Yashasun ko‘nchilar tashkiloti

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yangi sistem betaraflik  (1924) 
by Abdulla Qodiriy

Mehnatkashlar tashkilotsiz yashay olmaydirlar. Bu mantiqiy bir so‘z. Butun o‘lkamizda biror mahkam tashkilotlik kasaba uyushmasi yo‘q. Magar bor bo‘lsa-da, u ham yakka va yagona Toshkanddagi ko‘nchilar tashkilotidir.

Bu tashkilot bizning «milliy an’ana»larimizni oqizmay-tomizmay saqlab kelishi barobarida, uni keng suratda tarqatish uchun ham juda yaxshi tashabbus ko‘rsatmakdadir. Tangri ko‘nchilar tashabbusini samarasiz qoldirmasun!..

Bu yil dalalarni kim obod qildi? Bazmlar taraq; nog‘ora, chirmanda qars-vadavang; bachcha va bachchabozlik namuna bo‘larliq darajada el qoshida manzur etildi. Ko‘nchilar jumhuriyati bo‘lg‘an Ko‘kcha dahasining Musso‘linisi, Gardingi, Puanqarasi bor. Eski shahar militsa idoralarining ko‘nchilar harakatiga irod yetkizishga hech bir haqi yo‘q. Payshanba kechalari qiyquruqdan qo‘shni jumhuriyat xalqi mijja qoqa olmaydir.

— Ha, nima g‘alva?

— Qizil tirnoqlar tashkiloti o‘zining qanday mahkam tashkil topqanini ko‘rsatmakdadir.

— Aniqmi?

— Aniq!

— Bo‘lmasa millat yashaydi, desang-chi.

Namoyish… payshanba kuni Yangi shahar ko‘chalaridan arava-arava qizil tirnoqlar tashkiloti nog‘ora, chirmanda chalib, bachcha o‘ynatib ko‘cha aylanurlar.

— Ha, nima gap?

— Qizil tirnoqlarning aysh-ishratini yovrupoliq burodarlar ham ko‘rsun emish…

Yoshlar, komsomollar deb qo‘ya qolay, bir kun Qo‘ylo‘qskiy ko‘chadan namoyish qilib o‘tub ketayotqan qizil tirnoq jamoatiga: «Bu ishingiz chetlar qoshida kulgi-ku», degan ekan, o‘shal on haligi komsomollardan biravi onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rgan.

Afsus, yoz o‘tib, nog‘ora, chirmanda bilan bo‘ladurg‘an bazmning vaqti ketib boradir. Endi tor mehmonxonalarda dutor, tanbur bilan bazm qilish qanday ko‘ngilsiz…

Nima chora, juvong‘a kokil solinib qo‘yulg‘andan keyin tor uyda ham keng fe’l boshlanib keta beradir. Shuning uchun «Ko‘nchilar tashkiloti yashasun!» deymiz.

«Mushtum», 1923 yil, 12-son, 2-bet.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse