Unumlik ish

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Unumlik ish  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ma’lumdirkim, yer-suv shoʻbalari tomonidan o‘tkan yillarda dehqonlarg‘a qarz urug‘liq berilgan edi. Kambag‘al, uning ustiga talanub, qoqlang‘an dehqonlar u urug‘liqlardan oz, ko‘b foyda ko‘rdilar, qarz deb berilgandan keyin undirilishi lozim edi. Ham albatta harakat qilinib undirildi-da.

Bizning Andijon shahar-uyezd yer-suv shoʻbasi tomonidan ham kambag‘al dehqonlarg‘a qarz urug‘liq berilgan edi. O‘tkan yoz pishiqchiliq vaqtlarida shu urug‘liqlarni qaytarub, yig‘ib olish harakati qilinib, yer-suv shoʻbasi tomonidan o‘sha vaqtda ijroqo‘mg‘a (u vaqtda inqilobqo‘m) bir loyiha kirgizildi. Ijroqo‘m u loyihani ko‘rgandan keyin “qarz berilgan urug‘liqlarni maxsus vakillar orqaliq yig‘ish” moddasini ortiqcha deb topub, u ishni ijroqo‘mning tayyor olatiga (apparatig‘a), ya’ni: rayon, bo‘lus va qishloq ijroqo‘mlarig‘a topshirdi. Ular ham bu vazifani bajarib berdilar. Shuning bilan “maxsus vakillarga” ketadurg‘an ortiqcha chiqimdan qutulindi. Ijroqo‘mning bu xizmati uchun unga muzofot ijroqo‘mining qarori bilan undirilgan dondan bir foizdan mukofot chiqarib berilgan edi.

Hozirgacha ijroqo‘m qaramog‘ida turg‘an bug‘doyning 400 pudi maorif shoʻbasiga milliy qo‘mondon qurslarig‘a berildi.

Mana bu ish juda yaxshi.

Muni qilg‘anlarg‘a barakalla!

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 31-mart, № 159.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse