Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas, begim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas, begim...
by Atoiy

Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas, begim,
Nechakim, vasling etakiga qo’lum yetmas, begim.

Netayin, darmonda bo’ldum men bu ko’nglum ilkida,
Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas, begim.

Garchi sen dashnom etarsen, men duochiman senga,
Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas, begim.

Sen meni ta’zim etib qullar soninda tutmag’il,
Itlaring xaylinda bo’lsam, ne manga yetmas, begim?!

Ta’nadin qovmas Atoiyni eshikindin raqib,
Hech gadoy it ursa eshikni qo’yub ketmas, begim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse