Yana qon sharpasi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yana qon sharpasi  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Gazetamizning bu sonida Yunoniston poytaxti Afina shaharidan berilgan bir xabar bor.

Ul xabardan va undan burun ham gazeta betlarida ko‘rulub o‘tgan imo va ishoratlardan bir narsa anglamoq mumki: Yaqin Sharq mas’alasini tinchliq bilan hal qilmoqni istamaylar!

Yaqin Sharqda daryo-daryo oqqan qonlar hali yerga singib bitkani yo‘q. Urush chog‘ida buzulg‘an, yondirilg‘an – kuydirilgan qishloq va shaharlar hali tuzatilgani yo‘q. Urush natijasida vatanjudo bo‘lg‘an bechoralar, hali tuzuk-quruq bir yerga o‘runlashqanlari yo‘q. Urushda qarindosh-urug‘laridan ajrab qolg‘an yetimlarning ko‘z yoshlari hali qurug‘ani yo‘q.

Shu holda yana urush sharpalari yarash sharpalaridan ko‘ra kuchlikrak eshitilmakdadir. Buning aybi Onato‘li xalqida, uning boshida turg‘an Kamol hukumatida emas. Buni ochiq va qat’iy da’vo bilan aytamiz. Mustafo Kamol kechagina so‘zlagan bir so‘zida: “Bizning takliflarimizga butkul qarshi javob kelsa ham urushdan ko‘ra yarashish yaxshi” dedi. Turkiya hukumati, turk xalqi har kun, har soat: “Biz tinchlik istaymiz! Biz tinchlik bilan ichki ishlarimizga mashg‘ul bo‘lub, bu xarob bo‘lg‘an yurtni tuzatmakchi bo‘lamiz” deb baqirib, har kimga eshitdirib turubdir.

Lekin, narigi tomondan kelgan sharpalar bunday emas. U yerda yana qilich qayralg‘ani eshitiladir.

Yaqindag‘ina yunon bosh vaziri turub: “Turkiyaning yarash shartlariga ko‘nmak sira mumkin emas!” deb edi. Marich nahri bo‘yiga yunon qo‘shuni to‘planayotqani to‘g‘risida ko‘bdan beri xabar berilib keladir. Kechagina qaysi bir yilda tug‘ulg‘an yunon yigitlariga safarbarlik e’lon qiling‘anini o‘qug‘an edik. Bu kun: yunon harbiya noziri tomonidan yorog‘ bilan aloqasi bor hamma yunonlikka “hozir bo‘lub turung” deb buyruq qiling‘anini Chanoqqal’a bo‘g‘ozig‘a urush kemalari yig‘ilg‘anini eshitib turubmiz.

Yunon hech vaqtda bekarga hovlag‘an it emas.

Orqasida olkishlaguvchi bo‘lmasa ul hech kimga yugurgan emas.

Bukun Yunonistonda rasmiy bo‘lmasa ham g‘ayrirasmiy katta e’tiborg‘a ega bo‘lg‘an mashhur Vanazilosning bir yo‘ldoshi bosh vazir “qilinmoqchi” edi. Ul kishini siz va bizga tanitqan choqda teleg‘rom shirkati: “Bu kishi ittifoqchilar rozi bo‘lmasalar urush qilib bo‘lmas, degan fikrdadir, deb o‘tgan edi. Bukun Yunonistondan oshkora urush sharpalari kela boshladi. Demak, haligi “roziliq” degan narsa ham butkul xayol emas. Balki, bizdan yashirin tutulaturg‘an haqiqat!

Demak, Yunoniston bir martaba qoralig‘i bilingan baxtini yanabir qur sinab ko‘rmoqchi. London bilan Parij “xo‘jayinlari” ham bunga “xo‘b” deganga o‘xshaylar.

U holda Anqara nima qilar?

Anqaraning qilaturg‘an ishini “Yangi kun” gazetasida Yunus Nodibek juda ma’nolik so‘zlar bilan bildiradir:

“Urush yangidan boshlanaturg‘an bo‘lsa bizning rejamiz shuki, bir tarafdan o‘zimizga lozim bo‘lg‘an harakatlarimizni qilamiz; ikkinchi tomondan esa, o‘zimiz uchun hozirg‘idan ham foidalik yarash shartlarini e’lon qilamiz. U choqda yarash ahdnomasiga qo‘l qo‘ymoq uchun bi Ovrupog‘a emas, Ovrupo bizning yonimizg‘a kelishi kerak!..”

Boshqa nima kerak?

A.Sulaymon

“Turkiston” gazetasi,

1923-yil, 7-aprel.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse