Vujudum mulkig‘a, jono, ki ul mohi jahon ermish...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Vujudum mulkig‘a, jono, ki ul mohi jahon ermish...
by Sadoiy Mirhasan

Vujudum mulkig‘a, jono, ki ul mohi jahon ermish,
Barobar dargohingda bo‘lsa xoh yaxshi, yomon ermish.

Yuborsang har kishini bir taraf xidmat uchun nogah,
Olib kelgan hamonu oldurub kelgan hamon ermish.

Qo‘lumg‘a poy olub, ko‘ksum nishon etmak mahal bo‘lsa,
Nishon urgon hamon, yoyini sindurg‘on hamon ermish.

Kelib bu avvalu oxir qo‘lini lom alif aylab,
Ki tik turg‘an- hamonu xohi o‘lturg‘on hamon ermish.

Qolur ko‘rgach kishi hayron, degay bu ishlaring tahsin,
Ki yig‘latgan hamonu xohi kuldurgan hamon ermish.

Hamisha term.ulub yotib sani yo‘lingda, ey jono,
Qizil, oqu, qaroyu xohi bo‘lsa za’faron ermish.

Elib-yugrib eshigingda sani deb ba’zi odamlar,
Qilurlar naf’ deb har ish vale sandin rizo ermish.

Sanga xidmat uchun doim berib jon naqdini har kun,
O‘tun olg‘on hamonu o‘tga kuydurg‘on hamon ermish.

O‘zingni tut, dema hargiz falon ibni falonman deb,
O‘zini maxtagan odam yomonlardin yomon ermish.

Bilurmusan, Sadoyi, bu Navoiydin masal qolgan,
Suv keturg‘on hamonu ko‘za sindurg‘on hamon ermish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse