Ushbu tun ko‘nglumda yoru ko‘zum erdi masti xob...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ushbu tun ko‘nglumda yoru ko‘zum erdi masti xob...
by Komron

Ushbu tun ko‘nglumda yoru ko‘zum erdi masti xob,
Kim yetishti qoyilim yuz noz ila aylab itob.

Xasta ko‘nglum muztaribdur zulfi tobig‘a tushub,
Shast aro tushkan balig‘ yanglig‘ki aylar iztirob.

Xoki rah bo‘ldum, guzar gar qilmasa, ermas ajab,
Men gadoyi benavo, ul xusravi oliyjanob.

Kimki jonon chehrasida ishq sirrin bilmagay,
Ne ajab, andin desa «yo laytani kuntu turob»,

Komron, jonon tamannosi meni pir ayladi,
Ey darig‘o, onsiz o‘tti ahdi ayyomi shabob.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse