Yer qimirlashlar
Appearance
Bir-ikki haftadan beri shaharda tinchsizliq bor. Shu orada ikki martaba qattig‘, 3-4 martaba yengil qimirlash bo‘ldi. Gulsha, Qurshob va Kampirobod (Qoradaryoning bosh) taraflaridan turluk-tuman qo‘rqinch xabarlar kelmakdadir. Rasmiy, tasdiq qiling‘an xabarlar bo‘lmag‘ani uchun, xalq shu og‘iz xabarlari bilan besaranjom bo‘lub turdi. Na Toshkant va na muzofot gazetalarida rasadxona xabarlari ko‘rulmadi. Gazeta xabarlarini qidirg‘anlar ko‘b bo‘ldi.
Xalq kechalari uyda yotmasdan, mumkin qadar ochig‘roq joylarda yotmoqdadur. Bir necha kungacha ehtiyot bo‘linsin degan mazmunda ijroqo‘mdan rasmiy buyruq berildi.
Q.
“Farg‘ona gazetasi,
1924-yil, 24-iyul, № 189.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|