Ul parivash zulfidin devona bo’ldum oqibat...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul parivash zulfidin devona bo’ldum oqibat...
by Xorazmiy
332306Ul parivash zulfidin devona bo’ldum oqibat...Xorazmiy

Ul parivash zulfidin devona bo’ldum oqibat,
Ko’rgil emdi xalq aro afsona bo’ldum oqibat.

Ishq asrorin bilib,ko’rgil,vafo yo’linda man
Jon berib jononag’a, jonona bo’ldum oqibat.

Eshigining itlarig’a oshno bo’lub,ko’rung
Barcha yoru do’stdin begona bo’ldim oqibat.

Furqat o’tig’a yonib-yonmay ravon jondin kechib,
Sham’I ruxsori uchun parvona bo’ldum oqibat.

Benishon bo’lib jahonni sarbasar kezdim,vale
Ganji husnin topmayin vayrona bo’ldum oqibat.

Ko’z yoshim daryo qilib g’avvostak,ko’rgil mani,
Ishq bahringa cho’mub, durdona bo’ldum oqibat.

Qochib ul dilbar jafosindin xayole etadur,
Hofizi miskin bila hamxona bo’ldum oqibat.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse