Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab...
by Avaz Oʻtar

Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab,
Raqibnn rashk o’tig’a bag’rini yaksar kabob aylab,
Manga lutfu inoyotu karamlar behisob aylab,
Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul yuza xaydin gudob aylab.

Paridek jilva birla ko’rguzub chobuklik ul dilbar,
Yetushdi aylabon behaddu son nozu tag’ofillar,
Olurg’a xasta ushshoq ahlining jonini sar-tosar,
Chekib mujgoni shabravlar kabi jon qasdig’a xanjar
Beliga zulfi anbarboridan mushkin tanob aylab.

Bori so’zini ahli nazm nazmi silkiga terdi,
Tutib ul mah vafo tavrini bu tun bazmima kirdi,
Hamadin oni mushtoqi mani zoru hazin erdi,
Kelib o’lturdiyu ilgim tutub yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzidin durri xushob aylab.

Ko’rub boshimda olomu baliyat toshini xirman,
Qilib mehru vafovu marhamat rasmini ul dam fan,
Dedi la’li labin xandon etib ul sho’xi siymin tan,
Ki, ey zoru balokash oshiqim, mansiz nechukdursan,
Man o’ldim lol, ayta olmayin mayli javob aylab.

Agarchi man bila may ichgali ul beibo quydi,
Valea ag’yor elin jomig’a beintiho quydi,
Maishat kosasig’a go’iyo obi baqo quydi,
Chiqardi shishai may dog’i, bir sog’ar to’lo quydi,
Ichib tutdi manga yuz nav’ nozoso itob aylab.

Qilib komicha davron kimsani bu charxi axzar toq,
Avaz yanglig’ bo’lur sarmast ham behushu bexudroq.
Esa yoru anisi borho bir sho’xi siymin soq,
Onikim eltgay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek yotar to subhi mahshar tarki xob aylab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse