Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur...
by Atoiy

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.

To magarkim, Salsabil obina javlone qila,
Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.

Ul ilikkim suvdin orig‘tur, yumas oni suda,
Balki suvni pok bo‘lsun deb ilik birla yuyur.

Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,
Ulki derlar, suv qizi goh-goh ko‘zga korinur.

Qoshlaring yosin Atoiy ko‘rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surayi Yosin o‘qur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse