Ul quyosh orazidin parda olib...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul quyosh orazidin parda olib...
by Komron

Ul quyosh orazidin parda olib,
Shu’lai xoshok vujudumg‘a solib.

Barcha suvratda qilib jilvayi husn,
Husni yuz vajh ila ko‘nglumni olib.

Har libos ichra urar ishq yo‘lin,
Goh Shirin, gahe Laylo atalib.

Qilichi chok qilib ko‘nglumni,
Kirpigidin yana o‘qlar qadalib.

Hodisa toshlaridin shisha kibi,
Bu qo‘han dayrda ko‘nglum ushalib.

Emdi men azmi xarobot etsam,
Boruram ko‘yida ko‘nglumni solib,

Komron eshigidin borgumdur,
Darbadar ko‘nglum eshigida qolib.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse