Ul shariat mazhari ro‘yi g‘ubor o‘ldi, darig...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul shariat mazhari ro‘yi g‘ubor o‘ldi, darig...
by Haziniy Xoʻqandiy

Ul shariat mazhari ro‘yi g‘ubor o‘ldi, darig‘,
Ketti holo ravnaqi islom, xor o‘ldi, darig‘,
Qozilar hukmi, ajab, bee’tibor o‘ldi, darig‘,
Zikri haq mone’, sharorat oshkor, o‘ldi, darig‘,
Yaxshilarga turgali Farg‘ona tor o‘ldi, darig‘.

Kimni imoni qaviy bo‘lsa, o‘shal hijrat qilur,
Ul Madina shahriga borsam, debon niyat qilur,
Ravzayi payg‘ambarimni oldida xizmat qilur,
Zindalikda o‘lmayin ul joyini jannat qilur,
Ba’ziga bormas bahona ravzaga o‘ldi, darig‘.

Mardu zan, yoshu qarida qolmadi sharmu hayo,
Bu sababdin boshimizga yog‘ilur turluk balo,
Kim erur sohibhukumat, shevadur ango g‘izo,
Bebizoat xordur, izzatda holo ag‘niyo,
Ba’zilar dunyo uchun dindin guzor o‘ldi, darig‘.

Dinimiz bo‘ldi g‘arib, bu xalq holo bexabar,
«Ko‘p alomatlar bo‘lub o‘tgay»,— dedi,— xayrul-bashar
Kim, hadisi Mustafo chun «Qulli yavmindur batar»,
Deb edi, «Ummatlarim dunyo uchun dinin sotar»,
Pul uchun mushriklara mo‘‘min qaror o‘ldi, darig‘.

Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sahar,
Qo‘l ochib qilsang duo, bergay xudo dinga zafar,
Na alomat, na qiyomat, necha yo‘l kuydi qamar,
Turma bu yerda, Haziniy, ravzaga qilg‘il safar,
Anqarib Dajjol xar uzra suvor o‘ldi, darig‘.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse