Voy, o’shul miskingakim, bir g’amguzore topmasa...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Voy, o’shul miskingakim, bir g’amguzore topmasa...
by Xorazmiy
332308Voy, o’shul miskingakim, bir g’amguzore topmasa...Xorazmiy

Voy, o’shul miskingakim,bir g’amguzore topmasa,
Ishqda jon o’ynasa-yu, e’tibore topmasa.

Kechsa koru bordin bir yo’li-yu, o’z shohining
Eshiginda itlarincha koru bore topmasa.

Ne tarioqa bo’lg’ay ul bechora oshiq holikim,
Bulbuli oshufta yanglig’ guluzore topmasa.

Bulbuli nolon bikinkim gul yuzidin sayradim,
Bilg’ay ul qadrimni gar mantak hazore topmadim.

Benishon bo’lg’anda bilg’ay qadri holimni sanam —
Kim,mani isdasa-yu mandin g’ubore topmasa.

Yorliqning dardini ul damda bilg’ay yorimiz –
Kim,kishini sevsa-yu,hamdard yore topmasa.

Chunkim ul dildorining zulfinga ko’runmas qaror,
Ne ajab bo’lg’ay agar Hofiz qarore topmasa.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse