipma boda ichmakdin qaridim deb,
May ichmaklik qarig’onda g’izoyi ruh, rohatdur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse