Turkiyada saylovlar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Turkiyada saylovlar  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Inqilobchi bosh Turkiyada yaqin o‘rtada umumiy bir saylov bo‘lub o‘tdi.

Saylovning muqaddimasi qanday belgilanishi, qanday ahvol va vaziyat ichida saylovg‘a kirishilgani to‘g‘risida bizga ba’zi narsalar ma’lum. Lekin, saylovning qanday davom etib, nima bilan tugalgani to‘g‘risida teleg‘ram va na gazetalarda hozirg‘acha hech narsa ko‘rganimiz yo‘q.

Ma’lumdirkim, ittihodchilar firqasi mamlakatni halokat qirg‘og‘ig‘a keltirib qo‘yub, Ovrupo urushining tugalish kunlarida o‘zi ham tarqalib ketdi; uning mamadana va qaynar qonliq oqsoqollari, hammasi har tomong‘a qochib bitdilar. Uning o‘rnig‘a o‘lturg‘an faylasuf tabiatlik, janjal va g‘alvaga tobi yo‘q e’tilofchilar bo‘lsa, Turkiya davlatini ko‘mishdan boshqa narsa bo‘lmag‘an mashhur “Sevr muohadasi”ga bemayl va xotir qo‘l qo‘yub berdilar.

Nihoyat, Sevrda ahdnoma bog‘lashqan ittifoqchi jahongirlar muohadaning asoslaridan chetga chiqib, Turkiyaning tegilmas joylarig‘a ham qo‘l uzata boshlag‘andan so‘ng bir necha fidokor yosh turklarning rahbarligi ostida butun Onato‘li xalqi, qishloqlari bosh ko‘tardilar. Istanbulning go‘zal, chiroyliq o‘rdalariga Vahididdin degan bir “qo‘g‘urchoq”ni “sulton” qilib o‘tquzub qo‘yub, o‘zlari Onato‘li isyonchilari bilan kurashishga kirishgan afandilar butun turk xalqiga va balki butun dunyog‘a Turkiyaning qolg‘an-qutqanlarini ham orinmasdan birovlar qo‘lig‘a topshirishdan boshqa vazifalari bo‘lmag‘anlig‘ini ko‘rsatdilar.

Bu orada ikki yil o‘tdi. Inqilobchi Onato‘li hukumati xalqning butun kuchini “Buyuk Millat majlisi” tegrasiga to‘plab turub, Turkiyaning istiqlolini saqlab qola oldi, to‘g‘risi, ulug‘ bir sharaf bilan saqlab qoldi. Turkiyaning qo‘lidan qaytmasliq bo‘lub chiqdi deyilgan yerlarni yana Turkiyaga qo‘shdi, uladi. Yengguvchi turk qo‘shunini Istanbulning darvozasi oldig‘a keltirib qo‘ydi.

Bir tarafdan Istanbul va bo‘g‘ozlar uchun katta davlatlar bilan so‘z va siyosat kurashi boshlag‘an yosh Turkiya, ikkinchi tomondan pishiq va tublik bir hukumat qurmoq uchun umumiy saylov e’lon qildi. Ya’ni: Turkiya Buyuk Millat Majlisi ko‘bchilikning tekis aralashishi bilan saylanib qo‘yulmoqchi bo‘ldi. Mamlakat ming azob bilan halokat qirg‘og‘idan qutulmoq uchun tirishqan choqda turlisi turli yoqda “g‘arib” bo‘lub yurgan burung‘i oqsoqollar saylov chog‘ida qaytadan ko‘runub qoldilar. Tarqalg‘an Ittihod firqasining saylovlarg‘a juda “jiddiy” aralashmoqchi bo‘lg‘anlig‘i to‘g‘risida Istanbul gazetalarida xabarlar bo‘ldi. Ikkinchi gruppa nomi ostig‘a yig‘ilg‘an bir to‘da Turkiyaning yosh va inqilobchi hukumatiga saylovlar orqaliq jiddiy zarba berish uchun yeng shimarg‘an edi. Bu to‘da burung‘i firqalarning birartasimi, yoki yangi paydo bo‘lg‘an ayrim bir firqami, bu haqda teleg‘ramda hech narsa bildirilmadi. Har holda, bu firqaning teskarichi to‘ralar va o‘ng mullalar bo‘lishi ehtimol. Saylov chog‘ida bu firqa va boshqa siyosiy firqalar bilan chinakam to‘qunushaturg‘an firqa esa, boshida Mustafo Kamol bo‘lg‘an “Xalq firqasi” yoki “Mudofaai huquq” tarafdorlari edi. Saylovlar shu ahvol va shu sharoit ichida boshlandi.

Bu saylovlar oxir borib nima bilan tugagandir, bilmadik. Faqat, siyosat olamida, ayniqsa Luzon kanferensiyasida bo‘lg‘an ba’zi zo‘r vaqealarga qarab, saylovda ham g‘alabaning kim tomonida bo‘lg‘anini bir daraja bilmak mumkindir.

Turkiyani halokat chuquridan qutuldirg‘an Turkiya milliy hukumati, so‘ng vaqtda siyosat maydonlarida ham katta g‘alabalarga erishdi. Ittifoqchi jahongirlar, birinchi Luzonda hech narsa chiqara olmag‘andan so‘ng, ikkinchi Luzonda taqdirlariga tan bermakka, inqilobchi xalqning kuchi oldida bo‘yun egmakka majbur bo‘ldilar. Turkiya bilan bitishish teleg‘ram xabariga qarasaq bo‘ldi hisob. Tez fursatda tub yarash muohadasizga ham qo‘l qo‘yulur. Undan so‘ng anglizlar Istanbulni bo‘shata boshlag‘aylar. Buning uchun hozirdan tayyorliq boshlandi. Katta, janjalliq mas’alalardan Turkiyadagi ajnabiylarning huquqiy mas’alasi Turkiya foydasig‘a tugaldi. Yunonistonning qo‘shun yig‘ib, po‘pisa qilishidan hurkkan kishi bo‘lmadi. Yunoniston, tazminot o‘rnig‘a qora og‘och istansasini (Edirna tomonda) berib qutuldi.

Turkiya o‘zining tugal istiqloliyati, butun borlig‘ini qaysi kuch va qaysi gruppa orqasida saqlab qola oldi? Bu savolning javobi ochiq ko‘runub turg‘andan so‘ng, saylovlardag‘i g‘alabaning ham kim tomonidan bo‘lishi sezgi bilanoq bilinib qoladir.

Q.

“Turkiston” gazetasi,

1923-yil, 8-iyun, № 141.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse