Xazon yafrog'i yanglig'...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Xazon yafrog'i yanglig'...
by Bobur

Xazon yafrog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,
Kо'rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim.

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog'ingg'a tushib, bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,
Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.

Xazondek qon yoshim sorig' yuzumdin el tanaffurda,
Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim.

Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.

Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse