Jump to content

Ulamo bosh ko‘taradir

From Wikisource
Ulamo bosh ko‘taradir (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335306Ulamo bosh ko‘taradir1923Abdulhamid Choʻlpon

Samarqandda chiqaturg‘an “Zarafshon” yo‘ldoshimizda Bektosh o‘rtoq “Ularmolar kimlar?” sarlavhalik bir maqola yozib, ulamoni bunday ta’rif qiladir:

“Umaman ulamo so‘zini aytganda ish buzar munofiqlar sinfi ko‘z oldimizha kelib to‘qtaydir. Chunki, bashariyat tarixining sahifalariga bir karra qaralsa, qaysi millat va qaysi mamlakatda bo‘lsa bo‘lsun, butun balolar, fitnalar, muqotalalar hammasi ham shul sinfning oyoqlari ostidan qo‘zg‘alg‘ani ko‘ruladir.”

Bu ta’rif to‘g‘ri. Bu ta’rifning to‘g‘rilig‘ini, ayniqsa, ezilgan, yanchilg‘an, mahkum bo‘lg‘an millatlar ortig‘roq e’tirof qilalar. Har bir mahkum millat, mahkum sinf, mahkum el, o‘zining “mahkumligini” tushunub, sabablarini istamakka boshladimi, qarshisidag‘i birinchi va eng lo‘nda sabab – ulamo bo‘lub chiqadir. Shuning uchundirkim, ulamo xalqni qorong‘iliqda, nodonliqda saqlab, sabab surushtirarlik holda keltirmak istamaydir. Shuning uchundirkim, butun kuch-quvvati bilan xalqning ko‘zi ochilishig‘a, bilim-maorif olishig‘a to‘suq bo‘ladir. Shuning uchundirkim, Bektosh o‘rtoq degandek bukun ham:

“Shu ig‘volar yana ko‘runmakka boshladi. Endigina tushunub kelayotqan xalqimiz, bularning tashviqlari bilan, yangilikka qarshi yana nafratga kirishdilar.

Keyingi vaqtlarda sho‘ro hukumatining yon berishi va Yangi Iqtisodiy Siyosatdan istifoda etib shahar mahallalarida, masjidlarda har turlik ig‘volar ko‘runa boshladi.”

Bektosh o‘rtoqning bu yonish kuyushlari, bu ko‘pirish – qaynashlari quruq zamin ustida emas, dalillik, hujjatlik, vuquot qarshisidag‘i faryodlardir. Haqiqatan, ulamo yana bosh ko‘tara boshladi. Yana qimirlamoqqa, qo‘zg‘almoqqa boshladi. Masalan: Bektosh o‘rtoqning xabariga qarag‘anda:

“10 nchi dekabrda Samarqand Navganda guzarining imomi, erta namozidan so‘ng: “Yangi sho‘roi maktablar harom, bolalaringizni eski maktablarga yuboringlar” deb fatvo bergan. So‘fi Roziq guzarining imomi erta namozidan so‘ng xalqqa: (man tashabihi biqum…” ishoratini bilan: “yoshlarning kofirligiga fatvo bergan. Hodiyxon degan qozi ham bilim yurti talabalaridan birini unda o‘qumaslig‘i uchun tanbih qilg‘an va hokazo.”

Durust. Ulamo bosh ko‘taradir: ulamo yana qimirlamoqqa boshlaydir. Bunga qarshi kurashmak kerak, o‘rtoq Bektosh aytgandek:

“Bu ishning oldini olmoq uchun jiddiy ishga kirishmak lozim. Bularga yon berish emas, balki yo‘l qo‘ymasliq kerak”.

Bosh ko‘tarib, qo‘zg‘almoqqa, qimirlamoqqa boshlag‘an bu hayot dushmanlarig‘a bizning aytaturg‘an so‘zimiz, “Zarafshon” muharriri o‘rtoq Ismoilzodaning bosh maqoladagi xitobidir:

“Mayli, qo‘y! Bu safar ham hayot dushmani ulamo Turkiston ishchi va dehqonlari muqobilida o‘z kuchini sinab qarasun!…”

Q.

“Turkiston” gazetasi,

1923-yil, 29-mart.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"