Visolingga ko’ngul mushtoq edi, ey yor, xush kelding...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Visolingga ko’ngul mushtoq edi, ey yor, xush kelding...
by Umarxon

Visolingga ko’ngul mushtoq edi, ey yor, xush kelding,
Ko’zum nurini ravshan aylading bisyor, xush kelding.

Xumorim za’fidin betob edim, bazm ichra, ey soqiy,
Xiromon shishayi sog’ar tutub sarshor, xush kelding.

Ko’ngul bog’ida har yon dog’i ohim sarv ila guldur,
Bu gulshan sayrig’a,ey sarvi gulruxsor, xush kelding.

Bu shaklu bu shamoyil birla bazmi noz ora kirding,
Sihi qadlarni qilding soyayi devor, xush kelding.

Xazin mushtoqlarg’a yori firdavs xayolidin,
Yeturding mujdae tovusi xushraftor, xush kelding.

Kecha kulbamg’a pinhon keldi ul mahvash, Amir aydi:
Bu lutfu marhamatni bilmasun ag’yor, xush kelding!

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse