Umrlar aylab salomat so’zlarin o’zdin yiroq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Umrlar aylab salomat so’zlarin o’zdin yiroq...
by Ubaydullaxon

Umrlar aylab salomat so’zlarin o’zdin yiroq,
Bo’lmadim hargiz salomat ahlidek so’zdin yiroq.

Shomdek zulfungni olg’il subh da yuzdin, dedim,
Dedikim: bo’lg’on emastur kecha kunduzdin yiroq.

Ko’zni, bilmon, nega yumdum vasl ayyomidakim,
Ko’z yumub ochquncha bo’ldum ul qaro ko’zdin yiroq.

Qo’ymadi bir dam vafosiz charx, qilmay oqibat,
Zarra yanglig’, vah, o’shal xurshiddek yuzdin yiroq.

Ko’zlari sayyorasidin boshqa hech ko’rmay yuzi,
Ey Ubaydiy, ko’rsa bo’lmas oyni yulduzdin yiroq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse