Ulug’ yo’lovchiga
Appearance
A.M. ruhiga
«Dunyoga ishlar uchungina kelganman»
(O‘z so‘zi)
Boqchalarda gullar so‘ldi, sezmadim,
O‘stirganlar yetim bo‘ldi, sezmadim,
Ko‘ngillarga qora to‘ldi, sezmadim,
Sezdim sening ketganingni ko‘ngildan…
Ketgan yo‘ling yiroq yo‘ldir, keti yo‘q,
Boshlanishi: quruq va keng bir bo‘shliq,
Tugalishi: yana cheksiz bir yo‘qlik,
Biroq qaytmoq yo‘qdir tushgan yo‘lingdan…
Ketding, biroq izlaringda ko‘z qoldi,
Tillaringda aytilmagan so‘z qoldi,
O‘ksiz bo‘lib yotlar emas, «o‘z» qoldi,
Chuqur ma’no istab eski so‘zingdan…
1921-yil
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|