Turkistonda tartibli maktablar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Turkistonda tartibli maktablar  (1915) 
by Abdulhamid Choʻlpon

So‘ngg‘i vaqtlarda Turkiston atrofinda tartibli maktablarga ehtiyoj bik naq sezila va yaxshi onglashila boshladi. Bir shaharlardagina tugal, ovullar (qishloqlar) bila buning keragin bila boshladilar. Farg‘ona viloyatinda ovullar shaharlardan olg‘a ketdilar deyarga-da yoriy. Masalan, Andijonning o‘zinda ko‘ngil tutararliq bir maktab bo‘lmag‘ani holda uyazinda bo‘lg‘an Jalolobodda Tojrizo Badaliy afandi tarafindan 3 shoʻbali zo‘r bir maktab ta’sis etildi. Maktab har jihatdan hifzi sihatga muvofiq; zo‘r va yoqti. Namangondan bir muallim olinub yangi usulg‘a solindi. Shuluq uyazda Izboskandda Jo‘raboy afandi tarafindan yana bir maktab ochildi va Xo‘qanddan muallim ketirilub 50-60 bola tartib bilan o‘qitula boshladi. Maktab hifzi sihatga (gigiyena – I.M.) shul qadar muvofiq, keng va tamizdirki, bunday maktab Andijon, O‘sh va Marg‘ilon shaharlarinda-da yo‘qdir. Xo‘qandda Kamol Qozi tarafindan soling‘an maktabgina bunga muqobala etsa eta olur.
Xo‘jand uyazi Histivozdada bir maktab ochildi. Madrasai Oliyada o‘qug‘an Muhammadjon afandi muallimlik eta. (Bu kishi “Sadoi Turkiston” yozuvchilarindan – muallif.)
Muna shulardan ochiq ko‘rinadirki bu kun Turkiston ovullarinda maktabka ehtiyoj shaharlarga qarag‘anda yaxshiroq onglashilub boradir. Shahar ko‘brak mavdo ortindan bora. Ammo ovul xalqi haqiqiy ilm va hunar izliy.
Masalan, atrofindag‘i ovullardan allaneqadarsi (allaqanchasi – I.M.) tartibli maktabli bo‘lub turg‘anda Andijonda tilga olurliq yolg‘iz ikki maktab bor: 1) si Ziyoiddin afandi maktabi, 2) Toshkandlik Hasan qori maktabi. Boshqalari hanuz qanoat qilinurliq bir holga kela olmaylar.

Cho‘lpon
“Vaqt” gazetasi, 1915-yil, 15-iyul, №1822.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse