XVI-nchi
Oʼn olti martaba toʼplandik bizlar –
Tutqun otalarning erkin avlodi.
Poʼlatdek pishiqlik, matonat berdi
Temir kishilarning dahshatli yodi.
Oʼn olti martaba toʼplandik bizlar
Аsrning choragi oʼtmasdan turib,
Biz, yangi yetishkan – navqiron kuchmiz.
Matlabga yetamiz chopib, yugurib.
Bizning asabimiz necha ming yillar
Kishanlar ostida shu qadar pishdi,
Ki shuncha ogʼirlik ichida aslo
Shoshmadik, dushmanlar hayron qolishdi!
Bizning safimizni oralab baʼzan
Dushmanning zaharlik fikri kirsa-da,
Biz sergak odamlar va qarshimizda
Saqlanib qololmas hech qanday parda!
Bizning yoʼlimizda ogʼirlik sonsiz,
Birma-bir ularni yengmay qoʼymaymiz!
Bizdagi bu iymon senda yoʼq aslo,
Ey dushman, negakim: koʼnglimiz tamiz!
Oʼn olti martaba toʼplanib bizlar
Rejalar tortishdik yangi ishlarga.
Nima deyishini bilmaydi dushman,
Bir reja boʼyicha yugurishlarga!
Oʼn olti martaba toʼplanib bizlar
Qoʼl soldik hayotning tomirlariga!
Oʼzimiz xayotni tebratuvchi kuch!
Jonlilar qayrilib boqmayajaklar,
Shafaqlar qizarib oqmayajaklar,
Oʼlim olqishini yuksaltirajak,
Zulmat gʼurublardan salom berajak:
Hayotning yolgʼonchi amirlariga!…
1930 yil, iyul.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|