Jump to content

Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a...

From Wikisource
Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a...
by Avaz Oʻtar
332709Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a...Avaz Oʻtar

Ushshoh eli qoshlarining yosidadur, a?
Ehyolig’i ham la’lini anfosidadur, a?

Ne olam ichin mushki muattar qachon aylar,
Bu xislat oning zulfi mutarrosidadur, a?

Ne kun qiladur tiyra kunim ravshanu purnur,
Yorutmoq oni husni musoffosadadur, a?

Dahr ahli dilin qumri kibi vola qilurg’a,
Har yong’a ravonlig’ qadi zebosidadur, a?

Oshiq biladur har sori yori qarag’on chog’
Nega qarayinkim oni savdosidadur, a?

Jonimni berib yetsam ango man ne ajabkim,
Borcha ango yetmakni tamannosidadur, a?

Bilgilki, Avaz, ushbu jahon sho’xlarini,
Ming sirri nihon ko’zlarin imosidadur, a?


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.