Vahki, g’am dashtida itgan notavon ko’nglum qani...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Vahki, g’am dashtida itgan notavon ko’nglum qani...
by Husayn Boyqaro

Vahki, g’am dashtida itgan notavon ko’nglum qani,
Tarki jonim aylagan bexonumon ko’nglum qani?

Ne nishonidin xabar toptim, ne otidin asar,
Hajr vodisinda benomu nishon ko’nglum qani?

Demakim, joningg’a orom istasang topshur ko’ngul,
Sen burun ko’rgandek, ey oromijon, ko’nglum qani?

Lutflar qilmish jahon rasvosi ushshoqig’a yor,
Vah, muningdek chog’da rasvoi jahon ko’nglum qani?

Sel sochar gulbargi bo’ston ichra ul oy boshig’a,
Bu mahalda tomg’udek har qatra qon ko’nglum qani?

Sen xud aytursenki, ishq ichra kerak ko’nglumg’a sabr,
Sabr etarg’a, ey rafiqi mehribon, ko’nglum qani?

Eyki, dersenkim Husayniy o’zgaga bermish ko’ngul,
O’zgaga bermak uchun, ey badgumon, ko’nglum qani?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse