Turkiya – Rusiya muohadasi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Turkiya – Rusiya muohadasi  (1921) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Turkiya – Onato‘li hukumati bilan Rusiya sho‘rolar hukumati orasida o‘tgan mart oyining tugallanishida siyosiy bir muohada yasalg‘onlig‘i vaqtida yozilib o‘tgan edi.

Hozir Qrimda chiqaturg‘on “Yangi dunyo” gazetasidan mazkur muohadanomaning moddalarini ko‘chiramiz:

1-Ushbu muohada bo‘yincha, ikki tomondan biriga tegishli bo‘lg‘on biror muohadani ikkala tarafning birisi tasdiq qilmasa, qolg‘on biri ham tasdiq etmon.

2-Turkiyaning tuprog‘i, Turkiya millat majlisining 1920-yilda qabul qilg‘on Milliy Misoq ahdnomasi bo‘yicha ta’yin qilinadir.

3-Naxachivan viloyati Ozarbayjon jumhuriyatining qo‘li ostida o‘z boshliq va imtiyozliq o‘lka sanalur.

4-Ordahon, Ortavin va Qovus viloyatlari turklarniki bo‘lur.

5-Sharq millatlari o‘z istak va orzularig‘a muvofiq qandog‘ hukumat va idora usulini qabul etsalar, shuni har ikki taraf qabul etar.

6-Istanbul – Turkiyaning poytaxti deb topilur.

7-Bo‘g‘ozlardan tijorat kemalarining sarbast (erkin) o‘tub yurushlarini ta’min qilmoq uchun qora tengiz va bo‘g‘ozlarg‘a tegishli bo‘lg‘on nizomnomalar, Qora tengiz bo‘ylarida bo‘lg‘on hukumatlarning vakillari tomonidan belgilanur.

8-Rusiya bilan Turkiya orasida bo‘lg‘on eski ahdnomalar va Turkiyaning Rusiyadan olg‘on qarzlari yo‘q qilinur.

9 – Ikkala tarafning har biri ikkinchisi tarafidan yoki unga qarashliq guruhlar tarafidan hukumatni qo‘llamoq harakatiga yoki unga qarshi kurashmak istagan firqalarg‘a yo‘l bermas.

Abdulhamid Sulaymon (Yunusov)

“Buxoro axbori” gazetasi,

1921-yil, 3-iyul, № 42.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse