Xizmatlarim
Ey yoronlar, to‘g‘ri yo‘ldan qochdim mano,
Egrilikning urug‘larin sochdim mano.
Cho‘ntakkinam oqcha bilan to‘lsin debon,
Makru firib do‘konini ochdim mano.
Xalq ichida bug‘zu nifoq ko‘paysun deb,
Qayda yursam chaqimchiliq qildim mano.
Bilimsizlar azob tortib o‘quydilar,
Man o‘qumay barcha fanni bildim mano.
Kimdan foyda ko‘rgan bo‘lsam qo‘lin o‘pdim,
Nafi tegmay yurganlarni so‘kdim mano.
Boy kishiga puli uchun sajda qildim,
Kambag‘alning obro‘yini to‘kdim mano.
Nafsginamning buyrug‘idan qilcha chiqmay,
Yog‘liq joyg‘a har xil tuzoq qo‘ydim mano.
Uzun chopon, katta salla kiymak bilan,
Nodonlardan ko‘b hurmatlar ko‘rdim mano.
Amaddorga pora berib ish bitirdim,
Buning uchun xizmat haqi oldim mano.
Hay attangkim, oxir o‘zim qo‘lg‘a tushdim,
Yomonliqdan ko‘b balog‘a qoldim mano.
Mashrab:
«El xizmatin» qilg‘on kishi shunday bo‘lur,
Shul ishga ming ofarin dedim mano.
Sandek o‘sal kishilardan kim-qanchasin,
Urib, so‘kib boshlarini yedim mano.
Mulla Junbul «Mashrab», 1924 yil, 15-son
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|