Uz/Nodira ahvolidin ogoh boʻling

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search

Author:Uz/Nodira

Nodira ahvolidin ogoh boʻling — Gʻazal

Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin boʻldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun agʻyor dardin tortaman,
Koʻrmadim bir yorni agʻyorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo boʻlmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bogʻbon,
Sarvdur bu bogʻ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh boʻling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).