Ulug’ Britaniyaning bukungi hokimlarig’a
Temza bo’ylariga 5–10 ta
Tog’larday haybatli zindonlar soling!
Riyokor bo’lmagan, haq degan erni
Zulm qo’li bilan zindonga soling!
Lankastar shahrining ko’chalarida
Polis nafarlari tinmay aylansin.
Ishladim, haqqimni so’rayman, degan
Har ishchi zanjirga siqib bog’lansin!
Qilichlar, miltiqlar, pulemyot, to’plar
Tokay amringizga bo’yin egadi?
Tokay haq so’zlagan miyalar, boshlar
Dorlarning ipiga borib tegadi?
Tokay ig’vo bilan, aldashlar bilan
Million-millionlarni asir qilasiz?
Tokay anglamagan, xom miyalarga
Jannat va’dasi-la ta’sir qilasiz?
O’n qavat, yuz qavat zindonlaringiz
O’zingiz uchun ham tor katak bo’lur!
Riyokor so’zlagan u tariq tillar
Yana o’zingizga qarshi o’grilur!
Mazlumlar, ezilgan, xor bo’lganlarning
G’azab olovlari bir kun tutashar!
«Intiqom! Intiqom!» – degan na’ralar
To’lqinday quturib Temzadan oshar!
O’shanda Temzaning suvlari qadar
Quturib oshishlik bizda ham bo’lar.
1920 yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|