Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil...
by Alisher Navoiy

Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,
Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig, yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.

Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.

Oraz-u xoling bila xatting xayolidin erur,
Ko‘zlarimning ollida davron qizil, sorig', yashil.

La'lgun may tutqil oltun jom birla sabzada,
Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sorig'. yashil.

Faqr aro birranglik dushvor erur behad valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig‘, yashil.

Ey Navoiy, oltun-u shingarf-u zangor istama,
Bo‘ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse