Urarlar ahli mansab ertalar choyu palov oqshom...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Urarlar ahli mansab ertalar choyu palov oqshom...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Urarlar ahli mansab ertalar choyu palov oqshom,
Senu mendeklara hargiz muyassar yo‘q g‘urunbodi!
Bu yanglig‘ fazl ila, naylay, chiqib Qarnab yo‘lin tutmay,
Buxoro ichra mansab toptilar har zog‘u kalxodi!
Rasolar holini bilmak uchun Shavqiy savol etdi,
Qani bir ahli donish to javobin qilsin inshodi?!

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse