Turkistonlik qardoshlarimizga
Ilmu maʼrifat ham hunardan qoldi mahrum bizni xalq,
Maʼrifatsizlik balosiga yoʻliqqan bizni xalq.
Bir kishi millatparast oʻlsa deyurlar dahriy deb,
Bir kishi millatni soʻksa, izzat aylar bizni xalq.
Maktab oʻrniga ochildi har mahalda mayhona,
Nafrat etmak nari tursin, shodu xandon bizni xalq.
Maktaba yoʻq bir tiyini, toʻyga ming soʻmlab berar,
Chorasiz mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.
Koʻr-da farq aylar yoʻli toʻgri ila notoʻgʻrini,
Toʻgʻri yoʻlga boshlasang-da, egri xohlar bizni xalq.
Har shaharda ixtilofdan, jiqqa musht dan soʻz boʻlur,
Ittifoqdan soʻz ochilsa, misli quyon bizni xalq.
Orzu qilmas oʻgʻlini maktabda aylay tarbiya,
Toʻy qilib, karnay chalurni orzu aylar bizni xalq.
Boshqa millatlar solurlar har mahalda madrasa,
Onlarning ikisiga solgan choyxonalar bizni xalq.
Boʻldilar boy, oʻsdilar pivo sotmaklik ila,
Topganiga olib ichgay, xor boʻlgay bizni xalq.
Boshqalar bonka ochib, savdo qilib, pul topsa-da,
Topganiga shunda berib, och-yalangʻoch bizni xalq.
Kech soʻzingni, ey qalam, bas muncha faryoding yetar,
Koʻp baqursang ogʻzingga toshlar otgay bizni xalq.
(Andijon, 1914 yil, Choʻlpon)
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|