Jump to content

Uch karnakka bir puf!

From Wikisource
Uch karnakka bir puf! (1924)
by Hamza Hakimzoda Niyoziy
334518Uch karnakka bir puf!1924Hamza Hakimzoda Niyoziy

Yigirmanchi yilda, bilmayman, qanday bir kuchga tayangan, shu Q. degan go‘rkov menim «Farg‘ona fojialarim» uchun chuqurgina bir go‘r kavlaganini «Turkiston» gazetasini …-numerina yozg‘on edi. Bugungacha eplab ko‘molmagan Q. tuyamijoz yana 375-«Turkiston»da qaytarub bir chaynadi. Bilmadim, shu to‘rt yil orasida hazm qilolmadimi yo janozadan to‘n tegmadimi? Bu bir.

Endi asarlar-da chaynab-chaynab bo‘lgandan keyin o‘yunchilar to‘dasiga ham bir tish boturub ko‘rdi. Muzofot qulog‘iga: «Bu truppaga bir tiyin berish harom», deb bir fatvo azonini ham qichqurub qo‘ydi. «Guftam amak» degan tojikdi maqolidan, loaqal o‘zi bilmasaydim so‘ragoni odam topulmaganidak. Haqiqatda shu kungi o‘ynagan artistlar muzofot truppasimidi yoki havaskor truppasimidi, — muzofot markazida turub, shuni bilmapti. Umas-bumas, «Murod az xatmi xudoi osh xo‘rdan», degandek, ish muzofot truppasi bo‘lsun-bo‘lmasun Hamzani «Farg‘ona fojiasi» o‘ynalgan edi. Shuni o‘zi zo‘r dastmoya durur. Endi …-numer «Farg‘ona»da muzofot qulog‘ig‘a avvalg‘i azon takbirini tushirdi. Chini bilan janoza marosimini endi yozsa kerak.

Ko‘nglingga o‘turmagan bir odamni asarini yoki o‘zini ko‘zda tutub, yangigina oyoqqa bosib kelib turgan bir tashkilotni ruhini tushuruv va muzofot bilan truppa orasiga arra soluv o‘z vijdoning qoshinda qanday?

Ikkinchi, avvalam bor bugungacha O‘zbekistonda vijdonan taqlidga majburlanuvdan boshqa sanoyi nafisa qurslarini biror sinfini bo‘lsa ham bitirub qochgan artist topiladimi? Xayr, bu ham tursin.

6 sentyabrdan berli tashkilot ishiga kirishgan edim. U qadar muzofot aqchasig‘a iching yonar ekan. Bugunga qadar uzun quloqdan «Chorgoh» mashq qilib yurmay, truppa tashkilotchisi bilan musohabada bo‘lub, muzofot bilan tashkilotlar orasindag‘i ahvol bilan tanishdingmi?

Uchinchi, loaqal uzun quloqdan bo‘lsayam ne uchun truppag‘a savzifurush, choyfurush, tag‘in allanimafurushlari kirub qoluvindan tashkilotchi bilan musohabaga senga majburiyat ko‘rinmadimi?

To‘rtinchi. «Qo‘pol tarjimalar», deganing to‘g‘rimi? Chunki meni sanchalik o‘rta ma’lumotimni yo‘qlig‘ig‘a ko‘ra avomparast qoluvim orqasindag‘i g‘arblilar adabiyotiga tarjimon bo‘la olmay qoldim, ya’ni Toshsoy… yo‘lida o‘sgan dehqon uchun qulog‘i eshutmagan, dengiz to‘lquni bilan tag‘in allanarsaga ketdi. Garchi chiroylik she’rlar yozishdan ojiz bo‘lg‘onim 6 yildur, qalamimni sindirdim, ammo Ozarbayjon pesalari nima sababdan o‘ynaluvi haqinda shoyadki o‘zingg‘a ma’lumdur. Bugun sanga o‘xshagan qalam xo‘jalarini o‘z qalami o‘zbek turmushinda yozg‘on pesalari bilan o‘z truppasini yashatmoq va tashkilot ichinda muhim odamlarni bo‘luvi lozimlig‘i haqinda muzofot qulog‘ig‘a qichqirmoq buyuk vazifasi emasmidiki, oni o‘rnig‘a hayit karnay chalursan.

1924


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"